Transaksiya xarajatlari: iqtisodiyot sektorlari bo’yicha qiyosiy tahlil
transaksiya
xarajatlari
turi
Rasmiy sektor Xufiyona sektor Izoh
1. Tadbirkorlik faoliyati
uchun litsenziya olish
+
-
Norasmiy ishlab
chiqarish
2. Yerga egalik qilish
yoki uni ijaraga olish
huquqini qo’lga kiritish
+
-
Noqonuniy qurilish
Xufyona iqtisodiyotni kеlib
chiqish sabablari
Antropologik
Iqtisodiy
Ijtimoiy
Huquqiy
Ma'naviy
Siyosiy
82
3. Tegishli qonunlar va
normativlarni bilish va
ularga amal qilish
+
-
Xufiyona
iqtisodiyotning o’yin
qoidalariga amal qilish
4. Soliqlarni to’lash
+
-
5. Kredit olish
+
+
Kredit imtiyozli
shartlarda beriladi
6. SHartnomalar
shartlarining
bajarilishini nazorat
qilish tizimi
+
+
Bitimlarni noiqtisodiy
nazorat qilish
Jami
6+
2+
Mazkur jadval shuni yaqqol ko’rsatib turibdiki, iqtisodiyotning xufiyona
sektorida aksariyat pozitsiyalar bo’yicha faqat tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda
transaksiya xarajatlari rasmiy iqtisodiyotga qaraganda ancha past(6+/2+). Masalan,
yerga egalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqlarining noqonuniy qo’lga kiritilishi
imorat soluvchilar uchun bepulga tushmaydi, lekin barcha rasmiy tartib-qoidalar va
ushbu transaksiyani amalga oshiruvchi instansiyalar, sarflangan vaqt va boshqa sarf-
xarajatlarni hisobga olgan holda nolegitim yo’l ayrim subyektlar uchun ancha oson va
foydali bo’lib chiqadi. CHunki xufiyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan o’tib
bo’linmas to’siq bilan ajralmagan, ko’pchilik xo’jalik yurituvchi subyektlar
transaksiyalarni xufiyona sektor yordamida amalga oshirish mumkin.
SHularni inobatga olganda norasmiy sektor faoliyatini cheklash nafaqat
qonunchilikni
takomillashtirish,
balki
tadbirkorlik
faoliyati
yuritish
uchun
sarflanadigan transaktsiya xarajatlarini ham qisqartirib berish muhim ahamiyatga ega.
SHuni ham ta’kidlash kerakki, qonunlarga itoat etish “bahosi” to’g’ridan-
to’g’ri pul xarajatlarinigina emas, balki u yoki bu protseduralarni amalga oshirish
uchun ketadigan vaqtni ham o’z ichiga oladi. Aynan shu holat ko’p hollarda xufiyona
faoliyat yuritish uchun asosiy sabab bo’ladi. Bu yerda muqobil qarorni izlash
natijasida iqtisodiyot sub’yektlari davlat ishtirokisiz, ya’ni xufiyona faoliyat olib
borish yo’lini tanlaydilar.
Demak, olimlarning fikricha, qonunga itoat etishning yuqori bahosi bilan
xufiyona iqtisodiyot o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud. Lekin yashirin
tarzda faoliyat olib borish ham katta sarf-xarajatlar bilan bog’liq. Xufiyona faoliyat
olib boradigan xo’jalik sub’yektlari xarajatlarning ba’zi turlarini tejagan hollarida,
boshqa, ba’zi holatlarda ko’proq xarajatlarni qilishga majbur bo’ladilar. Jumladan:
- huquqiy sanksiyalardan bosh tortish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ( soliq va
boshqa moliyaviy sohalarda maslahatchilar xizmatiga haq to’lash, reklama qilish
imkoniyatlari chegaralanganligi natijasida yo’qotilgan foyda, “ikki xil” buxgalteriya
hisobini yuritish bilan bog’liq xarajatlar);
- soliq va ish haqiga qo’shimchalar to’lashdan qochish. Daromad solig’i,
ijtimoiy sug’urta va pensiya fondlariga majburiy to’lovlardan qochish korxonaga ish
haqiga sarflanadigan mablag’larni tejab qolish imkonini beradi, lekin mehnatni
kapital bilan qoplash, texnik jihatdan qayta qurish, mehnat unumdorligini oshirishga
bo’lgan rag’batni pasaytiradi.
83
- qonun tomonidan mustahkamlangan mulk huquqining yo’qligi bilan
bog’liq xarajatlar. Odatda mulkka egalik qilish huquqi an’anaviy ijtimoiy kelishuv
asosida belgilanadi va mustahkamlanadi. Xufiyona faoliyatda esa kelishuvlar, odatda,
og’zaki tuziladi. YUqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, davlat
iqtisodiyotning ochiq sektorida transaksion xarajatlarni pasaytirish orqali xo’jalik
yurituvchi subyektlarning manfaatlarini amalga oshirgan taqdirda, ularda qonunga
bo’ysunishga rag’bat uyg’onadi.
Iqtisodchilar xufiyona iqtisodiyot kelib chiqishining iqtisodiy sabablarini
bozor xo’jaligi doirasida raqobat muammosi bilan bog’lash mumkin, degan fikrni
bildiradilar. Ular xufiyona iqtisodiyotni nomukammal raqobatning bir shakli sifatida
ko’rish kerak, deb hisoblaydilar. Mukammal bozor munosabatlari shakllanib va
rivojlanib borgani sari sog’lom raqobat xufiyona iqtisodiyotni siqib chiqaradi. Buning
isbotini rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko’rish mumkin. Ularda xufiyona
iqtisodiyotning
ulushi
rivojlanayotgan
va
bozor
iqtisodiyotiga
o’tayotgan
mamlakatlardagiga qaraganda ancha past.
