Termiz davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix06.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31769
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
iqtisodiy xavfsizlik


 
Qisqacha xulosalar 
 
Korrupsiya  faqat  bir  ko’rinishda  namoyon  bo’ladigan  hodisa  bo’lmay,  u 
jamiyat  hayotining  turli  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jihatlarini  qamrab  oladi. 
Korrupsiya  shakllari  xilma-xil  bo’lib,  ularga  pora  olishdan  tortib  amaldor  xizmat 
vazifasini  suiiste’mol  qilib,  jamiyat  mablag’larini  noqonuniy  o’zlashtirishigacha 
kiradi. 
Nazorat savollari 
 
1.  “Korrupsiya” iborasi nimani  anglatadi? 
2.  Korrupsiyaning  kelib  chihish  sabablari nimada? 
3.  Korrupsiya  va  jinoyatchilikning  xavfsizlikka  soladigan  tahdidlari 
nimalardan  iborat? 
                                                                 
82
 Karimov  I.A. «O’zbеkiston XXI  asr bo’sag’asida: xavfsizlikka  tahdid, barqarorlik  shartlari va taraqqiyot  kafolatlari». 
– T.:  “O’zbеkiston”, 1997,  88-92-b. 
 

 
97 
 
Asosiy  adabiyotlar 
 
4.  1.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
5.  2.  Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya 
vuzov. – SPb. Piter 2007.  
6.  3.  Grigorev  L.,  M.Ovchinnikov.  Korruptsiya  kak  prepyatstvie 
modernizatsii  (institutsionalnыy  podxod)  //  Voprosы  ekonomiki.  №2, 
2008, s.44 – 59 
7.  4.  Gureev  S.    CHto  izvestno  o  korruptsii  v  Rossii  i  mojno  li  s  ney 
borotsya? //Voprosы ekonomiki.  №1, 2007, s.11 – 18 
8.  5.  Popov  YU.N.,  Tarasov  M.E.  Tenevaya  ekonomika  v  sisteme 
rыnochnogo xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17-mavzu. Xufiyona  iqtisodiyot  va korrupsiya  miqyoslarini 
kamaytirishda  davlatning  roli 
Tarixiy  tajribalardan  ma’lumki  xufiyona  iqtisodiyot  xo’jalik  mexanizmining 
tarkibiy  qismi  bo’lib  hisoblanadi.  Lekin,  uning  miqyoslarini  haddan  tashqari 
kengayib  ketishini  oldini  olish  vazifasi  aynan  davlatning  zimmasiga  tushadi. 
Xufiyona  faoliyatga    davlat  tomonidan  ta’sir  etish  masalasi,  ayniqsa,  jamiyatning  bir 
formatsiyadan boshqasiga o’tish davrlarida,  inqirozlar  paytida dolzarb bo’lib boradi.  

 
98 
CHunki  aynan  shunday  davrlarda  uning  miqyoslarini  kengayib  ketishiga  sabab 
bo’ladigan  omillar  ta’siri  kuchayib  boradi.  Masalan,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish 
davrida  amalga  oshiriladigan  iqtisodiy  islohotlar  natijasida  katta  korxonalar  bozorda 
o’z  o’rnini  topa  olmay  yopilib  ketishi  yoki  mayda  korxonalarga  bo’linib  ketishi  
mumkin.  Bulardan  tashqari yangi  korxonalar ham vujudga  kelishi  mumkin. 
O’zbekistonda  ijtimoiy  yo’naltirilgan,  ochiq  bozor  munosabatlariga  o’tishning 
mashhur  besh  tamoyilining  biri  bo’lgan  davlatning  bosh  islohotchi  ekanligi 
to’g’risidagi 
tamoyilga 
asoslanilganligi 
respublikada 
xufiyona 
iqtisodiyot 
miqyoslarini  haddan tashqari kengayib  ketishini  oldini  olishda muhim  omil  bo’ldi.  
Respublika  Prezidenti  I.  Karimovning  “Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi, 
O’zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari”  asarida 
ta’kidlanganidek  mashhur  besh  tamoyilga  asoslangan  ijtimoiy  yo’naltirilgan  erkin 
bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  modeli  yildan-yilga  ilgarilab  borganimiz  sari  o’zini 
amalda  oqlab,  naqadar  to’g’ri  va  puxta  ekanini  isbotladi.  “Birinchi  navbatda 
iqtisodiyotning  mafkuradan  xoli  bo’lishi,  iqtisodiyotning  siyosatdan  ustunligida  o’z 
ifodasini  topgan  pragmatik  iqtisodiy  siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o’z 
zimmasiga  olishi,  qonun  ustuvorligini  ta’minlash,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  olib  borish, 
islohotlarni  bosqichma-bosqich  va  vazminlik  bilan  amalga  oshirish  kabi  tamoyillar, 
ayniqsa,  dunyoda  avj  olib  borayotgan  moliyaviy  va  iqtisodiy  inqiroz  sharoitida 
o’zining  dolzarbligi  va  hayotiyligini  yana  bir  bor  ko’rsatmoqda.  Bugungi  kunda 
mamlakatimizni, 
avvalo, 
iqtisodiyotimizni 
isloh 
etish, 
erkinlashtirish 
va 
modernizatsiya  qilish,  uning  tarkibiy  tuzilishini  diversifikatsiya  qilish  borasida 
amalga  oshirilayotgan,  har  tomonlama  asosli  va  chuqur  o’ylangan  siyosat  bizni 
inqirozlar  va  boshqa  tahdidlarning  salbiy  ta’siridan  himoya  qiladigan  kuchli  to’siq, 
aytish mumkinki,  mustahkam  va ishonchli  himoya vositasini  yaratdi”
83

Lekin,    jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi    u  yoki  bu  darajada  respublika 
iqtisodiyotiga  ham  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  SHuning  uchun  ham  davlat 
iqtisodiyotda  kechadigan  barcha  jarayonlarni  nazardan  qochirmasligi  kerak  bo’ladi. 
Xufiyona  iqtisodiyot  miqyoslarini  kengayib  ketishini  oldini  olish  chora-  tadbirlarini 
amalga  oshirish  davlat  tomonidan  tartibga  solish  borasidagi  bir  yo’nalish  sifatida 
e’tiborda bo’lishi kerak.  
Xufiyona  faoliyatga    davlat  tomonidan  ta’sir  etish  usullari  turlicha  bo’lib,  
adabiyotlarda quyidagi  usullar  ajratib  ko’rsatiladi: 
-  monetar  usul. Bunda xufiyona hisob-kitoblarda faqat naqd pul mablag’laridan 
foydalanish  to’g’risidagi  gipotezaga    asoslaniladi  (naqd  pul  massasining  harakati 
dinamikasi  xufiyona  iqtisodiyot hajmlari  to’g’risida fikr yuritishga  imkon beradi); 
-  daromad  va  xarajatlar  balansi  usuli.  Bunda  deklaratsiya  qilinadigan 
daromadlar  xarajatlar  summasi  hamda  tovar  va  xizmatlar  iste’molining  real  hajmlari 
bilan  taqqoslanadi; 
-  ish  bilan  bandlikning  tahlili.  hisobga  olinmagan  ishsizlik  darajasining  uzoq 
vaqt  saqlanib  qolishi  xufiyona  sektorda  band  bo’lish  imkoniyatlarining  mavjudligidan 
dalolat  beradi.  (ro’yxatga  olinmagan  ishsizlarning  soni  xufiyona  iqtisodiyot 
hajmlaridan  dalolat beradi); 
                                                                 
83
 Karimov I. A. Jahon moliyaviy  – iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. 
T.:  O’zbеkiston, 2009,  31 – b. 

 
99 
-  texnologik  koeffitsientlar    usuli.  Bu  usul  xarajatlarning  texnologik 
koeffitsientlari  asosida    mahsulot  ishlab  chiqarishning  real  hajmlari  to’g’risida 
ma’lumotlar  olish imkonini  beradi; 
-  uy  xo’jaliklari  va  korxonalar  rahbarlari  orasida  so’rovlar  o’tkazish.  Bu 
xufiyona  sektor hajmini  ekspert baholash imkonini  beradi
84

Adabiyotlarda  xufiyona  faoliyatga    davlat  tomonidan  ta’sir  etishning  bir nechta 
yo’nalishlari  mavjudligi  ta’kidlanadi.  Bulardan  birinchisi  mamlakatni  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlantirish  davlat  strategiyasi  bo’lib,  u  milliy  xo’jalik  modelining  asosiy 
parametrlarini  belgilaydi.  Xufiyona  iqtisodiyot  miqyoslarini  kengayib  ketishini  oldini 
olish borasidagi strategiyaning  muhim  elementlari  quyidagilardan  iborat: 
- xufiyona  iqtisodiyotni  minimumga  yetkazish  – eng asosiy strategik  maqsad;  

halol 
raqobat 
asosida 
milliy 
iqtisodiyotni 
asosiy  makroiqtisodiy 
parametrlarini  shakllantirish; 
- monopoliyaga qarshi samarali  siyosat olib borish; 
-  xufiyona  iqtisodiyotning  yo’l  qo’yilishi  mumkin  bo’lgan  miqyoslarini 
belgilash. 
Xufiyona  faoliyatga    davlat  tomonidan  ta’sir  etishning  boshqa  yo’nalishlari 
ham mavjud  bo’lib, ularga  quyidagilar  kiradi. 
Mukammal  xo’jalik  huquqini  shakllantirish  halol  faoliyat  olib  borish  uchun 
ma’lum  rag’batlarni  yaratadi. 
Mamlakatda  aholi  turmush  darajasini  oshirishga  va  kam  ta’minlanganlarni 
muhofaza qilishga  qaratilgan   ijtimoiy  siyosat olib borish. 
Biznes  bilan  bo’ladigan  munosabatlar.  Bunda  davlat  hokimiyatini  xususiy 
biznes bilan   o’zaro munosabatlarida   asosiy tamoyillarga  rioya qilish  ko’zda tutiladi. 
Davlatning  jazolash  funksiyalaridan  foydalanish.  Bunday  funksiya    davlatning 
kriminal  iqtisodiyotga qarshi kurashi  bilan  bog’liq. 
Davlatning  tarbiyaviy  funksiyasini  qo’llash.  Bu  ta’lim  tizimi  va  ommaviy 
axborot  vositalari  orqali  amalga  oshiriladi.  Uning  muhim  elementlariga  quyidagilar 
kiradi:  qonunlarga  itoat  etish  madaniyatini  shakllantirish,  zo’ravonlik,  narkobiznes, 
fohishabozlik,  pornografiyani  qoralash,  jamiyatning  ma’naviy-ahloqiy  tamoyillari 
asosida milliy  g’oyani shakllantirish.   
Fuqarolik  jamiyati  institutlari  bilan  hamkorlikni  amalga  oshirish.  Bunda  oila, 
diniy  tashkilotlar,  o’z-o’zini  boshqarish  organlari,  mehnat  jamoalari,  turli  ijtimoiy 
tashkilotlar,  ommaviy  axborot  vositalari,  ijodiy  uyushmalar  kabi  ijtimoiy  institutlar 
bilan  hamkorlik  aloqalarini  mustahkamlash  ko’zda tutiladi. 
Xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlikni  yo’lga  qo’yish  ham  xufiyona 
iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatishning  bir yo’nalishi  hisoblanadi. 
Xufiyona  faoliyatga    davlat  tomonidan  ta’sir  etishning  mana  shu  
yo’nalishlarini  samarali  amalga  oshirish  mamlakatda  bunday  iqtisodiyotning 
miqyoslarini  kamaytirishga  xizmat  qiladi. 
 
Qisqacha xulosalar 
                                                                 
84
 
Попов  Ю.Н.,  Тарасов  М.Е.  Теневая  экономика  в  системе  рыночного  хозяйства  .  «ДЕЛО», 
«ЭКОНОМИКА».  М., 2005, с.45
 
 

 
100 
 
Korrupsiya  amalga  oshirilayotgan  islohotlarga  qarshilik  ko’rsatish  ifodasi 
bo’lib,  uning  avj  olishi  davlatning  konstitutsiyaviy  asoslarini  yemiradi,  fuqarolarning 
huquq  va  erkinliklari  buzilishiga  olib  keladi,    jamiyatning  ma’naviy-  ahloqiy 
asoslarini  yemiradi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.  Respublika  Prezidenti  I.Karimovning  «O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida: 
xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  asarida 
keltirilgan  korrupsiya  va  jinoyatchilik  xavfsizlikka  soladigan  tahdidlarni 
aytib bering. 
2.  O’zbekistonda 
korrupsiyaga 
qarshi 
kurashda 
qanday 
tamoyillarga 
asoslanildi? 
 
Asosiy  adabiyotlar 
 
3.  1.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
4.  2. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya  bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. – SPb. 
Piter 2007.  
5.  3.  Grigorev  L.,  M.Ovchinnikov.  Korruptsiya  kak  prepyatstvie  modernizatsii 
(institutsionalnыy  podxod) // Voprosы ekonomiki. №2, 2008, s.44 – 59 
6.  4.  Gureev  S.    CHto  izvestno  o  korruptsii  v  Rossii  i  mojno  li  s  ney  borotsya? 
//Voprosы ekonomiki.  №1, 2007, s.11 – 18 
7.  5.  Popov  YU.N.,  Tarasov  M.E.  Tenevaya  ekonomika  v  sisteme  rыnochnogo 
xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33 
 
 
18-mavzu.   O’zbekistonda  korrupsiyaga  qarshi  kurashning  qonuniy 
va me’yoriy  asoslari 
2003-yilning  31-dekabrida    Avstriyaning  Vena  shahrida  Birlashgan  Millatlar 
Tashkilotining  Bosh  assambleyasi  tomonidan    BMTning korrupsiyaga qarshi Xalqaro 
konvensiyasi  ma’qullandi.    2008-yilning    7-iyulida  O’zbekiston  Respublikasining 
“Birlashgan  millatlar  tashkilotining  korrupsiyaga  qarshi  konvensiyasiga  O’zbekiston 
Respublikasining 
qo’shilishi  to’g’risida”gi  qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur 
konvensiyaning  maqsadlari  quyidagilarda  namoyon bo’ladi: 
birinchidan,  korrupsiyani  oldini  olishda  va  unga  qarshi  kurashishning  yanada 
samraliroq  va amaliyroq   choralarini  kuchaytirish  va qabul qilishda  hamjihatlik; 
ikkinchidan,  korrupsiyani  oldini  olish  va  unga  qarshi  kurashish  bilan  birgalikda 
aktivlarni  qaytarish  choralarini  ko’rishda  xalqaro  hamkorlik  va  texnik  yordamlarni 
qo’llab-quvvatlash, yengillashtirish  va rag’batlantirish; 
uchinchidan,  ommaviy  ishlar  va  ommaviy  mulkni  boshharishda  halollik, 
beg’arazlik  va mas’uliyatni  rag’batlantirish. 

 
101 
Bundan  tashqari,  respublikada  boshqa  bir    qator  hujjatlar  ham  qabul  qilindiki, 
hozirda ularda belgilangan  qoidalarga amal  qilib  kelinmoqda.   
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1991-yil  25-oktabrdagi 
270-sonli  qarorida  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  haqidagi  Nizomga 
muvofiq,  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligining  asosiy  vazifalari 
belgilandi: 
- respublika ichki  ishlar  organlari  ishining  strategik  yo’nalishlarini  belgilash; 

ichki 
ishlar 
organlari 
faoliyatiga 
umumiy 
rahbarlik 
qilish, 
uni 
muvofiqlashtirish,  ularga  tashkiliy-metodik  yordam  berish  va  ular  faoliyatining 
samaradorligini  ta’minlash; 
-  ichki  ishlar  organlari,  ichki  ishlar  vazirligi  korxonalari,  muassasalari  va 
tashkilotlari  tizimining  faoliyatida  qonuniylikni,  fuqarolarning  huquqlari,  erkinliklari 
va qonuniy manfaatlarini  ta’minlash; 
- ichki  qo’shinlarning  jangovar  va safarbarlik  tayyorgarligini  ta’minlash; 
-  jamoat  xavfsizligini  ta’minlash  va  jamoat  tartibini  saqlash,  jinoyatchilikka 
qarshi kurash ishlarini  tashkil  etish; 
-  fan  va  texnika  yutuqlarini,  ijobiy  tajribani,  boshharuvning  progressiv  shakllari 
va ish usullarini  joriy  etish; 
- ichki  ishlar  organlari  faoliyatining  huquqiy asoslarini  ishlab  chiqish; 
-  ichki  ishlar  organlarida  kadrlar  bilan  ishlashning  yuqori  saviyada  bo’lishini 
ta’minlash; 
- ichki  ishlar  organlari  xodimlarini  ijtimoiy  kafolatlashni  ta’minlash;   
-  uyushgan  jinoyatchilik  va  poraxo’rlikka  (korrupsiya)  qarshi  kurash  ishlarini 
ta’minlash. 
O’zbekiston  Respublikasining  1992-yil  9-dekabrdagi  746-XII  sonli  Prokuratura 
to’g’risidagi  qonunining  46-moddasida  Prokuratura  organlari  ichki  xavfsizligini 
ta’minlovchi  inspeksiya  tuzilishi  ta’kidlangan.   
Prokuratura  organlari  ichki  xavfsizligini  ta’minlovchi  inspeksiya  prokuratura 
organlari  xodimlari  tomonidan  sodir  etilgan  xizmat  mavqeini  suiiste’mol  qilish, 
korrupsiya  va  egallab  turgan  lavozimiga  noloyiq  boshqa  nojo’ya  xatti-harakatlar 
to’g’risidagi ma’lumotlar  bo’yicha xizmat  tekshiruvini  o’tkazadi.  
Prokuratura  organlari  ichki  xavfsizligini  ta’minlovchi  inspeksiya  o’z  faoliyatini 
qonun hujjatlariga  muvofiq amalga  oshiradi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  11-maydagi 
“Xususiy  mulk  va  tadbirkorlikni  korrupsiya,  reket  va  uyushgan  jinoyatchilikning 
boshqa  turlaridan  himoya  qilishning  tashkiliy  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qarori 
e’lon  qilindi.  Unga  muvofiq  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitlarida  uyushgan 
jinoyatchilikka  va  korrupsiyaga  qarshi  samarali  kurash  olib  borish,  reket  va 
poraxo’rlik  hollariga  barham  berish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki ishlar 
vazirligi,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi,  viloyatlar  Ichki  ishlar 
boshqarmalari  va  Toshkent  shahar  Ichki  ishlar  bosh  boshqarmasi  tuzilmalarida 
korrupsiya,  reket  va  terrorchilikka  qarshi  kurash  boshqarmalari  tashkil  etish 
belgilangan. 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1998-yil  2-martdagi  “1997-
yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  yakunlari,  iqtisodiy  isloxotlarning  borishini 

