Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə182/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Termiz davlat universiteti




Tasdiqlandi”

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

___________________ O’. Axmedov

2020-yil “___” __-avgust






SHARQ TILLARI

FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI


Bilim sohasi:

Ta’lim sohasi:

Ta’lim yo‘nalishlari:


100000 –Gumanitar soha

120000 – Gumanitar fanlar

110000 – Pedagogika

5120100– Filologiya va tillarni o‘qitish

(o‘zbek tili)







Umumiy o’quv soati – 252 soat


Shu jumladan:
Amaliy mashg’ulotlar – 140 soat (3-semestr – 72 soat, 4-semestr-68 soat)
Mustaqil ta’lim soati – 112 soat (3-semestr – 58 soat, 4-semestr -54 soat)

Termiz – 2020

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018-yil “25” avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan (buyrug‘ning 6-ilovasi) tasdiqlangan “Sharq tillari” fani dasturi asosida tayyorlangan.



Fanning ishchi o‘quv dasturi namunaviy va ishchi o‘quv reja hamda namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchi:







Murodov N.

-

tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi










Taqrizchi:







R. Abdullaev

-

Filologiya fanlar nomzodi










Fanning ishchi o‘quv dasturi tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasining 2020- yil _____- ___________dagi _____-sonli majlisida muhokama etilgan va ma’qullangan.

Kafedra mudiri:f.f.n.

R. Abdullaev

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 2020-yil ___- ____________dagi ____- sonli yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqqa tavsiya etilgan.

Fakultet kengashi raisi:

f.f.n. O. Shofiyev

Mazkur ishchi o‘quv dastur Termiz davlat universiteti o‘quv-metodik kengashining 2020- yil ____-____________dagi ___- majlisida tasdiqlangan.

O‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i:

K. Yadgarov


1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
“Sharq tillari” fani talabalarga fors tilining nazariy asoslari, asosiy grammatik kategoriyalari o‘zlashtirish bilan bir qatorda eski o‘zbek yozuviga oid bilimlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda mazkur fan matnshunoslik, manbashunoslik, xattotlik, tarix, arxeologiya, o‘zbek tilining tarixiy grammatikasi, o‘zbek tili tarixi va qadimgi turkiy tilga oid bilim ko‘nikmalarini boyitishga xizmat qiladi. “Sharq tillari va eski o‘zbek yozuvi” fani qo‘lyozma va toshbosma manbalarni o‘rganish va ularni ilmiy tahlil qilish chog‘ida eng muhim omil bo‘lib hisoblanadi. “Sharq tillari va eski o‘zbek yozuvi” fani talabalarni nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish, ta’lim oluvchilarda qayd etilgan masalalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

Arabyozuvi va uning tarqalishi, arab harflarining o‘ziga xos xususiyatlari, arab(fors) tili fonetikasi, morfologiyasi, punktuatsiyasi, arab(fors) tili lug‘ati, arab(fors) tiliga xos qisqa va cho‘ziq unlilar va boshqa belgilar, arab va eski o‘zbek yozuvidagi o‘zaro farqlarhaqidabilimlarga;

- arab(fors) tilida imlo qoidalarini, arab(fors) tilida so‘z yasalishini, arab imlosidagi matnlarni qiyinchiliksiz mutolaa qilib tabdil qila olishni, o‘zbek tili tarkibidagi arab(fors) so‘zlarini tahlil qila olishi, ilmiy axborot bilan ishlash, o‘qish, yozish, arab imlosidagi qo‘lyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni o‘qish, ulardan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olishiko‘nikmalarga;



- arab imlosining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, arab(fors) tilida so‘z yasalishi va grammatik qoidalarini aniqlash, arab yozuvidagi manbalarni farqlash, arab alifbosidagi matnlarni o‘qish, arab imlosidagi matnlarini transkripsiya qilish, arab imlosida yozishni bilish, fors tilidagi so‘z va iboralarini tarjima qilishda lug‘atdan foydalana bilish, arab imlosida xatosiz yoza bilishmalakalarga ega bo‘lishi lozim.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin