Termiz davlat universiteti


Transaksiya xarajatlari: iqtisodiyot sektorlari bo’yicha qiyosiy tahlil



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix06.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31769
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
iqtisodiy xavfsizlik


Transaksiya xarajatlari: iqtisodiyot sektorlari bo’yicha qiyosiy tahlil 
transaksiya 
xarajatlari 
turi 
Rasmiy sektor  Xufiyona  sektor  Izoh 
1. Tadbirkorlik  faoliyati 
uchun litsenziya  olish 


Norasmiy ishlab 
chiqarish 
2. Yerga egalik  qilish 
yoki uni ijaraga  olish 
huquqini  qo’lga kiritish 


Noqonuniy qurilish 
Xufyona iqtisodiyotni  kеlib 
chiqish sabablari 
 
Antropologik 
 
Iqtisodiy 
 
Ijtimoiy 
 
Huquqiy 
 
Ma'naviy 
 
Siyosiy 
 

 
82 
3. Tegishli  qonunlar va 
normativlarni  bilish  va 
ularga  amal  qilish 


Xufiyona 
iqtisodiyotning  o’yin 
qoidalariga  amal  qilish 
4. Soliqlarni  to’lash 


 
5. Kredit olish 


Kredit imtiyozli 
shartlarda beriladi 
6. SHartnomalar 
shartlarining 
bajarilishini  nazorat 
qilish  tizimi 


Bitimlarni  noiqtisodiy 
nazorat qilish 
Jami 
6+ 
2+ 
 
 
Mazkur  jadval  shuni  yaqqol  ko’rsatib  turibdiki,  iqtisodiyotning  xufiyona 
sektorida  aksariyat  pozitsiyalar  bo’yicha  faqat  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishda 
transaksiya  xarajatlari  rasmiy  iqtisodiyotga  qaraganda  ancha  past(6+/2+).  Masalan, 
yerga  egalik  qilish  yoki  uni  ijaraga  olish  huquqlarining  noqonuniy  qo’lga  kiritilishi 
imorat  soluvchilar  uchun  bepulga  tushmaydi,  lekin  barcha  rasmiy  tartib-qoidalar  va 
ushbu  transaksiyani  amalga  oshiruvchi  instansiyalar,  sarflangan  vaqt  va  boshqa  sarf-
xarajatlarni  hisobga  olgan  holda nolegitim yo’l ayrim subyektlar uchun ancha oson va 
foydali  bo’lib  chiqadi.  CHunki  xufiyona  iqtisodiyot  rasmiy  iqtisodiyotdan  o’tib 
bo’linmas  to’siq  bilan  ajralmagan,  ko’pchilik  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar 
transaksiyalarni  xufiyona  sektor yordamida amalga  oshirish mumkin. 
SHularni  inobatga  olganda  norasmiy  sektor  faoliyatini  cheklash  nafaqat 
qonunchilikni 
takomillashtirish, 
balki 
tadbirkorlik 
faoliyati 
yuritish 
uchun 
sarflanadigan  transaktsiya  xarajatlarini  ham qisqartirib berish muhim  ahamiyatga  ega. 
SHuni  ham  ta’kidlash  kerakki,  qonunlarga  itoat  etish  “bahosi”  to’g’ridan- 
to’g’ri  pul  xarajatlarinigina  emas,  balki  u  yoki  bu  protseduralarni  amalga  oshirish 
uchun  ketadigan  vaqtni ham o’z ichiga oladi. Aynan shu holat ko’p hollarda xufiyona 
faoliyat  yuritish  uchun  asosiy    sabab  bo’ladi.  Bu  yerda  muqobil  qarorni  izlash 
natijasida  iqtisodiyot  sub’yektlari  davlat  ishtirokisiz,  ya’ni  xufiyona  faoliyat  olib 
borish yo’lini  tanlaydilar. 
Demak,  olimlarning  fikricha,  qonunga  itoat  etishning  yuqori  bahosi  bilan 
xufiyona  iqtisodiyot  o’rtasida  to’g’ridan-to’g’ri  bog’liqlik  mavjud.  Lekin  yashirin 
tarzda  faoliyat  olib  borish  ham    katta  sarf-xarajatlar  bilan  bog’liq.  Xufiyona  faoliyat 
olib  boradigan  xo’jalik  sub’yektlari  xarajatlarning  ba’zi  turlarini  tejagan  hollarida, 
boshqa, ba’zi holatlarda  ko’proq xarajatlarni  qilishga  majbur bo’ladilar. Jumladan: 
-  huquqiy sanksiyalardan bosh tortish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ( soliq va 
boshqa  moliyaviy  sohalarda  maslahatchilar  xizmatiga  haq  to’lash,  reklama  qilish 
imkoniyatlari  chegaralanganligi  natijasida  yo’qotilgan  foyda,  “ikki  xil”  buxgalteriya 
hisobini  yuritish  bilan  bog’liq xarajatlar); 
-  soliq  va  ish  haqiga  qo’shimchalar  to’lashdan  qochish.  Daromad  solig’i, 
ijtimoiy  sug’urta  va  pensiya    fondlariga  majburiy  to’lovlardan  qochish  korxonaga ish 
haqiga  sarflanadigan  mablag’larni  tejab  qolish  imkonini  beradi,  lekin  mehnatni 
kapital  bilan  qoplash,  texnik  jihatdan  qayta  qurish,  mehnat  unumdorligini  oshirishga 
bo’lgan rag’batni pasaytiradi. 