 
102 
baholash  va  1998  yilda  iqtisodiy  islohotlarning  asosiy  yo’nalishlari  to’g’risida”gi 
qarorida  1998  yilda  respublikani  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  ustuvor 
yo’nalishlaridan  biri  etib  korrupsiyaga  qarshi  kurashni  kuchaytirish  belgilangan. 
Mazkur  qarorning  12–bandida  O’zbekiston  Respublikasi  Prokuraturasi,  Ichki  ishlar 
vazirligi,  Adliya  vazirligi,  Davlat  bojxona  qo’mitasi,  Davlat  soliq  qo’mitasi  hamda 
Oliy  sudi  korrupsiyaga,  uyushgan  jinoyatchilikka  va  boshqa  salbiy hodisalarga qarshi 
kurashishni  kuchaytirish  to’g’risidagi  qonunchilik  hujjatlarining  bajarilishi  yuzasidan 
ta’sirchan  va  qattiq  chora-tadbirlar ko’rish, ushbu ishni respublika huquqni muhofaza 
qilish  barcha  organlarining  ustuvor  vazifalari  deb  hisoblash,  shuningdek,  huquqni 
muhofaza  qilish  organlari  xodimlarini  attestatsiyadan  o’tkazishni  amaliyotga  joriy 
etish  vazifasi  belgilangan.  Ushbu  maqsadlarda  prokuratura,  militsiya,  adliya,  bojxona 
va  soliq  qo’mitalari  tizimlarida  kadrlarni  attestatsiyadan  o’tkazish  va  ko’rsatib 
o’tilgan  organlar  xodimlari  safining  tozaligiga  rioya  etish  bo’yicha  maxsus 
inspeksiyalar  tashkil  qilish  ko’zda  tutilgan  edi.  Bundan  tashhari,  O’zbekiston 
Respublikasi  Prokuraturasiga  boshqa  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  bilan 
birgalikda  korrupsiyaga,  uyushgan  jinoyatchilikning  boshqa  turlariga  qarshi  kurashni 
kuchaytirish  chora-tadbirlari  Dasturlarini  ishlab chiqish topshirilgan  edi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  5-maydagi  180- 
sonli  qarorida  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  to’g’risida  Nizom 
tasdiqlandi.  Ushbu  Nizomning  8.9-bandiga  muvofiq,  o’z  xavfsizligini,  rejimni 
ta’minlash  va  davlat  soliq  xizmati  organlarida  korrupsiya  hollarining  oldini  olish 
uchun: 
-  soliq  organlari  mansabdor  shaxslari  tomonidan  harazli  maqsadlarda  soliq 
to’lovchilarga  nisbatan  g’ayriqonuniy  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan  hollarni 
aniqlaydi  va ularga  barham beradi; 
-  soliq  organlarida  korrupsiya  hollarini  aniqlashga,  ularning  oldini  olish  va 
ularga  barham  berishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqadi,  tashkil  etadi  va 
ularni  amalga  oshirishda qatnashadi; 
-  soliq  organlarida  korrupsiya  hollari  to’g’risidagi  axborotni  umumlashtiradi  va 
tahlil  qiladi,  profilaktika  chora-tadbirlarini  amalga  oshiradi; 
-  soliq  organlari  tizimida  korrupsiya  rivojlanishiga  olib  keluvchi  sabablar  va 
shart-sharoitlarni  bartaraf etish chora-tadbirlarini  ko’radi; 
-  soliq  organlari  xodimlari  xizmat  vazifalarini  bajarayotganda  ularni  noqonuniy 
tajovuzlardan  himoya  qilishni  ta’minlash  yuzasidan  kompleks  chora-tadbirlarni  ishlab 
chiqadi va amalga  oshiradi; 
-  davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  soliq  haqidagi  qonunlarga  rioya 
etilishini  nazorat qiladi; 
-  qonun  hujjatlariga  muvofiq  soliq  to’lovchi  to’g’risidagi  ma’lumotlarning  sir 
saqlanishiga  rioya etish ishlarini  tashkil  etishlari  ko’rsatiladi. 
2006-yilda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    “Moliya-iqtisodiy,  soliq 
sohasidagi  jinoyatlarga,  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirishga 
qarshi  kurashishni  kuchaytirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qaroriga  muvofiq 
O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi  Soliq,  valyutaga  oid 
jinoyatlarga  va  jinoiy  daromadlarni  legallashtirishga  qarshi  kurashish  departamenti 
tashkil  etildi.  Ushbu  departament  to’g’risidagi  Nizomda  Departamentning  asosiy 

 
103 
vazifalari  etib  quyidagilar  belgilangan:  davlat  soliq  siyosati  amalga  oshirilishini 
ta’minlash,  soliqqa  tortish  bazasini  kengaytirish,  soliq  to’lovchilarning  qamrab 
olinishi  va  hisobini  to’liqligini  ta’minlash,  soliqlarni  to’lashdan  bo’yin  tovlash, 
qochish  mumkin  bo’lgan  kanallari  va  mexanizmlarini,  "xufiyona"  iqtisodiyotning 
shakllanishi  yo’llarini,  korrupsiya holatlarini  o’z vaqtida aniqlash  va bartaraf etish.  
Respublikada  korrupsiyani  oldini  olish  borasida  ko’rilgan  samarali  chora  – 
tadbirlar  natijasida  juda  ko’p  qonunbuzarliklarning  oldi  olindi  va  davlat  hamda 
jamiyat  manfaatlari  himoya  qilindi. 
O’zbekiston  Milliy  axborot  agentligining  ma’lumotlariga  ko’ra,  2003-yilda 
O’zbekistonda  soliq  va  valyuta  qonunchiligini  buzish  faktlari  yuzasidan  12  mingdan 
ziyod  ma’muriy  ish  qo’zg’atilgan.  Tezkor  tadbirlar  o’tkazish  natijasida  200 dan ortiq 
soxta  firmalar  faoliyati  ochib  tashlandi,  ular  100  mlrd.  so’mdan  ziyod  tovar 
aylanishini  yashirganliklari  aniqlandi.  Mamlakatga  noqonuniy  yo’l  bilan  tovar 
keltirish  va  uni  ichki  bozorda  sotish  bilan  bog’liq  4  mingdan  ko’proq  qonunbuzarlik 
holatlari  aniqlandi.  Qonunbuzarlarga  qarashli  4,14  mlrd.  so’mlik  tovar-moddiy 
boyliklar  musodara  etildi.  Bundan  tashqari,  mingga  yaqin  davlat  ro’yxatidan 
o’tmagan yashirin  sexlar faoliyati  tugatildi. 
SHunday  qilib,  O’zbekistonda  mustaqillik  yillarida  korrupsiyaga  va  xufiyona 
iqtisodiyotga  qarshi  kurash  uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladigan  qonuniy  va  me’yoriy 
baza  yaratildi  va  qonuniy  hujjatlarning  barchasi  xalqaro  me’yorlarga    moslashtirildi. 
Bu  o’z  navbatida  o’tish  davrida  korrupsiya  va  xufiyona  iqtisodiyotning  miqyoslarini 
oldini  olish  imkonini  berdi.  Bu  esa  mamlakatda  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy 
barqarorlikni  qaror  topishi  va  iqtisodiy  xavfsizlikni    ta’minlash  uchun  mustahkam 
zamin  yaratdi. 
 
 
 
Qisqacha xulosalar 
 
Mustaqillik  yillarida  O’zbekiston  Respublikasida  korrupsiyaga  qarshi  kurash 
borasida  bir  qator  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Respublikada    qisqa  davr  ichida 
korrupsiyani  oldini  olish,  unga  qarshi  kurash  uchun    qonuniy  va  me’yoriy  asoslar 
yaratildi.  Qonun va me’yoriy hujjatlar  xalqaro me’yorlardan kelib  chiqib ishlandi.   
 
Nazorat savollari 
 
1.  Respublikada  korrupsiyaga  qarshi  kurash  borasida  qanday  hujjatlar  qabul 
qilindi? 
2.  Korrupsiyaga qarshi kurashda soliq organlarining  roli  va o’rni qanday? 
3.  Soliq  organlaridan  tashqari  yana  qanday  tashkilot  korrupsiyaga  qarshi 
kurash olib boradi? 
 
Asosiy  adabiyotlar 
 

 
104 
1.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
2.  Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya  vuzov.  – 
SPb. Piter 2007.  
3.  Grigorev  L.,  M.Ovchinnikov.  Korruptsiya  kak  prepyatstvie  modernizatsii 
(institutsionalnыy  podxod) // Voprosы ekonomiki. №2, 2008, s.44 – 59 
4.  Gureev  S.    CHto  izvestno  o  korruptsii  v  Rossii  i  mojno  li  s  ney  borotsya? 
//Voprosы ekonomiki.  №1, 2007, s.11 – 18 
5.  Popov  YU.N.,  Tarasov  M.E.  Tenevaya  ekonomika  v  sisteme  rыnochnogo 
xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33 
 
 

 
105 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin