Fe’lning majhul nisbatiفعل مجهولfe’le majhul
Fe’lning majhil nisbati o‘zinig tizilishi jihatidan qo‘shma fe’l shakliga ega bo‘lib, yetakchi fe’l vaشدن sho‘dan ko‘makchi fe’lidan tashkil topadi.
Majhul nisbatda fe’l tarkibidagi etakchi fe’l hamma zamon va shaxslarda o‘tgan zamon sifatdoshi shaklida va ko‘makchi fe’l شدنsho‘dan esa tegishli zamon va shaxslarda keladi.
Fe’lning majhul nisbati faqat o‘timli fe’llardan hosil qilinadi.
نوشتنneveshtan-yozmoq نوشتهشدneveshte sho‘d مقالهنوشتهشد maqole neveshte sho‘d-maqola yozildi.فرستادنferestodan-yubormoq فرستادهشدferestode sho‘d –yuborildi نامهفرستادهشدnome ferestode sho‘d-xat yuborildi.
Majhul nisbatdagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga xos bo‘lgan hamma zamon va mayllarda ishlatilishi mumkin.
مقاله نوشته می شود.maqole naveshte mishavad-maqola yozilyapti ( hozirgi - kelasi zamon).
مقلمه نوشته می شد. maqole naveshte misho‘d – Maqola yozilardi. (o‘tgan zamon davom fe’li).
مقاله نوشته شده است. maqole naveshte sho‘de ast – Maqola yozilgan. (o‘tgan zamon natijali fe’li).
مقاله نوشته شده بود.maqole naveshte sho‘de bud – Maqola yozilgan edi. ( uzoq o‘tgan zamon fe’li).
مقاله نوشته خواهد شد. maqole naveshte xohad sho‘d – Maqola yoziladi, yozilajak.( aniq kelasi zamon fe’li).
Majhul nisbatdagi fe’lning bo‘lishsiz shakli ko‘makchi fe’l شدن sho‘dan oldiga نه na – inkor yuklamasini qo‘shish orqali hosil qilinadi.
نامه فرستاده نشد. nome ferestode nasho‘d- Xat yuborilmadi.
Aniq kelasi zamon felining majhul shaklida نهna – inkor yuklamasi خواستن xostan ko‘makchi fe’liga qo‘shiladi.
بسته پستی شما فرستاده نخواهد شد. basteye po‘stiye sho‘mo ferestode naxohad sho‘d – sizning banderolingiz yuborilmaydi.
Kesimi majhil nisbat bilan ifodalangan gapda grammatik ega ish- harakatni bajarivchi shaxsini bildirmaydi, balki boshqa shaxs orqali bajarilgan harakatni o‘ziga qabul qiluvchi obyektni bildiradi. مقالهنوشتهشد.maqole naveshte sho‘d ( maqola yozildi ). Misolida asosiy diqqat subektga emas, obektga qaratilgandir. Bunda maqola so‘zi gapda ega vazifasida keladi.
Kesimi majhil nisbat bilan ifodalangan gaplarda ish-harakatni bajaruvchi shaxsini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, harakatning bajaruvchisiاز طرفaz tarafe ( tomonidan ),بوسیله be vasileye بواسطه be vositeye, توسط tavasso‘te ( orqali, vositasi bilan, bilan) kabi murakkab predloglar orqali ifodalanadi. Bunday gaplarda harakat obyekti ega vazifasini o‘taydi. Harakat subyekti murakkab predlog bilan birikib, to‘ldiruvchi vazifasida va majhil nisbatdagi fe’l esa kesim vasifasida keladi.
داستان گرداب از طرف صادق هدایت نوشته شده بود. dostone gerdob az tarafe sodeq hedoyat naveshte sho‘de bud- “ Gerdob” romani Sodiq hidoyat tomonidan yozilgan edi
Dostları ilə paylaş: |