Davlat iqtisodiyotni samarali boshqara olmas ekan, tadbirkorlikni amalga
oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratmas ekan, xufiyona iqtisodiyot xunuk
ko’rinishlarga ega bo’lib, miqyoslari kengayib boraveradi. Xufiyona iqtisodiyot
miqyoslari, ayniqsa, inqirozlar davrida, yuqori inflyatsiya va valyuta kurslarining
keskin o’zgarib turishi, bozor xo’jaligida muvozanat buzilgan sharoitda shiddat bilan
kengayib boradi.
Xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining keyingi guruhiga ijtimoiy
omillar kiradi. Hozirgi kundagi jamiyatda bir qator ijtimoiy muammolar mavjud
bo’lib, ulardan biri jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishidir. Bu bozor iqtisodiyotiga
xos bo’lgan jarayon bo’lib, muammoni hal etishga bo’lgan urinishlar aksariyat
jamiyatlarda muvaffaqiyatsiz bo’lmoqda. Jamiyatning tarkibiy tuzilishi xufiyona
iqtisodiyot ishtirokchilarining potensial sonini belgilaydi. CHunki, aholining kam
ta’minlangan va boshqa guruhlari xufiyona sektor doirasiga ko’proq tortiladi.
Xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining yana bir guruhiga huquqiy
omillar kiradi. Bu tadbirkorlikning huquqiy bazasini takomillashmaganligi bilan
bog’liqdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda
ham tadbirkorlikning huquqiy bazasini rivojlanishi iqtisodiy jarayonlardan orqada
qoladi. Bozor xo’jaligidagi o’zgarishlar bilan mavjud huquqiy baza o’rtasidagi
ziddiyatlar xufiyona iqtisodiyot subyektlari uchun huquqiy sohadagi kamchiliklardan
foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Uy xo’jaliklari muhim sektor sifatida huquqiy me’yorlar bilan emas, asosan
amaliyotda shakllangan urf-odatlar va an’analar bilan tartibga solinadi. Davlat ushbu
sektorda amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlarni nazorat qilishi imkoniyatiga
ega bo’la olmaydi.
Qonunlar ham xufiyona faoliyat turlariga nisbatan turlicha bo’lishi mumkin.
Ba’zi holatlarda yirik korporatsiyalar o’zlarining moliyaviy imkoniyatlaridan
foydalangan holda qonun chiqaruvchilarga tazyiq o’tkazishlari va ma’lum ijtimoiy
guruhlar manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishiga harakat qilishlari
mumkin.
84
Xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining boshqa bir guruhiga
ma’naviy omillar kiradi. “Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva”,
deb nomlangan darslik mualliflarining fikricha, ushbu omillar tadbirkorlik
faoliyatining
ma’naviy
asoslarini
zaifligi
bilan
belgilanadi.
Ularning
ta’kidlashlaricha, qonunlar ma’lum davrning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini o’zida
aks ettiradi. Lekin aynan qonunlar orqali amalga oshiriladigan davlat manfaatlari
ko’p hollarda jamiyatning ko’pchiligi manfaatlariga mos kelavermaydi, ayrim
holatlarda esa ularga zid bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlikning ma’naviy asosi keng bo’lib, ko’p hollarda xo’jalik huquqidan
ham muhimroqdir. YUqorida nomi keltirilgan darslik mualliflari misol tariqasida
Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaning natsistlar rejimi bilan xufiyona
operatsiyalar o’tkazgan shveytsar banklari faoliyatini keltiradilar. Rasmiy tomondan
olib qaraganda bunday faoliyat qonunga zid bo’lmagan, lekin jahon hamjamiyati
oldida bu banklar oddiy ma’naviy-ahloqiy tamoyillarni oyoq osti qilganlar. Mana
shunday bahoni Germaniyaning yirik korporatsiyalari faoliyatiga ham berish
mumkin. Ular ham Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan bosib olingan
hududlardagi minglab kishilarning mehnatidan foydalanganlar. Ayni paytda, deb
yozadilar darslik mualliflari, hozirga kelib mana shu korporatsiyalar, bir paytda
jamiyatning ma’naviy – ahloqiy tamoyillarni buzganliklarini tan olgan holda,
kishilarga kompensatsiya to’lamoqdalar
68
.
Darslik mualliflari ushbu guruh sabablari doirasida fuqarolik jamiyati
institutlarining roliga alohida to’xtalib o’tganlar. Bozor xo’jaligi tizimining
murakkablashuvi natijasida davlatning bir o’zi xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurasha
olmaydi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarni tekshirish va
fosh etish davlatga xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashda katta yordam bo’lishi
mumkin.
Aynan fuqarolik jamiyati institutlari davlat hokimiyatini ochiq va shaffof
faoliyat olib borishga undaydilar. Fuqarolik jamiyati institutlari rivojlangan
mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, davlatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatining
ochiqligi korrupsiya hamda hukumat organlari bilan biznes o’rtasidagi xufiyona
operatsiyalarni oldini olishning muhim kafolati bo’lib hisoblanadi.
Va nihoyat, xufiyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining oxirgi guruhiga
siyosiy omillar kiritiladi. Ushbu omillar siyosiy tizimdagi ziddiyatlar oqibatida
yuzaga keladi. Bunda eng muhim, prinsipial masalalardan biri hokimiyat bilan yirik
kapital o’rtasidagi munosabatlar masalasidir. Ma’lumki, ularning birlashishi har
narsaga qodir bo’lgan oligarxiyani shakllantiradi. Bu xufiyona iqtisodiyotga sifat
jihatdan yangi belgilar beradi
69
.
Iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari bilan olib borilayotgan davlat
siyosati o’rtasidagi qarama–qarshiliklar ham xufiyona iqtisodiyotning shakllanish
jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. O’tgan asrning 20-yillarida AQSHda spirtli
ichimliklarni iste’mol qilish qonun yo’li bilan taqiqlab qo’yilganligi natijasida
68
Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА».
М., 2005, с.24
69
Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА».
М., 2005, с.24
85
xufiyona alkogol biznesi rivojlanib ketgan. 80-yillarda shunday holat SSSRda ham
takrorlangan. 1960-yillarda Hindistonda hukumat qarori bilan past probali tilla
bilaguzuklar ishlab chiqarish taqiqlanganligi bois, qisqa vaqt ichida xufiyona
iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60 foizga yetgan.
Hindiston xukumati o’ylamasdan qabul qilingan qarorni bekor qilganidan so’ng
iqtisodiyot normal holatiga qayta boshlagan
70
.
YUqoridagilarga xulosa qilib, ta’kidlash kerakki, xufiyona iqtisodiyot tovar-
pul munosabatlari paydo bo’lgan davrdan boshlab shakllanib va rivojlanib, ochiq
iqtisodiyot bilan parallel faoliyat ko’rsatib kelgan. Ayni paytda uning miqyoslari
turlicha bo’lgan. SHundan kelib chiqib uni o’rganishga bo’lgan yondashuvlar ham
xilma-xil bo’lgan.
Tadqiqotchilarning katta bir qismi xufiyona faoliyat va xufiyona iqtisodiyotni
o’rganishga huquqiy jihatdan yondashadilar (8 – rasm). Ushbu yondashuv tarafdorlari
xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda qonunning buzilishini asosiy mezon qilib
oladilar. Xufiyona iqtisodiyotni ikkiga ajratadilar: kriminal («qora») va nokriminal
(«kul rang»). Bunda biror bir faoliyatni davlatdan yashirish faktini ikki turdagi motiv
bilan bog’liq, deb hisoblaydilar. Birinchisi, xo’jalik subyektlarining o’z harajatlarini
kamaytirish (birinchi navbatda soliq to’lashdan bosh tortish hisobiga) bilan bog’liq
bo’lsa, ikkinchisi faoliyatning noqonuniy ekanligi bois uni to’xtatib qo’yilishidan
hadiksirash bilan bog’liq.
SHunday qilib nokriminal («kul rang») iqtisodiyotda daromadlar (yoki
xarajatlar) yashiriladi, kriminal («qora») iqtisodiyotda faoliyatning o’zi yashiriladi.
O’z navbatida kriminal iqtisodiyot doirasida ikkita tarkibiy qism ajratiladi:
noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik.
Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga biznes ko’rinishida tashkil
etilgan, qonun yo’li bilan taqiqlangan faoliyat turlarini kiritish mumkin. Noqonuniy
(yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- qurol ishlab chiqarish va sotish;
- narkobiznes;
-qimor o’yinlari;
-kontrabanda;
-fohishabozlik va b.
70
Shu manba 26 –b.
Xufyona iqtisodiyot
Kriminal («qora»)
Nokriminal («kul rang»)
Noqonuniy iqtisodiy
faoliyat
Iqtisodiy jinoyatchilik
86
10 – rasm. Xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan huquqiy
yondashuv
71
Iqtisodiy jinoyatlar iqtisodiy sohadagi jinoyatlar bo’lib, ular ishlab chiqarishga
bevosita aloqasi bo’lmagan va g’arazli maqsadlarni ko’zlab qilingan iqtisodiy
jinoyatlardir (ular yaratilgan qiymatni qayta taqsimlash sohasida amalga oshadi):
G’arazli maqsadlarda xizmat mansabini suiste’mol qilish (poraxo’rlik);
firibgarlik
o’g’rilik
ta’magirlik (reket) va b.
YU.N.Popov va M.E.Tarasovlarning yozishicha, kriminal iqtisodiyotning
ushbu turi iqtisodiyotga bevosita tegishli bo’lmay, jinoyatchilikning bir turi
hisoblanadi. Lekin shu bilan birga iqtisodiy jinoyatchilik katta iqtisodiy zarar
keltiradi va aynan shuning uchun ham kriminal iqtisodiyotning bir qismi sifatida
qaraladi.
11 – rasm. Xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan statistik yondashuv
72
Bundan tashqari, xufiyona iqtisodiyot sohasi o’zining yuqori daromadliligi va
subyektlarining huquqni himoya qilish organlariga murojaat qila olmasliklari bois,
iqtisodiy jinoyatchilik uchun yaxshi muhit bo’lib hisoblanadi. Xufiyona iqtisodiyotni
turlarga ajratishga bo’lgan statistik yondashuv xufiyona iqtisodiyotni rasmiy
statistikadan yashrilgan faoliyat sifatida tavsiflaydi (9-rasm). Rasmiy iqtisodiyot – bu
davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan iqtisodiyot
bo’lsa, yashirin yoki norasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy
shartnomalarda
aks ettirilmaydigan xo’jalik munosabatlari yig’indisi bo’lib
hisoblanadi.
71
Manba:Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО»,
«ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.28
72
Manba:Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО»,
«ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.28
Xufyona (norasmiy)
iqtisodiyot
Yashiriladigan
Hisobga olinmaydigan
Soxta
Kriminal («qora
»)
Nokriminal («kul
rang»)
87
Real xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar davlat organlaridan ongli
ravishda, ataylab yashirilishi yoki milliy statistika tizimida qamrab olinmasligi
mumkin. Bundan tashqari soxta iqtisodiyot ham mavjud bo’lib, unda faoliyat faqat
qog’ozda amalga oshiriladi.
Statistik
hisob-kitoblardan
tadbirkorlik
faoliyatining
turli
elementlari
to’g’risidagi ma’lumotlar yashirilishi yoki ongli ravishda ma’lumotlarni buzib
ko’rsatilishi mumkin:
-korxonani yashirish (ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki litsenziya olmasdan
xo’jalik faoliyatini amalga oshirish);
- xo’jalik operatsiyalarini yashirish ( ularni shartnoma va hisobotlarda aks
ettirmaslik);
- ishchi kuchini yashirin ravishda yollash (ishchi kuchini mehnat
shartnomalarini rasmiylashtirmasdan yollash); mehnat sharoitlari to’g’risidagi
ma’lumotlarni (ish haqi, pensiya va sug’urta to’lovlari, texnika xavfsizligi, ish vaqti
va b.) buzib ko’rsatish;
- daromadlarni yashirish (soliq to’lashdan qochish).
YUqorida keltirilgan yondashuvlarni muhim ekanligini tan olgan holda,
“Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva” darsligining mualliflari
xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvdan
foydalanish zarur, degan fikrni bildiradilar.
Mana shunday yondashuv zarurligini asoslagan holda, darslik mualliflari
rasmiy-huquqiy yondashuv xufiyona iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini
ochib bera olmaydi va bu o’z navbatida davlat va jamiyatning unga ta’sir ko’rsatishda
qo’llaniladigan vositalarini chegaralanishiga olib keladi, degan fikrni bildiradilar
73
.
73
Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства. «ДЕЛО»,
«ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.33
88
12 – rasm. Xufiyona iqtisodiyotning iqtisodiy faoliyat sohalari bo’yicha
tasniflanishi
Ularning fikricha, bunday yondashuv, yuqorida keltirilgan yondashuvlarga xos
bo’lgan belgilarga ega bo’lish bilan birga, ulardan muhim xususiyatlari bilan ham
farq qiladi. Ushbu yondashuv quyidagi mezonlar guruhini o’z ichiga oladi:
- huquqiy;
- statistik;
- iqtisodiy;
- ijtimoiy;
- ma’naviy.
Xufiyona iqtisodiyotni tasniflash uchun yana bir nechta aniq mezonlar taklif
etadilar. Xufiyona iqtisodiyotning subyektlari bo’yicha, faoliyatning maqsad va
motivlari bo’yicha, oqibatlari va zarar miqyoslari bo’yicha, davlatning javobgarlik
darajasi bo’yicha, aholining munosabati bo’yicha mezonlar orqali tasniflashni taklif
etadilar.
Mutaxassislarning
ta’kidlashlaricha,
tadbirkorlikning
tarkibidan,
mulk
shakllaridan, keltiradigan zarar miqyoslaridan kelib chiqqan holda xufiyona
iqtisodiyotni tasniflash ham ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi. Ularning fikricha,
xufiyona iqtisodiyot agentlari (qatnashchilari) orasida eng ko’p sonligi kichik biznes
bo’lsa, ijtimoiy va iqtisodiy zarar keltirishi bo’yicha shubhasiz yirik kapital
(oligarxlar) birinchi o’ringa chiqadi.
Ishlab chiqarish sohasida
Savdo sohasida
Moliya – krеdit sohasida
Xizmat ko’rsatish sohasida
Sog’liqni saqlash sohasida
Ta'lim sohasida
Faoliyat sohalari
89
Demak, xufiyona faoliyatni oldini olish va uni ochiq faoliyatga aylantirish
mamlakat iqtisodiyotining xavfsizligini ta’minlaydi, barqaror iqtisodiy o’sish uchun
imkoniyat yaratadi.
Qisqacha xulosalar
3.Xufiyona iqtisodiyot rivojlangan va rivojlanish bosqichida bo’lgan
mamlakatlar uchun xarakterli bo’lib, o’zining miqyoslari jihatdan farq qiladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyot yo’lida to’siq rolini o’ynaydigan
samarali institutsional mexanizm shakllangan. Bunda davlat markaziy bo’g’in bo’lib
hisoblanadi. Dunyo tajribasidan ma’lumki, qaysi mamlakatda aholi jon boshiga
to’g’ri keladigan daromadlar yuqori bo’lsa, shu mamlakatda xufiyona iqtisodiyot
miqyoslari kam bo’ladi.
Nazorat savollari
1. Xufiyona iqtisodiyotning qanday shakllari mavjud?
2. Xufiyona iqtisodiyotning shakllanishiga qanday sabablar ta’sir ko’rsatadi?
3. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini baholashga bo’lgan yondashuvlar
to’g’risida gapirib bering.
4. Xufiyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan yondashuvlar.
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997
2. Ortiqov A., Isaxodjaev A., SHestakov A. Xufiyona iqtisodiyot. Toshkent,
2002.
3. Popov YU.N., Tarasov M.E. Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo
xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33
4. yechmakov S.M. Tenevaya ekonomika. Analiz i modelirovanie. – M.:
Finansы i statistika, 2004
90
16-mavzu. Korrupsiya va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri
“Korrupsiya” lotincha (sorruptio) so’zidan olingan bo’lib, buzilish degan
ma’noni anglatadi. Korrupsiya faqat bir ko’rinishda namoyon bo’ladigan hodisa
bo’lmay, u jamiyat hayotining turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini qamrab
oladi. O’z tabiatiga ko’ra turlicha bo’lgan yuzaga kelish va qayta tiklanish
mexanizmlari bilan xarakterlanadi.
Korrupsiya hodisasini tadqiq qilgan barcha tadqiqotchi hamda siyosatchilar
uning ahloqsizlik ekanligi va har qanday mamlakatning iqtisodiy va demokratik
taraqqiyotiga ziyon yetkazishini tan oladilar. Lekin, ijtimoiy-iqtisodiy fanlarda ushbu
hodisa jamiyat va iqtisodiyot institutlari tizimidan tashqaridagi “ma’naviy jinoyat”
sifatida o’rganiladi. Uning tabiati, funksiyalari, jamiyat va iqtisodiyotga yetkazadigan
zararlari to’g’risidagi tasavvurlar va fikrlar cheklanib qolmoqda degan fikrlar
mavjud.
“Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva”, deb nomlangan
darslikning
korrupsiya
masalasiga
bag’ishlangan
qismida
mualliflar
N.
Makiavellining
korrupsiyaga
bergan ta’rifini keltiradilar, ya’ni, kooruptsiya
“ommaviy imkoniyatlardan shaxsiy manfaatlar yo’lida foydalanish”ni anglatadi
74
.
Hozirgi davr xalqaro me’yoriy hujjatlarida korrupsiyaning turlicha talqinlari
keltirilgan. BMTning korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash to’g’risidagi hujjatlarida,
korrupsiyaga shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyatini suiste’mol qilish, deb ta’rif
beriladi.
Korrupsiya
tushunchasi
poraxo’rlik tushunchasidan kengroq ma’noni
anglatadi. Ushbu tushuncha poraxo’rlikni (biror-bir shaxsning kasbi taqozo qiladigan
majburiyatidan chekinganligi uchun mukofot berish) va nepotizm (shaxsiy
munosabatlar asosida homiylik qilish) hamda shaxsiy manfaatlar uchun foydalanish
maqsadida jamoat mablag’larini noqonuniy o’zlashtirishni anglatadi.
SHulardan kelib chiqib, yuqorida nomi keltirilgan darslik mualliflari
korrupsiyaga quyidagicha ta’rif beradilar: o’zi yoki shaxsiy munosabatlar yo’lga
qo’yilgan boshqa shaxslar uchun qandaydir ustunliklarga ega bo’lish maqsadida
tomonlarning mustaqillik tamoyillariga atayin rioya qilmaslik. Bunday ta’rif
korrupsiya xufiyona iqtisodiyotning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi, degan
fikrni tasdiqlaydi.
“Korrupsiya
va
xavfsizlik”,
deb
nomlangan
risola
75
mualliflarining
fikrlaricha, korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufiyona
iqtisodiyotning ko’rinishidir. SHuning uchun korrupsiyani iqtisodiy hodisa sifatida
talqin etishda deyarli bahs-munozaralar yo’q. Uning davlat amaldorlarining
poraxo’rlik faoliyatidan iboratligi va jamiyatga katta zarar yetkazishini ko’pchilik
tadqiqotchilar e’tirof etadilar.
Mualliflar poraxo’rlikni uch subyektli munosabatlar, deb aytadilar va ularga
pora oluvchilar, pora beruvchilar va ular o’rtasidagi vositachilar kiradi, degan fikrni
bildiradilar. Pora oluvchilar davlat amaldorlari bo’lsa, uni beruvchilar amaldorlar
74
Попов Ю.Н. , Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА».
М., 2005, с.76
75
Qobilov Sh.R. , Abdullaеv N.B. Korruptsiya va xavfsizlik. T.: O’zbеkiston, 2006. 6 – b.
91
marhamatiga muhtojlardir. Vositachilik vazifasini esa ayrim shaxslar va yashirin
tashkilotlar amalga oshiradilar.
Korrupsiyaning iqtisodiy mohiyati va huquqiy baholanishida farqlar mavjud
bo’lib, iqtisodiy jihatdan, bu erkin bozor qonun-qoidalariga mos kelmaganidan
yashirincha yuz beradi. Bu munosabatda barcha korrupsiyalashgan guruhning
manfaati uyg’unlashadi. Amaldor xizmatiga talab bo’lganidan, u sotadi. Bu yerda
pora yashirin xizmat haqi shakliga kiradi. Poraxo’rlikda ham bozor munosabati bor,
lekin bu tor egoistik manfaatga bo’ysunuvchi munosabat bo’lganligi sababli uni
jamiyat tan olmaydi, chunki bu yerda ayrim shaxslar yohud guruhlar manfaatining
amalga oshishi boshqalar manfaati hisobidan bo’ladi. SHuning uchun buni jamiyat
qabul qilmaydi va natijada u yashirin tus oladi.
YUridik qonunlarda aks etgan qoidalarnigina jamiyat qabul qiladi. SHuni
nazarda tutib, korrupsiyani huquqiy jihatdan g’ayriqonuniy, qonunlar man etadigan
iqtisodiy faoliyat deb aytish mumkin
76
. Korrupsiya – global hodisa, undan zarar
ko’rmagan mamlakat yo’q, lekin bu mamlakatlarda korrupsiyalashuv darajasi
turlicha bo’lib, bunday holat uning ildizlari chuqurligidan dalolat beradi.
O’rganilayotgan muammoga bag’ishlangan adabiyotlarda korrupsiyaning
sabablari turlicha talqin etiladi.
13 – rasm. Korrupsiyaning sabablari
Ularning obyektiv va subyektiv bo’lishiga e’tibor berilib, ular orasida
qonunchilikning
nomukammalligi,
demokratik
tamoyillar
va
institutlarning
rivojlanmaganligi, davlatning kuchsizligi ajratiladi. Mutaxassislarning fikricha,
korrupsiyaning mavjudligini iqtisodiy tizimning o’zidan qidirish kerak. Korrupsiya
iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo’lar ekan, demak uning iqtisodiy ildizlarini
topish kerak bo’ladi. Bu ildizlar pul munosabatlarining o’zidadir. Pul universal
to’lov vositasi, uni hamma operatsiyalar uchun qabul qilinadi, pul boylikning
timsoli, boylik to’plashning eng qulay shakli. Pulni saqlash xavfsiz, uni xohlagancha
jamg’arish mumkin. Pul likvidligi eng yuqori bo’lgan aktivdir. Likvidlikni esa
pulning qadr-qimmati ta’minlaydi. U ko’zga ko’rinmas moliyaviy aloqalar o’rnatish
imkonini beradi. Pulning likvidligi muhim bo’lganidan, pora berishda qattiq
valyutalar ishlatiladi, chunki ularning qadri barqaror bo’lgani uchun jamg’arish
vositasi bo’la oladi. Pul - bozor munosabatlarining mahsuli, shu sababli pul
munosabatlarining rivojlanishi korrupsiyani oziqlantiradi.
76
Shu manba, 6 – b.
Korruptsiyaning sabablari
Qonunchilikning
nomukammalligi
Dеmokratik tamoyillar va
institutlarning
rivojlanmaganligi
Davlatning kuchsizligi
92
Natural ishlab chiqarish sharoitida poraxo’rlik moddiy shaklda bo’lishi
mumkin, uni ko’zdan yashirib bo’lmaydi. Pul munosabatlari esa yashirin munosabat
o’rnatish imkonini beradi. SHunday qilib, korrupsiyaning obyektiv sababi pulning
yuksak likvidlik xususiyatidadir. Bunday xususiyat pul fetishizmini, ya’ni uni
ilohiylashtirishni, unga sig’inishni yuzaga keltiradi, pul hamma narsani hal qiluvchi
kuchga ega, degan tasavvurni paydo qiladi. Bu esa ochko’zlikni keltirib chiqaradi,
uni g’ayriqonuniy yo’l bilan topa olish imkoniyati bor kishilarni korrupsiyalashgan
kishilarga aylantiradi.
Bozor tizimining mukammal emasligi, uning mexanizmlarida uzilishlar bo’lib
turishi korrupsiyaning keng yoyilishi uchun qulay sharoit hozirlaydi. Demak, bozor
munosabatlarining takomillashtirilishi korrupsiyaga qarshi kurashning eng ma’qul
yo’li bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda
korrupsiyalashish darajasining boshqa guruh mamlakatlaridagiga nisbatan ancha
pastligi mana shu tezisning to’g’riligidan dalolat beradi.
Korrupsiyaning obyektiv sabablaridan biri davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
va shunga bog’liq holda biznesni rivojlantirish muammolarini hal qilish davlat
amaldorlariga bog’liq bo’lishidir. Davlatning iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va
ma’muriy usullar orqali yuz beradi. Bu usullarning qo’llanilishi amaldorlar faoliyatiga
bog’liq.
Davlatning ruhsat berish funksiyasi haddan tashqari keng doirada saqlanib
qolishi ham korrupsiyaning ildizlaridan biridir. Davlat qo’lidagi subsidiyalar, soliqlar,
imtiyozli litsenziyalar, kvotalar, preferentsiyalar va buyurtmalar kabi vositalar biznesni
tartibga
solib
turishda
qo’llaniladi. Ulardan kimning bahramand bo’lishi
amaldorlarning munosabatiga bog’liq bo’ladi. Iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natijaga
erishish uchun tadbirkorlar pora berish yo’li bilan amaldorlarni sotib olish va shu orqali
imtiyozlarga ega bo’lishga intiladilar. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur
ekanligi va ayni vaqtda korrupsiyani yuzaga keltirishi iqtisodiyotdagi ziddiyatli
holatdir.
Korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlashda ko’pchilik tadqiqotchilar
davlat qonunlarining nomukammalligiga urg’u beradilar. Qonunlar odatda real
hayotdagi o’zgarishlardan orqada qoladi, shu sababli ular tez-tez o’zgartirilib,
to’ldirilib turiladi. Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt o’tishi bilan nomukammal
bo’lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab ketadi. Nomukammal qonun real hayot
talabidan ortda qolgan va kelajakni to’liq aks ettirmaydigan qonundir. Bunday
qonunlar yaxshi ishlamaydi, natijada korrupsiyaga yo’l ochiladi.
Korrupsiyani lobbizm ham keltirib chiqaradi, biroq, har qanday lobbizm ham
bunga olib kelmaydi. Ruhsat berilgan, jamiyat tan oladigan lobbizm borki, u ochiq
bozor aloqalariga tayanadi. Bunda u yoki bu guruh shaxslar yohud firmalar
manfaatiga mos keladigan, jamiyat uchun zararsiz bo’lgan qarorlarni davlat idoralari
tomonidan qabul qilish zarurligini asoslash va bunga ko’maklashish bilan bog’liq
lobbizm korrupsiyani keltirib chiqarmaydi. Ammo, shu bilan birga, xufiyona
lobbistik xizmatlar borki, ular individual va korporativ manfaatlarni himoya qilgan
holda boshqalar manfaatiga zid ishlarning amalga oshirilishini bildiradi. SHunday
bo’lganda g’ayriqonuniy lobbizm paydo bo’ladi.
93
YUksak likvidli aktivlarning mavjudligi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi,
demokratiya darajasining pastligi korrupsiyaning obyektiv sabablari bo’lsa, aholi
ma’naviyatining darajasi va axloq-odobi, demokratiya qoidalariga sodiqligidagi
nuqsonlar korrupsiyaning subyektiv sabablariga kiradi. Subyektiv munosabat
korrupsiyani kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin, biroq korrupsiyani tag-tomiri
bilan yo’qota olmaydi. CHunki uning ildizlari iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish
darajasiga borib taqaladi.
Korrupsiyaning salbiy hodisa sifatida xavfsizlikka tahdid solishi hech kimda
shubha tug’dirmaydi, shu sababli davlat idoralari va jamoatchilik tashkilotlari unga
qarshi kurashib keladi. Biroq dunyoning hech bir mamlakatida, hatto har tomonlama
yuksak
rivojlangan
mamlakatlarda
ham
korrupsiya
tugatilmagan.
Jamiyat
korrupsiyani cheklab turishi, katta xavf tug’dirmaydigan darajaga keltirishi mumkin.
Unga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish va qo’llash uchun qaysi soha qay
darajada korrupsiyalanganini bilish talab qilinadi.
Korrupsiya shunisi bilan xavfliki, u ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi,
biznes yuritish xarajatlarini oshiradi, demak milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini
pasaytiradi, muayyan darajada siyosiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jahon
tajribasining ko’rsatishicha, o’tgan asrning 80 – yillari boshida korrupsiya,
iqtisodiyotni uquvsiz boshqarish bilan qo’shilib, Venesueladek neftga boy
mamlakatning to’lovga qobiliyatsiz bo’lishiga olib keldi.
Korrupsiya va jinoyatchilikning xavfsizlikka soladigan tahdidlari, Respublika
Prezidenti I.Karimovning ko’rsatishicha, quyidagilardan iborat:
amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko’rsatish;
davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemirish;
jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirish;
jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo’qqa chiqarish, islohotlar g’oyasini
obro’sizlantirish;
pul orqali hokimiyatni qo’lga olishga intilish;
nopok yo’llar bilan boylik orttirish. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo’rqib,
hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni
keltirib chiqarishga shay turadilar;
jinoiy usullar bilan boylik orttirgan kimsalarni "demokratiya" uchun jafo
chekkan kurashchilar deb ko’rsatish. Bunday shaxslar avvaliga o’z xalqini aldab,
kapital to’playdi, keyin demokratiya va adolatni ro’kach qilgan holda siyosiy obro’
orttiradi. Sir emaski, bunday shaxslar o’z manfaatlari yo’lida respublikadagi
vaziyatga ta’sir ko’rsatishga urinayotgan tashqi kuchlarga xizmat qilishga hamisha
tayyor turadilar.
Jahon xo’jalik aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet el investitsiyalari va
tadbirkorlarini iqtisodiy o’zgarishlar jarayoniga tortishga qarshilik ko’rsatish. Bu
holat chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg’otishi natijasida mamlakat g’oyat
muhim kapital mablag’lar manbaidan, texnologiyalar va tajribalardan, jahon iqtisodiy
tizimining sog’lom, "sof" qismiga qo’shilish imkoniyatidan mahrum bo’ladi
77
.
77
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. : 1998. 88-95 – b.
94
O’zbekistonda korrupsiyaning kuchayib ketishini oldini olishga qaratilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirish davlatning muhim vazifalaridan biri sifatida
belgilanmoqda. Masalan, "2005-yilda iqtisodiyotimizni isloh qilishning eng muhim
yo’nalishlari sifatida davlat va nazorat tuzilmalarining korxonalar, moliya-xo’jalik
subyektlari hamda tadbirkorlikning iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli darajada
kengaytirish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Tekshiruvlar soni 2001
yildagiga nisbatan 2,5 baravardan ko’proq kamaydi. Ruhsat berish bilan bog’liq 12 ta
protsedura (taomil) bekor qilindi. Hisobot ma’lumotlarini noqonuniy talab qilganlik
uchun javobgarlik kuchaytirildi"
78
.
SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, respublikada qabul qilingan Inqirozga
qarshi choralar dasturida 2009-yilning 1-yanvaridan sanoat sohasida faoliyat
ko’rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 8 foizdan 7
foizga kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan
mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod
etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi
subyektlarni oladigan dividendlarining investitsiyalarga, avval olingan kreditlar
uchun hisob-kitob qilishga yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod
etildi.
SHuningdek, Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009-yilda xo’jalik yurituvchi
subyektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish ko’zda tutildi.
SHu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari” asaridan quyidagilarni keltirib o’tish kerak bo’ladi: “Ayni paytda joylarda
vazifada o’tirgan amaldorlar xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash o’rniga, kichik
bo’lsa-da, o’z ishi, o’z biznesini tashkil etishga intilayotgan odamlarga turli yo’llar
bilan to’sqinlik qilayotganiga mutlaqo toqat qilib bo’lmaydi.
O’z biznesini tashkil etish yoki kengaytirishni istagan tadbirkorlar qurilishga
ruhsat olish, kadastr orqali rasmiylashtirish uchun oylab yugurayotganiga, loyihalarni
ishlab chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish, binolar ijarasi uchun asossiz ravishda katta
miqdorda pul to’layotganiga qanday chidash mumkin. Bunday holatlarga prokuratura
organlari qanday qarayapti”. SHundan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasiga bir oy
muddatda
kichik
biznesni
yanada
qo’llab-quvvatlash bo’yicha me’moriy-
loyihalashtirish vazifalarini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarining ekspertiza qiymatini
kamaytirish, kichik biznes uchun ekologik ekspertizaning soddalashtirilgan tartibini
joriy etish va uni amalga oshirish uchun tariflarni pasaytirish yuzasidan tegishli
chora-tadbirlar ko’zda tutilgan qaror loyihasini taqdim etish topshirildi
79
.
Bundan tashqari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, davlat mulki
bo’lgan inshootlar uchun ijara haqi to’lash bo’yicha tariflarni kamaytirish masalasini
ham ko’rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.
78
Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. Г Xalq so’zi.
2006, 11 fеvral
79
Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.
T.: O’zbеkiston, 2009, 53 – b.
95
Korrupsiyaning global muammoga aylana boshlaganligi jahon hamjamiyatini
unga qarshi kurashda hamkorlik qilishga undadi. 2003-yilning 31- dekabrida
Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi
tomonidan BMTning korrupsiyaga qarshi Xalqaro konvensiyasi ma’qullandi. SHu
yilning dekabr oyining boshlarida Meksikaning Merida shahrida jahonning 100 dan
ortiq
mamlakatlari
ushbu
konvensiyani
imzoladilar.
Ushbu
hujjatning
muqaddimasida aytilganidek, "korrupsiya endilikda cheklangan doiradagi (lokal)
muammo emas, balki barcha mamlakatlar jamiyati va iqtisodiyotiga daxldor bo’lgan
transmilliy muammoga aylandi. Bu esa korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi
kurash sohasida xalqaro hamkorlikning nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini
belgilaydi"
80
.
Jahon banki va Xalqaro valyuta fondining hujjatlarida korrupsiyaning ikkita
turi ko’rsatib o’tilgan: “ma’muriy” va “davlatni egallab olish”.
Korrupsionerlar guruhi “davlatni egallab olganda" milliy xavfsizlikka ichki
tahdid kuchayadi, chunki bunda davlat siyosatini tor doiradagi xudbin manfaatlarga
bo’ysundirish kelib chiqadi.
"Davlatni egallab olish" deganda, davlat yoki xususiy sektor vakillari bo’lgan
ayrim shaxslar, guruhlar yoki kompaniyalarning o’z manfaatlari yo’lida qonunlar,
nizomlar, farmonlar hamda davlat siyosatining boshqa vositalari shakllanishiga ta’sir
ko’rsatish maqsadida amalga oshiradigan harakatlaridir.
Bunday xatti-harakatlarning o’lchovi sifatida "davlatning sotilish indeksi"
qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich parlament qabul qilgan qonunlar, hukumat qarorlari,
davlat rahbarining farmonlari, hukumat tuzgan dasturlarning ayrim shaxslar va
ijtimoiy guruhlarning xudbin korporativ manfaatiga qanchalik qaratganligini
bildiradi. Bu ko’rsatkich qanchalik past bo’lsa, davlat shunchalik "toza" hisoblanadi.
Xalqaro ekspertlar olib borgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, MDH
mamlakatlari orasida O’zbekiston eng "toza" hisoblanadi. Bu yerda 2000-yilga kelib,
davlatning sotilish indeksi 1,0 ga teng bo’lib, bu eng past, ya’ni eng yaxshi
ko’rsatkich hisoblanadi, chunki boshqa bir qator mamlakatlarda bu indeks 5,5 ga teng
bo’lgan.
Korrupsiyani jilovlash uchun qonunlar yaxshi ishlashi talab etiladi.
Qonunlarning yaxshi ishlashi ularning yuridik samaradorligini belgilaydi. Ushbu
ko’rsatkich O’zbekistonda 2001-yilda 2,0 ga teng bo’lib, boshqa mamlakatlar bilan
qiyoslanganida o’rtacha ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich eng yuqori, ya’ni 4,0
ga teng bo’lgan mamlakatlar jumlasiga Vengriya, Ruminiya, Polsha, Bolgariya,
CHexiya va Estoniya kirgan
81
.
Ma’muriy korrupsiya qonun-qoidalarini bajarish jarayoniga atayin buzilishlar
kiritilishini
bildiradi.
Korrupsiyaning ushbu turi firmalar va kompaniyalar
daromadining pora berish uchun sarflanadigan hissasi bilan o’lchanadi.
SHarqiy Yevropa mamlakatlarda bu ko’rsatkich o’rtacha – 2,2 foiz
(Vengriyada – 1,7 foiz, Polshada – 1,6 foiz), MDXda – 3,7 foiz (Rossiyada – 2 ,8
foiz)ni tashkil etgan.
80
Ахмеджонов А. Коррупция и ее влияние на экономику.// Экономическое обо зрение. №7. 2004. с. 32
81
Qobilov Sh.R. , Abdullaеv N.B. Korruptsiya va xavfsizlik. T.: O’zbеkiston. 2006. 21 – b.
96
Korrupsiya shakllari xilma-xil bo’lib, ularga pora olishdan tortib amaldor
xizmat
vazifasini
suiiste’mol
qilib,
jamiyat
mablag’larini
noqonuniy
o’zlashtirishigacha kiradi. Biznesda eng ko’p uchraydigan va eng ko’p tarqalgan
korrupsiya shakli import va eksport litsenziyalari, valyuta nazorati, soliqlarni
baholash, imtiyozlar berish, kreditlar olish bilan bog’liq ravishda g’ayriqonuniy
to’lovlar va pora talab qilishdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
asarida korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidlarni keltirib o’tgan.
Asarda ta’kidlanishicha, siyosiy jihatdan olib qaralganda, korrupsiya amalga
oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko’rsatish ifodasidir. Mamlakatda jinoyatchilik
va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi,
fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi, jamiyatning
ma’naviy-ahloqiy asoslarini yemiradi, jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini
yo’qqa chiqaradi.
Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi,
ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning
himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o’zini obro’sizlantiradi. Nopok yo’l
bilan boylik orttirganlar jazodan qutilib qolish va o’zlarining jinoiy sarmoyalarini
himoya qilish uchun hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga,
ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar.
Jinoiy usullar bilan boylik va mo’may pul orttirgan kimsalar o’z xalqlari va
mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq
qaraydilar.
Jahon xo’jalik aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet el investitsiyalari va
tadbirkorlarini
iqtisodiy
o’zgarishlar
jarayoniga
tortish
sharoitida
korrupsiyachilarining
xatti-harakatlari
nafaqat mamlakatdagi halol fuqarolarni
tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg’otadi
82
.
Dostları ilə paylaş: |