 
83 
 
-  qonun  tomonidan  mustahkamlangan  mulk  huquqining  yo’qligi  bilan 
bog’liq  xarajatlar.  Odatda  mulkka  egalik  qilish  huquqi    an’anaviy  ijtimoiy  kelishuv 
asosida  belgilanadi  va  mustahkamlanadi.  Xufiyona  faoliyatda  esa  kelishuvlar,  odatda, 
og’zaki  tuziladi.  YUqoridagilardan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki,  davlat 
iqtisodiyotning  ochiq  sektorida  transaksion  xarajatlarni  pasaytirish  orqali  xo’jalik 
yurituvchi  subyektlarning  manfaatlarini  amalga  oshirgan  taqdirda,  ularda  qonunga 
bo’ysunishga rag’bat uyg’onadi.  
Iqtisodchilar  xufiyona  iqtisodiyot  kelib  chiqishining    iqtisodiy  sabablarini 
bozor  xo’jaligi  doirasida  raqobat  muammosi  bilan  bog’lash  mumkin,  degan  fikrni 
bildiradilar.  Ular  xufiyona  iqtisodiyotni  nomukammal  raqobatning  bir  shakli  sifatida 
ko’rish  kerak,  deb  hisoblaydilar.  Mukammal  bozor  munosabatlari  shakllanib  va 
rivojlanib  borgani  sari  sog’lom raqobat xufiyona iqtisodiyotni siqib chiqaradi. Buning 
isbotini  rivojlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotida  ko’rish  mumkin.  Ularda  xufiyona 
iqtisodiyotning 
ulushi 
rivojlanayotgan 
va 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tayotgan 
mamlakatlardagiga  qaraganda ancha past.  
Davlat  iqtisodiyotni  samarali  boshqara  olmas  ekan,  tadbirkorlikni  amalga 
oshirish  uchun  yetarli  sharoitlar  yaratmas  ekan,  xufiyona    iqtisodiyot  xunuk 
ko’rinishlarga  ega  bo’lib,  miqyoslari  kengayib    boraveradi.  Xufiyona    iqtisodiyot 
miqyoslari,  ayniqsa,  inqirozlar  davrida,  yuqori  inflyatsiya  va  valyuta  kurslarining 
keskin  o’zgarib  turishi,  bozor  xo’jaligida  muvozanat  buzilgan  sharoitda  shiddat  bilan 
kengayib  boradi. 
Xufiyona  iqtisodiyotni  kelib  chiqish  sabablarining  keyingi  guruhiga    ijtimoiy 
omillar  kiradi.  Hozirgi  kundagi  jamiyatda  bir  qator  ijtimoiy  muammolar  mavjud 
bo’lib,  ulardan  biri  jamiyatning    ijtimoiy  tabaqalanishidir.  Bu  bozor  iqtisodiyotiga 
xos  bo’lgan  jarayon  bo’lib,  muammoni  hal  etishga  bo’lgan  urinishlar  aksariyat 
jamiyatlarda  muvaffaqiyatsiz  bo’lmoqda.  Jamiyatning  tarkibiy  tuzilishi  xufiyona 
iqtisodiyot  ishtirokchilarining  potensial  sonini  belgilaydi.  CHunki,  aholining  kam 
ta’minlangan  va boshqa guruhlari  xufiyona  sektor doirasiga ko’proq tortiladi. 
Xufiyona  iqtisodiyotni  kelib  chiqish  sabablarining  yana  bir  guruhiga  huquqiy 
omillar  kiradi.  Bu  tadbirkorlikning  huquqiy  bazasini  takomillashmaganligi  bilan 
bog’liqdir.  Mutaxassislarning  ta’kidlashicha,  hatto  eng  rivojlangan  mamlakatlarda 
ham  tadbirkorlikning  huquqiy  bazasini  rivojlanishi  iqtisodiy  jarayonlardan  orqada 
qoladi.  Bozor  xo’jaligidagi  o’zgarishlar  bilan  mavjud  huquqiy  baza  o’rtasidagi 
ziddiyatlar  xufiyona  iqtisodiyot  subyektlari  uchun  huquqiy  sohadagi  kamchiliklardan 
foydalanish  imkoniyatini  yaratadi. 
Uy  xo’jaliklari  muhim  sektor  sifatida  huquqiy  me’yorlar  bilan  emas,  asosan 
amaliyotda  shakllangan  urf-odatlar  va  an’analar  bilan  tartibga  solinadi.  Davlat  ushbu 
sektorda  amalga  oshiriladigan  iqtisodiy  munosabatlarni  nazorat  qilishi  imkoniyatiga 
ega bo’la olmaydi.  
Qonunlar  ham  xufiyona  faoliyat  turlariga  nisbatan  turlicha  bo’lishi  mumkin. 
Ba’zi  holatlarda  yirik  korporatsiyalar  o’zlarining  moliyaviy  imkoniyatlaridan 
foydalangan  holda  qonun  chiqaruvchilarga  tazyiq  o’tkazishlari  va  ma’lum  ijtimoiy 
guruhlar  manfaatlariga  mos  keladigan  qonunlarni  qabul  qilinishiga  harakat  qilishlari 
mumkin.   

 
84 
Xufiyona  iqtisodiyotni  kelib  chiqish  sabablarining  boshqa  bir  guruhiga 
ma’naviy  omillar  kiradi.  “Tenevaya  ekonomika  v  sisteme  rыnochnogo  xozyaystva”, 
deb  nomlangan  darslik  mualliflarining  fikricha,  ushbu  omillar  tadbirkorlik 
faoliyatining 
ma’naviy 
asoslarini 
zaifligi 
bilan 
belgilanadi. 
Ularning 
ta’kidlashlaricha,  qonunlar  ma’lum  davrning  ma’naviy-axloqiy  qadriyatlarini  o’zida 
aks  ettiradi.  Lekin  aynan  qonunlar  orqali  amalga  oshiriladigan  davlat    manfaatlari 
ko’p  hollarda  jamiyatning  ko’pchiligi  manfaatlariga  mos  kelavermaydi,  ayrim 
holatlarda  esa ularga  zid bo’lishi mumkin. 
Tadbirkorlikning  ma’naviy  asosi  keng  bo’lib,  ko’p  hollarda xo’jalik huquqidan 
ham  muhimroqdir.  YUqorida  nomi  keltirilgan  darslik  mualliflari  misol  tariqasida 
Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  Germaniyaning  natsistlar  rejimi  bilan  xufiyona 
operatsiyalar  o’tkazgan  shveytsar  banklari  faoliyatini  keltiradilar.  Rasmiy  tomondan 
olib  qaraganda  bunday  faoliyat  qonunga  zid  bo’lmagan,  lekin  jahon  hamjamiyati 
oldida  bu  banklar  oddiy  ma’naviy-ahloqiy  tamoyillarni  oyoq  osti  qilganlar.  Mana 
shunday  bahoni  Germaniyaning  yirik  korporatsiyalari  faoliyatiga  ham  berish 
mumkin.  Ular  ham  Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  natsistlar  tomonidan  bosib  olingan 
hududlardagi  minglab  kishilarning  mehnatidan  foydalanganlar.  Ayni  paytda,  deb 
yozadilar  darslik  mualliflari,  hozirga  kelib  mana  shu  korporatsiyalar,  bir  paytda 
jamiyatning  ma’naviy  –  ahloqiy  tamoyillarni  buzganliklarini  tan  olgan  holda, 
kishilarga   kompensatsiya to’lamoqdalar
68
.  
Darslik  mualliflari  ushbu  guruh  sabablari  doirasida  fuqarolik  jamiyati 
institutlarining  roliga  alohida  to’xtalib  o’tganlar.  Bozor  xo’jaligi  tizimining 
murakkablashuvi  natijasida  davlatning  bir  o’zi  xufiyona  iqtisodiyotga  qarshi  kurasha 
olmaydi.  Ommaviy  axborot  vositalari  tomonidan  iqtisodiy  jinoyatlarni  tekshirish  va 
fosh  etish  davlatga  xufiyona  iqtisodiyotga  qarshi  kurashda  katta  yordam  bo’lishi 
mumkin. 
Aynan  fuqarolik  jamiyati  institutlari  davlat  hokimiyatini  ochiq  va  shaffof 
faoliyat  olib  borishga  undaydilar.  Fuqarolik  jamiyati  institutlari  rivojlangan 
mamlakatlar  tajribasidan  ma’lumki,  davlatning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  siyosatining 
ochiqligi  korrupsiya    hamda  hukumat  organlari    bilan  biznes  o’rtasidagi  xufiyona 
operatsiyalarni  oldini  olishning  muhim  kafolati  bo’lib hisoblanadi.  
Va  nihoyat,  xufiyona  iqtisodiyotni  kelib  chiqish  sabablarining  oxirgi  guruhiga 
siyosiy  omillar  kiritiladi.  Ushbu  omillar  siyosiy  tizimdagi  ziddiyatlar  oqibatida 
yuzaga  keladi.  Bunda  eng  muhim,  prinsipial  masalalardan  biri    hokimiyat  bilan  yirik 
kapital  o’rtasidagi  munosabatlar  masalasidir.  Ma’lumki,  ularning  birlashishi  har 
narsaga  qodir  bo’lgan  oligarxiyani  shakllantiradi.  Bu  xufiyona  iqtisodiyotga  sifat 
jihatdan  yangi  belgilar  beradi
69

Iqtisodiyot  rivojlanishining  obyektiv  ehtiyojlari  bilan  olib  borilayotgan  davlat 
siyosati  o’rtasidagi  qarama–qarshiliklar  ham  xufiyona  iqtisodiyotning  shakllanish 
jarayoniga  jiddiy  ta’sir  ko’rsatadi.  O’tgan  asrning  20-yillarida  AQSHda  spirtli 
ichimliklarni  iste’mol  qilish  qonun  yo’li  bilan    taqiqlab  qo’yilganligi  natijasida 
                                                                 
68
  Попов  Ю.Н.,  Тарасов  М.Е.  Теневая  экономика  в  системе  рыночного  хозяйства  .  «ДЕЛО»,  «ЭКОНОМИКА». 
М., 2005,  с.24 
69
Попов  Ю.Н.,  Тарасов  М.Е.  Теневая  экономика  в  системе  рыночного  хозяйства  .  «ДЕЛО»,  «ЭКОНОМИКА». 
М., 2005,  с.24 

 
85 
xufiyona  alkogol  biznesi  rivojlanib  ketgan.  80-yillarda  shunday  holat  SSSRda  ham 
takrorlangan.  1960-yillarda  Hindistonda  hukumat  qarori  bilan  past  probali  tilla 
bilaguzuklar  ishlab  chiqarish  taqiqlanganligi  bois,  qisqa  vaqt  ichida  xufiyona 
iqtisodiyotning  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  60  foizga  yetgan. 
Hindiston  xukumati  o’ylamasdan  qabul  qilingan  qarorni  bekor  qilganidan  so’ng 
iqtisodiyot normal holatiga  qayta boshlagan
70
.  
YUqoridagilarga  xulosa  qilib,  ta’kidlash  kerakki,  xufiyona  iqtisodiyot  tovar- 
pul  munosabatlari  paydo  bo’lgan  davrdan  boshlab  shakllanib  va  rivojlanib,    ochiq 
iqtisodiyot  bilan  parallel  faoliyat  ko’rsatib  kelgan.  Ayni  paytda  uning  miqyoslari 
turlicha  bo’lgan.  SHundan  kelib  chiqib  uni  o’rganishga  bo’lgan  yondashuvlar  ham 
xilma-xil  bo’lgan. 
Tadqiqotchilarning  katta  bir  qismi  xufiyona  faoliyat  va  xufiyona  iqtisodiyotni  
o’rganishga huquqiy jihatdan yondashadilar (8 – rasm). Ushbu yondashuv tarafdorlari 
xufiyona  iqtisodiyotni  turlarga  ajratishda  qonunning  buzilishini  asosiy  mezon  qilib 
oladilar.  Xufiyona  iqtisodiyotni  ikkiga  ajratadilar:  kriminal  («qora»)  va  nokriminal 
(«kul  rang»).  Bunda  biror  bir  faoliyatni  davlatdan  yashirish  faktini  ikki  turdagi  motiv 
bilan  bog’liq,  deb  hisoblaydilar.  Birinchisi,  xo’jalik  subyektlarining  o’z  harajatlarini 
kamaytirish  (birinchi  navbatda  soliq  to’lashdan  bosh  tortish  hisobiga)  bilan  bog’liq 
bo’lsa,  ikkinchisi    faoliyatning  noqonuniy  ekanligi  bois  uni  to’xtatib  qo’yilishidan 
hadiksirash  bilan  bog’liq.  
SHunday  qilib  nokriminal  («kul  rang»)  iqtisodiyotda  daromadlar  (yoki 
xarajatlar)  yashiriladi,  kriminal  («qora»)  iqtisodiyotda  faoliyatning  o’zi  yashiriladi. 
O’z  navbatida    kriminal    iqtisodiyot  doirasida  ikkita  tarkibiy  qism  ajratiladi: 
noqonuniy (yashirin)  ishlab chiqarish faoliyati  va iqtisodiy jinoyatchilik. 
Noqonuniy  (yashirin)  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  biznes  ko’rinishida  tashkil 
etilgan,  qonun  yo’li  bilan  taqiqlangan  faoliyat  turlarini  kiritish  mumkin.  Noqonuniy 
(yashirin)  ishlab  chiqarish faoliyatiga  quyidagilarni  kiritish  mumkin: 
- qurol ishlab chiqarish va sotish; 
- narkobiznes; 
-qimor o’yinlari; 
-kontrabanda; 
-fohishabozlik  va b. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                                 
70
 Shu manba 26  –b.  
Xufyona iqtisodiyot 
 
Kriminal  («qora») 
 
Nokriminal  («kul rang») 
 
Noqonuniy iqtisodiy 
faoliyat 
 
Iqtisodiy jinoyatchilik 
 

 
86 
 
 
 
10  –  rasm.  Xufiyona  iqtisodiyotni  turlarga  ajratishga  bo’lgan  huquqiy 
yondashuv
71
 
 
Iqtisodiy  jinoyatlar  iqtisodiy  sohadagi  jinoyatlar  bo’lib,  ular  ishlab  chiqarishga 
bevosita  aloqasi  bo’lmagan  va  g’arazli  maqsadlarni  ko’zlab  qilingan  iqtisodiy 
jinoyatlardir  (ular  yaratilgan  qiymatni  qayta taqsimlash  sohasida amalga  oshadi): 
G’arazli  maqsadlarda xizmat  mansabini  suiste’mol qilish  (poraxo’rlik); 
firibgarlik 
 o’g’rilik 
ta’magirlik  (reket) va b.  
YU.N.Popov  va  M.E.Tarasovlarning  yozishicha,  kriminal  iqtisodiyotning 
ushbu  turi  iqtisodiyotga  bevosita  tegishli  bo’lmay,  jinoyatchilikning  bir  turi 
hisoblanadi.  Lekin  shu  bilan  birga  iqtisodiy  jinoyatchilik  katta  iqtisodiy  zarar 
keltiradi  va  aynan  shuning  uchun  ham  kriminal  iqtisodiyotning  bir  qismi  sifatida 
qaraladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11 – rasm.  Xufiyona  iqtisodiyotni  turlarga  ajratishga  bo’lgan  statistik  yondashuv
72
 
Bundan  tashqari,  xufiyona  iqtisodiyot  sohasi  o’zining  yuqori  daromadliligi  va 
subyektlarining  huquqni  himoya  qilish  organlariga  murojaat  qila  olmasliklari  bois, 
iqtisodiy  jinoyatchilik  uchun  yaxshi  muhit  bo’lib  hisoblanadi.  Xufiyona  iqtisodiyotni 
turlarga  ajratishga  bo’lgan  statistik  yondashuv  xufiyona  iqtisodiyotni  rasmiy 
statistikadan  yashrilgan  faoliyat  sifatida  tavsiflaydi (9-rasm).  Rasmiy iqtisodiyot – bu 
davlat  tomonidan  kuzatiladigan  va  nazorat  qilinishi  mumkin  bo’lgan  iqtisodiyot 
bo’lsa,  yashirin  yoki  norasmiy  iqtisodiyot  –  rasmiy  hisobotlarda  va  rasmiy 
shartnomalarda 
aks  ettirilmaydigan  xo’jalik  munosabatlari  yig’indisi  bo’lib 
hisoblanadi. 
                                                                 
71
  Manba:Попов  Ю.Н.,  Тарасов  М.Е.  Теневая  экономика  в  системе  рыночного  хозяйства  .  «ДЕЛО», 
«ЭКОНОМИКА».  М., 2005,  с.28 
 
72
  Manba:Попов  Ю.Н.,  Тарасов  М.Е.  Теневая  экономика  в  системе  рыночного  хозяйства  .  «ДЕЛО», 
«ЭКОНОМИКА».  М., 2005,  с.28 
 
Xufyona (norasmiy) 
iqtisodiyot 
 
Yashiriladigan 
 
Hisobga olinmaydigan 
 
Soxta 
 
Kriminal  («qora
») 
 
Nokriminal  («kul 
rang») 
 

 
87 
Real  xo’jalik  faoliyati  to’g’risidagi  ma’lumotlar  davlat  organlaridan  ongli 
ravishda,  ataylab  yashirilishi  yoki  milliy  statistika  tizimida  qamrab  olinmasligi 
mumkin.  Bundan  tashqari  soxta  iqtisodiyot  ham  mavjud  bo’lib,  unda  faoliyat  faqat 
qog’ozda amalga  oshiriladi. 
Statistik 
hisob-kitoblardan 
tadbirkorlik 
faoliyatining 
turli 
elementlari 
to’g’risidagi  ma’lumotlar  yashirilishi  yoki  ongli  ravishda  ma’lumotlarni  buzib 
ko’rsatilishi  mumkin: 
-korxonani  yashirish  (ro’yxatdan  o’tkazmasdan  yoki  litsenziya  olmasdan 
xo’jalik  faoliyatini  amalga  oshirish); 
-  xo’jalik  operatsiyalarini  yashirish  (  ularni  shartnoma  va  hisobotlarda  aks 
ettirmaslik); 
-  ishchi  kuchini  yashirin  ravishda  yollash  (ishchi  kuchini  mehnat 
shartnomalarini  rasmiylashtirmasdan  yollash);  mehnat  sharoitlari  to’g’risidagi 
ma’lumotlarni  (ish  haqi,  pensiya  va  sug’urta  to’lovlari,  texnika  xavfsizligi,  ish  vaqti 
va b.) buzib ko’rsatish; 
- daromadlarni  yashirish  (soliq to’lashdan qochish). 
YUqorida  keltirilgan  yondashuvlarni  muhim  ekanligini  tan  olgan  holda, 
“Tenevaya  ekonomika  v  sisteme  rыnochnogo  xozyaystva”  darsligining  mualliflari 
xufiyona  iqtisodiyotni  turlarga  ajratishda  kompleks  ijtimoiy-iqtisodiy  yondashuvdan 
foydalanish  zarur, degan fikrni  bildiradilar. 
Mana  shunday  yondashuv  zarurligini  asoslagan  holda,  darslik  mualliflari 
rasmiy-huquqiy  yondashuv  xufiyona  iqtisodiyotning  ijtimoiy-iqtisodiy  mazmunini 
ochib bera olmaydi va bu o’z navbatida davlat va jamiyatning unga ta’sir ko’rsatishda 
qo’llaniladigan  vositalarini  chegaralanishiga  olib keladi,  degan fikrni  bildiradilar
73
.   
                                                                 
73
 
Попов  Ю.Н.,  Тарасов  М.Е.  Теневая  экономика  в  системе  рыночного  хозяйства.  «ДЕЛО», 
«ЭКОНОМИКА».  М., 2005, с.33
 

 
88 
 
12 – rasm. Xufiyona  iqtisodiyotning  iqtisodiy faoliyat  sohalari  bo’yicha 
tasniflanishi 
 
Ularning  fikricha,  bunday  yondashuv,  yuqorida  keltirilgan  yondashuvlarga  xos 
bo’lgan  belgilarga  ega  bo’lish  bilan  birga,  ulardan  muhim  xususiyatlari  bilan  ham 
farq qiladi.  Ushbu yondashuv quyidagi  mezonlar  guruhini  o’z ichiga  oladi: 
- huquqiy; 
- statistik;   
- iqtisodiy; 
- ijtimoiy;   
- ma’naviy.   
Xufiyona  iqtisodiyotni  tasniflash  uchun  yana  bir  nechta  aniq  mezonlar  taklif 
etadilar.  Xufiyona  iqtisodiyotning  subyektlari  bo’yicha,  faoliyatning  maqsad  va 
motivlari  bo’yicha,  oqibatlari  va  zarar  miqyoslari  bo’yicha,  davlatning  javobgarlik 
darajasi  bo’yicha,  aholining  munosabati  bo’yicha  mezonlar  orqali  tasniflashni  taklif 
etadilar. 
Mutaxassislarning 
ta’kidlashlaricha, 
tadbirkorlikning 
tarkibidan, 
mulk 
shakllaridan,  keltiradigan  zarar  miqyoslaridan  kelib  chiqqan  holda  xufiyona 
iqtisodiyotni  tasniflash  ham  ahamiyatga  ega  bo’lib  hisoblanadi.  Ularning  fikricha, 
xufiyona  iqtisodiyot  agentlari  (qatnashchilari)  orasida  eng  ko’p  sonligi  kichik  biznes 
bo’lsa,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  zarar  keltirishi  bo’yicha  shubhasiz  yirik  kapital 
(oligarxlar)  birinchi  o’ringa chiqadi.  
Ishlab chiqarish sohasida 
 
Savdo sohasida 
 
Moliya – krеdit sohasida 
 
Xizmat  ko’rsatish sohasida 
 
Sog’liqni  saqlash sohasida 
 
Ta'lim  sohasida 
 
 
Faoliyat sohalari  
 

 
89 
Demak,  xufiyona  faoliyatni  oldini  olish  va  uni  ochiq  faoliyatga  aylantirish 
mamlakat  iqtisodiyotining  xavfsizligini  ta’minlaydi,  barqaror  iqtisodiy  o’sish  uchun 
imkoniyat  yaratadi.   
 
Qisqacha xulosalar 
3.Xufiyona  iqtisodiyot  rivojlangan  va  rivojlanish  bosqichida  bo’lgan 
mamlakatlar  uchun  xarakterli  bo’lib,  o’zining  miqyoslari  jihatdan  farq  qiladi. 
Taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  xufiyona  iqtisodiyot  yo’lida    to’siq  rolini  o’ynaydigan 
samarali  institutsional  mexanizm  shakllangan.  Bunda  davlat  markaziy  bo’g’in  bo’lib 
hisoblanadi.  Dunyo  tajribasidan  ma’lumki,  qaysi  mamlakatda  aholi  jon  boshiga 
to’g’ri  keladigan  daromadlar  yuqori  bo’lsa,  shu  mamlakatda    xufiyona  iqtisodiyot 
miqyoslari  kam bo’ladi.  
 
Nazorat savollari 
1. Xufiyona  iqtisodiyotning  qanday shakllari  mavjud? 
2. Xufiyona  iqtisodiyotning  shakllanishiga  qanday sabablar ta’sir ko’rsatadi? 
3.  Xufiyona  iqtisodiyot  miqyoslarini  baholashga  bo’lgan  yondashuvlar 
to’g’risida gapirib  bering. 
4. Xufiyona  iqtisodiyotni  turlarga  ajratishga   bo’lgan yondashuvlar. 
 
Adabiyotlar 
1.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
2.  Ortiqov  A.,  Isaxodjaev  A.,  SHestakov  A.  Xufiyona  iqtisodiyot.  Toshkent, 
2002. 
3.  Popov  YU.N.,  Tarasov  M.E.  Tenevaya  ekonomika  v  sisteme  rыnochnogo 
xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33 
4.  yechmakov  S.M.  Tenevaya  ekonomika.  Analiz  i  modelirovanie.  –  M.: 
Finansы i statistika,  2004 

 
90 
16-mavzu. Korrupsiya  va uning  iqtisodiy  xavfsizlikka  ta’siri 
 
“Korrupsiya”  lotincha  (sorruptio)  so’zidan  olingan  bo’lib,  buzilish  degan 
ma’noni  anglatadi.  Korrupsiya  faqat  bir  ko’rinishda  namoyon  bo’ladigan  hodisa 
bo’lmay,  u  jamiyat  hayotining  turli  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jihatlarini  qamrab 
oladi.  O’z  tabiatiga  ko’ra  turlicha  bo’lgan  yuzaga  kelish  va  qayta  tiklanish 
mexanizmlari  bilan  xarakterlanadi.   
 Korrupsiya  hodisasini  tadqiq  qilgan  barcha  tadqiqotchi  hamda  siyosatchilar 
uning  ahloqsizlik  ekanligi  va  har  qanday  mamlakatning  iqtisodiy  va  demokratik 
taraqqiyotiga  ziyon  yetkazishini  tan  oladilar.  Lekin,  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlarda  ushbu 
hodisa  jamiyat  va  iqtisodiyot  institutlari  tizimidan  tashqaridagi  “ma’naviy  jinoyat” 
sifatida  o’rganiladi.  Uning  tabiati,  funksiyalari,  jamiyat  va  iqtisodiyotga  yetkazadigan 
zararlari  to’g’risidagi  tasavvurlar  va  fikrlar  cheklanib  qolmoqda  degan  fikrlar 
mavjud. 
“Tenevaya  ekonomika  v  sisteme  rыnochnogo  xozyaystva”,  deb  nomlangan 
darslikning 
 
korrupsiya 
masalasiga 
bag’ishlangan 
qismida 
mualliflar 
N. 
Makiavellining 
korrupsiyaga 
bergan  ta’rifini  keltiradilar,  ya’ni,  kooruptsiya 
“ommaviy  imkoniyatlardan  shaxsiy  manfaatlar  yo’lida  foydalanish”ni  anglatadi
74

Hozirgi  davr  xalqaro  me’yoriy  hujjatlarida  korrupsiyaning  turlicha  talqinlari 
keltirilgan.  BMTning  korrupsiyaga  qarshi  xalqaro  kurash  to’g’risidagi  hujjatlarida, 
korrupsiyaga  shaxsiy  manfaat  uchun  davlat  hokimiyatini  suiste’mol  qilish,  deb  ta’rif 
beriladi.   
Korrupsiya 
tushunchasi 
poraxo’rlik  tushunchasidan  kengroq  ma’noni 
anglatadi.  Ushbu  tushuncha  poraxo’rlikni  (biror-bir  shaxsning  kasbi  taqozo  qiladigan 
majburiyatidan  chekinganligi  uchun  mukofot  berish)  va  nepotizm  (shaxsiy 
munosabatlar  asosida  homiylik  qilish)  hamda  shaxsiy  manfaatlar  uchun  foydalanish 
maqsadida jamoat mablag’larini  noqonuniy o’zlashtirishni  anglatadi. 
SHulardan  kelib  chiqib,  yuqorida  nomi  keltirilgan  darslik  mualliflari 
korrupsiyaga  quyidagicha  ta’rif  beradilar:  o’zi  yoki  shaxsiy  munosabatlar  yo’lga 
qo’yilgan  boshqa  shaxslar  uchun  qandaydir  ustunliklarga  ega  bo’lish  maqsadida 
tomonlarning  mustaqillik  tamoyillariga  atayin  rioya  qilmaslik.  Bunday  ta’rif 
korrupsiya  xufiyona  iqtisodiyotning  bir  ko’rinishi  sifatida  namoyon  bo’ladi,  degan 
fikrni  tasdiqlaydi. 
 “Korrupsiya 
va 
xavfsizlik”, 
deb 
nomlangan 
risola
75
 
mualliflarining 
fikrlaricha,  korrupsiya  –  xavfsizlikka  tahdid  soluvchi  hodisa  va  xufiyona 
iqtisodiyotning  ko’rinishidir.  SHuning  uchun  korrupsiyani  iqtisodiy  hodisa  sifatida 
talqin  etishda  deyarli  bahs-munozaralar  yo’q.  Uning  davlat  amaldorlarining 
poraxo’rlik  faoliyatidan  iboratligi  va  jamiyatga  katta  zarar  yetkazishini  ko’pchilik 
tadqiqotchilar  e’tirof etadilar.   
Mualliflar  poraxo’rlikni  uch  subyektli  munosabatlar,  deb  aytadilar  va  ularga 
pora  oluvchilar,  pora  beruvchilar  va  ular  o’rtasidagi  vositachilar  kiradi,  degan  fikrni 
bildiradilar.  Pora  oluvchilar  davlat  amaldorlari  bo’lsa,  uni  beruvchilar  amaldorlar 
                                                                 
74
 Попов Ю.Н.  , Тарасов  М.Е.  Теневая экономика в системе рыночного хозяйства  . «ДЕЛО», «ЭКОНОМИКА». 
М., 2005,  с.76 
75
 Qobilov Sh.R.  , Abdullaеv  N.B.  Korruptsiya va xavfsizlik.  T.:  O’zbеkiston, 2006.  6 – b. 

 
91 
marhamatiga  muhtojlardir.  Vositachilik  vazifasini  esa  ayrim  shaxslar  va  yashirin 
tashkilotlar  amalga  oshiradilar. 
Korrupsiyaning  iqtisodiy  mohiyati  va  huquqiy  baholanishida  farqlar  mavjud 
bo’lib,  iqtisodiy  jihatdan,  bu  erkin  bozor  qonun-qoidalariga  mos  kelmaganidan 
yashirincha  yuz  beradi.  Bu  munosabatda  barcha  korrupsiyalashgan  guruhning 
manfaati  uyg’unlashadi.  Amaldor  xizmatiga  talab  bo’lganidan,  u  sotadi.  Bu  yerda 
pora  yashirin  xizmat  haqi  shakliga  kiradi.  Poraxo’rlikda  ham  bozor  munosabati  bor, 
lekin  bu  tor  egoistik  manfaatga  bo’ysunuvchi  munosabat  bo’lganligi  sababli  uni 
jamiyat  tan  olmaydi,  chunki  bu  yerda  ayrim  shaxslar  yohud  guruhlar  manfaatining 
amalga  oshishi  boshqalar  manfaati  hisobidan  bo’ladi.  SHuning  uchun  buni  jamiyat 
qabul qilmaydi  va natijada  u yashirin  tus oladi. 
YUridik  qonunlarda  aks  etgan  qoidalarnigina  jamiyat  qabul  qiladi.    SHuni 
nazarda  tutib,  korrupsiyani  huquqiy  jihatdan  g’ayriqonuniy,  qonunlar  man  etadigan 
iqtisodiy  faoliyat  deb  aytish  mumkin
76
.  Korrupsiya  –  global  hodisa,  undan  zarar 
ko’rmagan  mamlakat  yo’q,  lekin  bu  mamlakatlarda  korrupsiyalashuv  darajasi  
turlicha  bo’lib, bunday holat uning  ildizlari  chuqurligidan  dalolat  beradi. 
O’rganilayotgan  muammoga  bag’ishlangan  adabiyotlarda  korrupsiyaning 
sabablari  turlicha  talqin  etiladi. 
 
13 – rasm. Korrupsiyaning  sabablari 
Ularning  obyektiv  va  subyektiv  bo’lishiga  e’tibor  berilib,  ular  orasida 
qonunchilikning 
nomukammalligi, 
demokratik 
tamoyillar 
va 
institutlarning 
rivojlanmaganligi,  davlatning  kuchsizligi  ajratiladi.  Mutaxassislarning  fikricha, 
korrupsiyaning  mavjudligini  iqtisodiy  tizimning  o’zidan  qidirish  kerak.  Korrupsiya 
iqtisodiy  hodisa  sifatida  namoyon  bo’lar  ekan,  demak  uning  iqtisodiy  ildizlarini 
topish  kerak  bo’ladi.  Bu  ildizlar  pul  munosabatlarining  o’zidadir.  Pul  universal 
to’lov  vositasi,  uni  hamma  operatsiyalar  uchun  qabul  qilinadi,  pul  boylikning 
timsoli,  boylik  to’plashning  eng  qulay  shakli.  Pulni  saqlash  xavfsiz,  uni  xohlagancha 
jamg’arish  mumkin.  Pul  likvidligi  eng  yuqori  bo’lgan  aktivdir.  Likvidlikni  esa 
pulning  qadr-qimmati  ta’minlaydi.  U  ko’zga  ko’rinmas  moliyaviy  aloqalar  o’rnatish 
imkonini  beradi.  Pulning  likvidligi  muhim  bo’lganidan,  pora  berishda  qattiq 
valyutalar  ishlatiladi,  chunki  ularning  qadri  barqaror  bo’lgani  uchun  jamg’arish 
vositasi  bo’la  oladi.  Pul  -  bozor  munosabatlarining  mahsuli,  shu  sababli  pul 
munosabatlarining  rivojlanishi  korrupsiyani  oziqlantiradi. 
                                                                 
76
Shu manba, 6 – b. 
Korruptsiyaning  sabablari 
 
Qonunchilikning 
nomukammalligi 
Dеmokratik  tamoyillar  va 
institutlarning 
rivojlanmaganligi 
 
Davlatning kuchsizligi 
 

 
92 
Natural  ishlab  chiqarish  sharoitida  poraxo’rlik  moddiy  shaklda  bo’lishi 
mumkin,  uni  ko’zdan  yashirib  bo’lmaydi.  Pul  munosabatlari  esa  yashirin  munosabat 
o’rnatish  imkonini  beradi.  SHunday  qilib,  korrupsiyaning  obyektiv  sababi  pulning 
yuksak  likvidlik  xususiyatidadir.  Bunday  xususiyat  pul  fetishizmini,  ya’ni  uni 
ilohiylashtirishni,  unga  sig’inishni  yuzaga  keltiradi,  pul  hamma  narsani  hal  qiluvchi 
kuchga  ega,  degan  tasavvurni  paydo  qiladi.  Bu  esa  ochko’zlikni  keltirib  chiqaradi, 
uni  g’ayriqonuniy  yo’l  bilan  topa  olish  imkoniyati  bor  kishilarni  korrupsiyalashgan 
kishilarga  aylantiradi.    
Bozor  tizimining  mukammal  emasligi,  uning  mexanizmlarida  uzilishlar  bo’lib 
turishi  korrupsiyaning  keng  yoyilishi  uchun  qulay  sharoit  hozirlaydi.  Demak,  bozor 
munosabatlarining  takomillashtirilishi  korrupsiyaga  qarshi  kurashning  eng  ma’qul 
yo’li  bo’lib  hisoblanadi.  Bozor  munosabatlari  rivojlangan  mamlakatlarda 
korrupsiyalashish  darajasining  boshqa  guruh  mamlakatlaridagiga  nisbatan  ancha 
pastligi  mana  shu tezisning  to’g’riligidan  dalolat  beradi. 
Korrupsiyaning  obyektiv  sabablaridan  biri  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi 
va  shunga  bog’liq  holda  biznesni  rivojlantirish  muammolarini  hal  qilish  davlat 
amaldorlariga bog’liq bo’lishidir. Davlatning iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va 
ma’muriy  usullar  orqali  yuz  beradi.  Bu  usullarning  qo’llanilishi  amaldorlar  faoliyatiga 
bog’liq. 
Davlatning  ruhsat  berish  funksiyasi  haddan  tashqari  keng  doirada  saqlanib 
qolishi  ham  korrupsiyaning  ildizlaridan  biridir.  Davlat  qo’lidagi  subsidiyalar,  soliqlar, 
imtiyozli  litsenziyalar,  kvotalar,  preferentsiyalar  va  buyurtmalar  kabi  vositalar  biznesni 
tartibga 
solib 
turishda 
qo’llaniladi.  Ulardan  kimning  bahramand  bo’lishi 
amaldorlarning  munosabatiga  bog’liq  bo’ladi.  Iqtisodiy  faoliyatdan  yaxshi  natijaga 
erishish uchun tadbirkorlar pora berish yo’li bilan amaldorlarni  sotib olish va shu orqali 
imtiyozlarga  ega  bo’lishga  intiladilar.  Davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  zarur 
ekanligi  va  ayni  vaqtda  korrupsiyani  yuzaga  keltirishi  iqtisodiyotdagi  ziddiyatli 
holatdir.  
Korrupsiyaning  kelib  chiqish  sabablarini  aniqlashda  ko’pchilik  tadqiqotchilar 
davlat  qonunlarining  nomukammalligiga  urg’u  beradilar.  Qonunlar  odatda  real 
hayotdagi  o’zgarishlardan  orqada  qoladi,  shu  sababli  ular  tez-tez  o’zgartirilib, 
to’ldirilib  turiladi.  Mukammal  hisoblangan  qonunlar  vaqt  o’tishi  bilan  nomukammal 
bo’lib  qoladi,  chunki  real  hayot  ilgarilab  ketadi.  Nomukammal  qonun  real  hayot 
talabidan  ortda  qolgan  va  kelajakni  to’liq  aks  ettirmaydigan  qonundir.  Bunday 
qonunlar yaxshi ishlamaydi,  natijada  korrupsiyaga yo’l ochiladi.   
Korrupsiyani  lobbizm  ham  keltirib  chiqaradi,  biroq,  har  qanday  lobbizm  ham 
bunga  olib  kelmaydi.  Ruhsat  berilgan,  jamiyat  tan  oladigan  lobbizm  borki,  u  ochiq 
bozor  aloqalariga  tayanadi.  Bunda  u  yoki  bu  guruh  shaxslar  yohud  firmalar 
manfaatiga  mos  keladigan,  jamiyat  uchun  zararsiz  bo’lgan  qarorlarni  davlat  idoralari 
tomonidan  qabul  qilish  zarurligini  asoslash  va  bunga  ko’maklashish  bilan  bog’liq 
lobbizm  korrupsiyani  keltirib  chiqarmaydi.  Ammo,  shu  bilan  birga,  xufiyona 
lobbistik  xizmatlar  borki,  ular  individual  va  korporativ  manfaatlarni  himoya  qilgan 
holda  boshqalar  manfaatiga  zid  ishlarning  amalga  oshirilishini  bildiradi.  SHunday 
bo’lganda g’ayriqonuniy  lobbizm paydo bo’ladi. 

 
93 
YUksak  likvidli  aktivlarning  mavjudligi  va  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi, 
demokratiya  darajasining  pastligi  korrupsiyaning  obyektiv  sabablari  bo’lsa,  aholi 
ma’naviyatining  darajasi  va  axloq-odobi,  demokratiya  qoidalariga  sodiqligidagi 
nuqsonlar  korrupsiyaning  subyektiv  sabablariga  kiradi.  Subyektiv  munosabat 
korrupsiyani  kuchaytirishi  yoki  zaiflashtirishi  mumkin,  biroq  korrupsiyani  tag-tomiri 
bilan  yo’qota  olmaydi.  CHunki  uning  ildizlari  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanish 
darajasiga  borib taqaladi. 
Korrupsiyaning  salbiy  hodisa  sifatida  xavfsizlikka  tahdid  solishi  hech  kimda 
shubha  tug’dirmaydi,  shu  sababli  davlat  idoralari  va  jamoatchilik  tashkilotlari  unga 
qarshi  kurashib  keladi.  Biroq  dunyoning  hech  bir  mamlakatida,  hatto  har  tomonlama 
yuksak 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
ham 
korrupsiya 
tugatilmagan. 
Jamiyat 
korrupsiyani  cheklab  turishi,  katta  xavf  tug’dirmaydigan  darajaga  keltirishi  mumkin. 
Unga  qarshi  kurashish  tadbirlarini  ishlab  chiqish  va  qo’llash  uchun  qaysi  soha  qay 
darajada korrupsiyalanganini  bilish  talab qilinadi.   
Korrupsiya  shunisi  bilan  xavfliki,  u  ijtimoiy  tengsizlikni  keltirib  chiqaradi, 
biznes  yuritish  xarajatlarini  oshiradi,  demak  milliy  iqtisodiyotni  raqobatbardoshligini 
pasaytiradi,  muayyan  darajada  siyosiy  beqarorlikni  keltirib  chiqaradi.  Jahon 
tajribasining  ko’rsatishicha,  o’tgan  asrning  80  –  yillari  boshida  korrupsiya, 
iqtisodiyotni  uquvsiz  boshqarish  bilan  qo’shilib,  Venesueladek  neftga  boy 
mamlakatning  to’lovga qobiliyatsiz  bo’lishiga  olib keldi. 
Korrupsiya  va  jinoyatchilikning  xavfsizlikka  soladigan  tahdidlari,  Respublika 
Prezidenti  I.Karimovning  ko’rsatishicha, quyidagilardan  iborat: 
amalga  oshirilayotgan  islohotlarga  qarshilik  ko’rsatish; 
davlatning  konstitutsiyaviy  asoslarini  yemirish; 
jamiyatning  ma’naviy-axloqiy  asoslarini  yemirish; 
jamiyat  a’zolarining  fuqarolik  mavqeini  yo’qqa  chiqarish,  islohotlar  g’oyasini 
obro’sizlantirish; 
pul orqali hokimiyatni  qo’lga olishga  intilish; 
nopok  yo’llar  bilan  boylik  orttirish.  Bunday  kimsalar  adolatli  jazodan  qo’rqib, 
hamma  ishni  qilishga,  hatto  vaziyatni  beqarorlashtirishga,  ommaviy  tartibsizliklarni 
keltirib  chiqarishga shay turadilar; 
jinoiy  usullar  bilan  boylik  orttirgan  kimsalarni  "demokratiya"  uchun  jafo 
chekkan  kurashchilar  deb  ko’rsatish.  Bunday  shaxslar  avvaliga  o’z  xalqini  aldab, 
kapital  to’playdi,  keyin  demokratiya  va  adolatni  ro’kach  qilgan  holda  siyosiy  obro’ 
orttiradi.  Sir  emaski,  bunday  shaxslar  o’z  manfaatlari  yo’lida  respublikadagi 
vaziyatga  ta’sir  ko’rsatishga  urinayotgan  tashqi  kuchlarga  xizmat  qilishga  hamisha 
tayyor turadilar. 
Jahon  xo’jalik  aloqalariga  faol  integratsiyalashuv,  chet  el  investitsiyalari  va 
tadbirkorlarini  iqtisodiy  o’zgarishlar  jarayoniga  tortishga  qarshilik  ko’rsatish.  Bu 
holat  chet  ellik  sheriklarda  ishonchsizlik  uyg’otishi  natijasida  mamlakat  g’oyat 
muhim  kapital  mablag’lar  manbaidan,  texnologiyalar  va  tajribalardan,  jahon  iqtisodiy 
tizimining  sog’lom, "sof" qismiga  qo’shilish imkoniyatidan  mahrum  bo’ladi
77

                                                                 
77
Karimov  I.A. Xavfsizlik  va barqaror taraqqiyot  yo’lida. T. : 1998.  88-95  – b. 

 
94 
O’zbekistonda  korrupsiyaning  kuchayib  ketishini  oldini  olishga  qaratilgan 
chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  davlatning  muhim  vazifalaridan  biri  sifatida  
belgilanmoqda.  Masalan,  "2005-yilda  iqtisodiyotimizni  isloh  qilishning  eng  muhim 
yo’nalishlari  sifatida  davlat  va  nazorat  tuzilmalarining  korxonalar,  moliya-xo’jalik 
subyektlari  hamda  tadbirkorlikning  iqtisodiy  erkinligi  va  huquqlarini  sezilarli  darajada 
kengaytirish  bo’yicha  salmoqli  ishlar  amalga  oshirildi.  Tekshiruvlar  soni  2001 
yildagiga nisbatan 2,5 baravardan ko’proq kamaydi. Ruhsat berish bilan bog’liq 12 ta 
protsedura  (taomil)  bekor  qilindi.  Hisobot  ma’lumotlarini  noqonuniy  talab  qilganlik 
uchun javobgarlik  kuchaytirildi"
78

SHuni  ham  alohida  ta’kidlash  kerakki,  respublikada  qabul  qilingan  Inqirozga 
qarshi  choralar  dasturida  2009-yilning  1-yanvaridan  sanoat  sohasida  faoliyat 
ko’rsatayotgan  kichik  korxonalar  uchun  yagona  soliq  to’lov  stavkasi  8  foizdan  7 
foizga  kamaytirildi,  moliyaviy,  maishiy  va  boshqa  xizmatlarni  ko’rsatayotgan 
mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  yagona  soliq  to’lovidan  3  yil  muddatga  ozod 
etildi.  Bunda  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar,  nodavlat  xo’jalik  yurituvchi 
subyektlarni  oladigan  dividendlarining  investitsiyalarga,  avval  olingan  kreditlar 
uchun  hisob-kitob  qilishga  yo’naltiriladigan  qismi  5  yil  muddatga  soliqdan  ozod 
etildi. 
SHuningdek,  Inqirozga  qarshi  choralar  dasturida  2009-yilda  xo’jalik  yurituvchi 
subyektlarni  tekshirishlar  sonini kamida  yana 30 foizga  kamaytirish  ko’zda tutildi.   
SHu  o’rinda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  “Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va 
choralari”  asaridan  quyidagilarni  keltirib  o’tish  kerak  bo’ladi:  “Ayni  paytda  joylarda 
vazifada  o’tirgan  amaldorlar  xususiy  tadbirkorlikni  qo’llab-quvvatlash  o’rniga,  kichik 
bo’lsa-da,  o’z  ishi,  o’z  biznesini  tashkil  etishga  intilayotgan  odamlarga  turli  yo’llar 
bilan  to’sqinlik qilayotganiga  mutlaqo toqat qilib  bo’lmaydi. 
O’z  biznesini  tashkil  etish  yoki  kengaytirishni  istagan  tadbirkorlar  qurilishga 
ruhsat  olish,  kadastr  orqali  rasmiylashtirish  uchun  oylab  yugurayotganiga,  loyihalarni 
ishlab  chiqish,  hujjatlarni  rasmiylashtirish,  binolar  ijarasi  uchun  asossiz  ravishda  katta 
miqdorda  pul  to’layotganiga  qanday  chidash  mumkin.  Bunday holatlarga prokuratura 
organlari  qanday  qarayapti”.  SHundan  kelib  chiqib  Vazirlar  Mahkamasiga  bir  oy 
muddatda 
kichik 
biznesni 
yanada 
qo’llab-quvvatlash  bo’yicha  me’moriy-
loyihalashtirish  vazifalarini  ishlab  chiqish,  loyiha  hujjatlarining  ekspertiza  qiymatini 
kamaytirish,  kichik  biznes  uchun  ekologik  ekspertizaning  soddalashtirilgan  tartibini 
joriy  etish  va  uni  amalga  oshirish  uchun  tariflarni  pasaytirish  yuzasidan  tegishli 
chora-tadbirlar  ko’zda tutilgan  qaror loyihasini  taqdim etish topshirildi
79
.   
Bundan  tashqari  kadastr  hujjatlarini  rasmiylashtirish,  shuningdek,  davlat  mulki 
bo’lgan  inshootlar  uchun  ijara  haqi  to’lash  bo’yicha  tariflarni  kamaytirish  masalasini 
ham ko’rib chiqish zarurligi  ta’kidlandi.   
                                                                 
78
 Karimov  I.A. Erishilgan  yutuqlarni mustahkamlab,  yangi marralar  sari izchil  harakat qilishimiz  lozim.  Г Xalq  so’zi. 
2006,  11  fеvral 
79
Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy  –  iqtisodiy  inqirozi,  O’zbеkiston  sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. 
T.:  O’zbеkiston, 2009,  53 – b. 
 

 
95 
Korrupsiyaning  global  muammoga  aylana  boshlaganligi  jahon  hamjamiyatini 
unga  qarshi  kurashda  hamkorlik  qilishga  undadi.  2003-yilning  31-  dekabrida  
Avstriyaning  Vena  shahrida  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Bosh  assambleyasi 
tomonidan    BMTning  korrupsiyaga  qarshi  Xalqaro  konvensiyasi  ma’qullandi.  SHu 
yilning  dekabr  oyining  boshlarida  Meksikaning  Merida  shahrida  jahonning  100  dan 
ortiq 
mamlakatlari 
ushbu 
konvensiyani 
imzoladilar. 
Ushbu 
hujjatning 
muqaddimasida  aytilganidek,  "korrupsiya  endilikda  cheklangan  doiradagi  (lokal) 
muammo  emas,  balki  barcha  mamlakatlar  jamiyati  va  iqtisodiyotiga  daxldor  bo’lgan 
transmilliy  muammoga  aylandi.  Bu  esa  korrupsiyaning  oldini  olish  va  unga  qarshi 
kurash  sohasida  xalqaro  hamkorlikning  nihoyatda  katta  ahamiyatga  ega  ekanligini 
belgilaydi"
80

Jahon  banki  va  Xalqaro  valyuta  fondining  hujjatlarida  korrupsiyaning  ikkita 
turi  ko’rsatib o’tilgan:  “ma’muriy” va  “davlatni  egallab  olish”. 
Korrupsionerlar  guruhi  “davlatni  egallab  olganda"  milliy  xavfsizlikka  ichki 
tahdid  kuchayadi,  chunki  bunda  davlat  siyosatini  tor  doiradagi  xudbin  manfaatlarga 
bo’ysundirish kelib  chiqadi. 
"Davlatni  egallab  olish"  deganda,  davlat  yoki  xususiy  sektor  vakillari  bo’lgan 
ayrim  shaxslar,  guruhlar  yoki  kompaniyalarning  o’z  manfaatlari  yo’lida  qonunlar, 
nizomlar,  farmonlar  hamda  davlat  siyosatining  boshqa  vositalari  shakllanishiga  ta’sir 
ko’rsatish maqsadida amalga  oshiradigan  harakatlaridir. 
Bunday  xatti-harakatlarning  o’lchovi  sifatida  "davlatning  sotilish  indeksi" 
qo’llaniladi.  Mazkur  ko’rsatkich  parlament  qabul  qilgan  qonunlar,  hukumat  qarorlari, 
davlat  rahbarining  farmonlari,  hukumat  tuzgan  dasturlarning  ayrim  shaxslar  va 
ijtimoiy  guruhlarning  xudbin  korporativ  manfaatiga  qanchalik  qaratganligini 
bildiradi.  Bu ko’rsatkich qanchalik  past bo’lsa, davlat shunchalik  "toza" hisoblanadi. 
Xalqaro  ekspertlar  olib  borgan  tadqiqotlar  natijalariga  ko’ra,  MDH 
mamlakatlari  orasida  O’zbekiston  eng  "toza"  hisoblanadi.  Bu  yerda  2000-yilga  kelib, 
davlatning  sotilish  indeksi  1,0  ga  teng  bo’lib,  bu  eng  past,  ya’ni  eng  yaxshi 
ko’rsatkich hisoblanadi, chunki boshqa bir qator mamlakatlarda bu indeks 5,5 ga teng 
bo’lgan. 
Korrupsiyani  jilovlash  uchun  qonunlar  yaxshi  ishlashi  talab  etiladi. 
Qonunlarning  yaxshi  ishlashi  ularning  yuridik  samaradorligini    belgilaydi.  Ushbu 
ko’rsatkich  O’zbekistonda  2001-yilda  2,0  ga  teng  bo’lib,  boshqa  mamlakatlar  bilan 
qiyoslanganida o’rtacha ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich eng yuqori, ya’ni 4,0 
ga  teng  bo’lgan  mamlakatlar  jumlasiga  Vengriya,  Ruminiya,  Polsha,  Bolgariya, 
CHexiya  va Estoniya kirgan
81
.   
Ma’muriy  korrupsiya  qonun-qoidalarini  bajarish  jarayoniga  atayin  buzilishlar 
kiritilishini 
bildiradi. 
Korrupsiyaning  ushbu  turi  firmalar  va  kompaniyalar 
daromadining  pora berish uchun sarflanadigan  hissasi bilan  o’lchanadi. 
SHarqiy  Yevropa  mamlakatlarda  bu  ko’rsatkich  o’rtacha  –  2,2  foiz 
(Vengriyada  –  1,7  foiz,  Polshada  –  1,6  foiz),  MDXda  –  3,7  foiz  (Rossiyada  –  2  ,8 
foiz)ni  tashkil  etgan.   
                                                                 
80
Ахмеджонов  А. Коррупция и ее влияние  на экономику.// Экономическое обо зрение. №7.  2004.  с. 32 
81
Qobilov Sh.R.  , Abdullaеv  N.B.  Korruptsiya va xavfsizlik.  T.:  O’zbеkiston.  2006.  21  – b. 

 
96 
Korrupsiya  shakllari  xilma-xil  bo’lib,  ularga  pora  olishdan  tortib  amaldor 
xizmat 
vazifasini 
suiiste’mol 
qilib, 
jamiyat 
mablag’larini 
noqonuniy 
o’zlashtirishigacha  kiradi.  Biznesda  eng  ko’p  uchraydigan  va  eng  ko’p  tarqalgan 
korrupsiya  shakli  import  va  eksport  litsenziyalari,  valyuta  nazorati,  soliqlarni 
baholash,  imtiyozlar  berish,  kreditlar  olish  bilan  bog’liq  ravishda  g’ayriqonuniy 
to’lovlar va pora talab qilishdir. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov    «O’zbekiston  XXI  asr 
bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari» 
asarida  korrupsiya  va  jinoyatchilik  xavfsizlikka  soladigan  tahdidlarni  keltirib  o’tgan. 
Asarda  ta’kidlanishicha,  siyosiy  jihatdan  olib  qaralganda,  korrupsiya  amalga 
oshirilayotgan  islohotlarga  qarshilik  ko’rsatish  ifodasidir.  Mamlakatda    jinoyatchilik 
va  korrupsiyaning  avj  olishi  davlatning  konstitutsiyaviy  asoslarini  yemiradi, 
fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  jiddiy  tarzda  buzilishiga  olib  keladi,    jamiyatning 
ma’naviy-ahloqiy  asoslarini  yemiradi,  jamiyat  a’zolarining  fuqarolik  mavqeini 
yo’qqa chiqaradi. 
Jinoiy  tuzilmalarning  davlat  organlari  amaldorlari  bilan  chatishib  ketishi, 
ularning  turli  hokimiyat  tarmoqlariga  kirib  olishi  jamoatchilik  nazdida    fuqarolarning 
himoyasizligi  hissini  kuchaytiradi.  Davlatning  o’zini  obro’sizlantiradi.  Nopok  yo’l 
bilan  boylik  orttirganlar  jazodan  qutilib  qolish  va  o’zlarining  jinoiy  sarmoyalarini 
himoya  qilish  uchun  hamma  ishni  qilishga,  hatto  vaziyatni  beqarorlashtirishga, 
ommaviy  tartibsizliklarni  keltirib  chiqarishga shay turadilar.   
Jinoiy  usullar  bilan  boylik  va  mo’may  pul  orttirgan  kimsalar  o’z  xalqlari  va 
mamlakatlarining  taqdiriga,  ozodlik  va  mustaqillik  ideallariga  mutlaqo  befarq 
qaraydilar. 
Jahon  xo’jalik  aloqalariga  faol  integratsiyalashuv,  chet  el  investitsiyalari  va 
tadbirkorlarini 
iqtisodiy 
o’zgarishlar 
jarayoniga 
tortish 
sharoitida  
korrupsiyachilarining 
xatti-harakatlari 
nafaqat  mamlakatdagi  halol  fuqarolarni 
tadbirkorlikdan  chetlatadi,  balki  chet ellik  sheriklarda  ishonchsizlik  uyg’otadi 
82
.  
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin