Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə42/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

203



Evropa, AQSh, Yaponiya va boshqa davlatlar 1970-yillarda jahondagi energiya tanqisligidan keyin mamlakatni iqtisodiy rivoj- lanishida energiya tejamkorlik muammolariga yuqori darajada e’tibomi qaratishdi. Muhimlik darajasi sifatida yangi energiya resurslarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga emas, balki energiya tejamkorlikga yo‘naltirilgan konsepsiya e’tirof etildi. Ushbu kon- sepsiyani amalga oshirish natij asida 1990-yillaming o‘rtalarida Yevropa, AQSh, Yaponiya davlatlarida yillik energiya sarfi o‘rtacha 30-40% ga pasaydi.
Energiyaning narxi keskin oshishi bilan energiya tejamkorlik bo‘yicha tashkiliy jarayonlar boshiandi. Energiya tejamkorlik mam- lakatlaming energetik strategiyasida asosiy yo‘nalish sifatida rasmiy e’tirof etildi. Shu bois, 1997—1998-yillardan boshlab iqtisodiy rivoj- langan xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda energiya tejam­korlik bo‘yicha uzoq muddatlarga muljallangan maqsadli dasturlar qabul qilindi.
Mahalliy turar joy qurilish majmualarida bir necha ko‘rinishda energiya tashuvchilar ishlatiladi, jumladan organik yoqilg‘i, elektr energiya va issiqlik energiyasi. Energiyaning jiddiy yo‘qolishi ishlab chiqarish ishlarining barcha bosqichlarida, ya’ni yoqilg‘ini yuk- lashdan boshlab, qurilish va maishiy turar joy maqsadlarida uning ishlatilishigacha kuzatiladi. Masalan, maishiy turar joy sektorida ishlatilayotgan markaziy issiqlik ta’minotining eskirgan texnolo- giyasi energiya tashuvchilami sezilarli yo'qolishiga olib keladi.
Qurilish tarmog'ida energiyaning yo‘qolishi tahlil qilinganda, gazni yirik iste’molchilaridan biri qiyjlish materiallari sanoati energiya tejamkorlikning cheklanmagan imkoniyatlarini kam ishlatmoqda. Masalan, shisha ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlaming foydali ish koeffitsienti ko‘pincha 35-40% dan oshmaydi, gisht zavodlarida va keramik buyumlami ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalaming quritish qurilmalarida issiqlik yo‘qotilishi 52% va qizdirish qo‘rasida 63% ga etib boradi. Sement klinkerini (kuydirib toshga aylantirilgan sement) nam usuldagi texnologiya bo‘yicha olishda juda katta miqdordagi issiqlik chiqayotgan gazlar bilan birgalikda atrof-muhitga ketadi.
Hozirgi paytda qurilish sohasidagi ishlab chiqarishning deyarli barcha turlari uchun energiya tejamkor, issiqlikni foydalanishga tiklash qurilmalari ishlab chiqilgan. Qurilish tarmog‘i va uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalarining energiya samaradorlik darajasi va boshqa issiqlik o‘tkazmaydigan choralari qabul qilingan.





  1. Bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash

Arxitektura va qurilish amaliyotida bino va inshootlami issiqlik bilan ta’minlashga sarflanadigan issiqlik-energiya resurslarini iq- tisod qilish muammosiga juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘pchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bino va insho- otlaming energiya samaradorligini oshirishga katta imkoniyat mav- jud. Bino va inshootlar uchun energiya resurslari xarajatlarining o‘sayotgan ta’riflari jiddiy iqtisodiy yuk bo‘lib yuzaga kelmoqda. Aynan shuning uchun ko‘pgina davlatlaming rivojlanish dasturida bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash muhim mavzu bo‘lib qoldi42
.
Zamonaviy bino va inshootlar issiqlik samaradorligini oshirish bo‘yicha juda katta zahiralarga ega bo‘lmoqda.
0‘tgan zamonlarda bino va inshootlaming energiya talabi aniqlovchi ko‘rsatkich bo‘lmagan bo‘lib, loyiha sifatining ustun mezoni boigan. 0‘tgan vaqt oralig‘ida bino va inshootlarda ener- giyadan foydalanish samaradorligini o‘rganish o‘zgartirildi va kengaytirildi. 1990-yillar boshlanishiga qadar, energiya samarador bino va inshootlami qurilishi boshidan boshlanishida energiyani iqtisod qilish bo‘yicha tadbirlami o‘rganish asosiy qiziqishga ega bo‘lgan. 1990-yillaming o‘rtalarida esa mikroiqlim sifatini bir vaqt- ning o‘zida oshirishga yordam bergan energiya tejamkor qarorlarga muhimlik darajasi berilgan.
Qurilishda energiya samarador va ekologik toza texnologiya- laming turli konsepsiyalari asosida loyihalashtirilgan va qurilgan mikro tumanlar, hattoki arxitektura qurilish maydonlari hamda katta miqdorda bino va inshootlar paydo bo‘ldi. -Ushbu konsepsiyalar o‘zining nomlanishi belgilangan. Ulardan eng ko‘p taniqli bo‘lgani quyidagilar hisoblanadi:

  • energiya samarador bino va inshootlar;

  • energiya talabi past bo‘lgan bino va inshootlar;

  • energiya talabi ultra (o‘ta) past bo‘lgan bino va inshootlar;

  • energiyadan foydalanish nol bo‘lgan bino va inshootlar;

  • sust bino va inshootlar;

  • bioiqlimiy arxitektura;

  • baquwat bino va inshootlar;

  • aqliy” bino va inshootlar;

  • zakovatli bino va inshootlar;





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin