Qisqacha xulosalar
Korrupsiya faqat bir ko’rinishda namoyon bo’ladigan hodisa bo’lmay, u
jamiyat hayotining turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini qamrab oladi.
Korrupsiya shakllari xilma-xil bo’lib, ularga pora olishdan tortib amaldor xizmat
vazifasini suiiste’mol qilib, jamiyat mablag’larini noqonuniy o’zlashtirishigacha
kiradi.
Nazorat savollari
1. “Korrupsiya” iborasi nimani anglatadi?
2. Korrupsiyaning kelib chihish sabablari nimada?
3. Korrupsiya va jinoyatchilikning xavfsizlikka soladigan tahdidlari
nimalardan iborat?
82
Karimov I.A. «O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari».
– T.: “O’zbеkiston”, 1997, 88-92-b.
97
Asosiy adabiyotlar
4. 1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997
5. 2. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya
vuzov. – SPb. Piter 2007.
6. 3. Grigorev L., M.Ovchinnikov. Korruptsiya kak prepyatstvie
modernizatsii (institutsionalnыy podxod) // Voprosы ekonomiki. №2,
2008, s.44 – 59
7. 4. Gureev S. CHto izvestno o korruptsii v Rossii i mojno li s ney
borotsya? //Voprosы ekonomiki. №1, 2007, s.11 – 18
8. 5. Popov YU.N., Tarasov M.E. Tenevaya ekonomika v sisteme
rыnochnogo xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33
17-mavzu. Xufiyona iqtisodiyot va korrupsiya miqyoslarini
kamaytirishda davlatning roli
Tarixiy tajribalardan ma’lumki xufiyona iqtisodiyot xo’jalik mexanizmining
tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Lekin, uning miqyoslarini haddan tashqari
kengayib ketishini oldini olish vazifasi aynan davlatning zimmasiga tushadi.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etish masalasi, ayniqsa, jamiyatning bir
formatsiyadan boshqasiga o’tish davrlarida, inqirozlar paytida dolzarb bo’lib boradi.
98
CHunki aynan shunday davrlarda uning miqyoslarini kengayib ketishiga sabab
bo’ladigan omillar ta’siri kuchayib boradi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o’tish
davrida amalga oshiriladigan iqtisodiy islohotlar natijasida katta korxonalar bozorda
o’z o’rnini topa olmay yopilib ketishi yoki mayda korxonalarga bo’linib ketishi
mumkin. Bulardan tashqari yangi korxonalar ham vujudga kelishi mumkin.
O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan, ochiq bozor munosabatlariga o’tishning
mashhur besh tamoyilining biri bo’lgan davlatning bosh islohotchi ekanligi
to’g’risidagi
tamoyilga
asoslanilganligi
respublikada
xufiyona
iqtisodiyot
miqyoslarini haddan tashqari kengayib ketishini oldini olishda muhim omil bo’ldi.
Respublika Prezidenti I. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida
ta’kidlanganidek mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo’naltirilgan erkin
bozor iqtisodiyotiga o’tish modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari o’zini
amalda oqlab, naqadar to’g’ri va puxta ekanini isbotladi. “Birinchi navbatda
iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo’lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o’z
ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o’z
zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish,
islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar,
ayniqsa, dunyoda avj olib borayotgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sharoitida
o’zining dolzarbligi va hayotiyligini yana bir bor ko’rsatmoqda. Bugungi kunda
mamlakatimizni,
avvalo,
iqtisodiyotimizni
isloh
etish,
erkinlashtirish
va
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida
amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni
inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq,
aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi”
83
.
Lekin, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi u yoki bu darajada respublika
iqtisodiyotiga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. SHuning uchun ham davlat
iqtisodiyotda kechadigan barcha jarayonlarni nazardan qochirmasligi kerak bo’ladi.
Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini kengayib ketishini oldini olish chora- tadbirlarini
amalga oshirish davlat tomonidan tartibga solish borasidagi bir yo’nalish sifatida
e’tiborda bo’lishi kerak.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etish usullari turlicha bo’lib,
adabiyotlarda quyidagi usullar ajratib ko’rsatiladi:
- monetar usul. Bunda xufiyona hisob-kitoblarda faqat naqd pul mablag’laridan
foydalanish to’g’risidagi gipotezaga asoslaniladi (naqd pul massasining harakati
dinamikasi xufiyona iqtisodiyot hajmlari to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi);
- daromad va xarajatlar balansi usuli. Bunda deklaratsiya qilinadigan
daromadlar xarajatlar summasi hamda tovar va xizmatlar iste’molining real hajmlari
bilan taqqoslanadi;
- ish bilan bandlikning tahlili. hisobga olinmagan ishsizlik darajasining uzoq
vaqt saqlanib qolishi xufiyona sektorda band bo’lish imkoniyatlarining mavjudligidan
dalolat beradi. (ro’yxatga olinmagan ishsizlarning soni xufiyona iqtisodiyot
hajmlaridan dalolat beradi);
83
Karimov I. A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.
T.: O’zbеkiston, 2009, 31 – b.
99
- texnologik koeffitsientlar usuli. Bu usul xarajatlarning texnologik
koeffitsientlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmlari to’g’risida
ma’lumotlar olish imkonini beradi;
- uy xo’jaliklari va korxonalar rahbarlari orasida so’rovlar o’tkazish. Bu
xufiyona sektor hajmini ekspert baholash imkonini beradi
84
.
Adabiyotlarda xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning bir nechta
yo’nalishlari mavjudligi ta’kidlanadi. Bulardan birinchisi mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish davlat strategiyasi bo’lib, u milliy xo’jalik modelining asosiy
parametrlarini belgilaydi. Xufiyona iqtisodiyot miqyoslarini kengayib ketishini oldini
olish borasidagi strategiyaning muhim elementlari quyidagilardan iborat:
- xufiyona iqtisodiyotni minimumga yetkazish – eng asosiy strategik maqsad;
-
halol
raqobat
asosida
milliy
iqtisodiyotni
asosiy makroiqtisodiy
parametrlarini shakllantirish;
- monopoliyaga qarshi samarali siyosat olib borish;
- xufiyona iqtisodiyotning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqyoslarini
belgilash.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning boshqa yo’nalishlari
ham mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi.
Mukammal xo’jalik huquqini shakllantirish halol faoliyat olib borish uchun
ma’lum rag’batlarni yaratadi.
Mamlakatda aholi turmush darajasini oshirishga va kam ta’minlanganlarni
muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy siyosat olib borish.
Biznes bilan bo’ladigan munosabatlar. Bunda davlat hokimiyatini xususiy
biznes bilan o’zaro munosabatlarida asosiy tamoyillarga rioya qilish ko’zda tutiladi.
Davlatning jazolash funksiyalaridan foydalanish. Bunday funksiya davlatning
kriminal iqtisodiyotga qarshi kurashi bilan bog’liq.
Davlatning tarbiyaviy funksiyasini qo’llash. Bu ta’lim tizimi va ommaviy
axborot vositalari orqali amalga oshiriladi. Uning muhim elementlariga quyidagilar
kiradi: qonunlarga itoat etish madaniyatini shakllantirish, zo’ravonlik, narkobiznes,
fohishabozlik, pornografiyani qoralash, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy tamoyillari
asosida milliy g’oyani shakllantirish.
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish. Bunda oila,
diniy tashkilotlar, o’z-o’zini boshqarish organlari, mehnat jamoalari, turli ijtimoiy
tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar kabi ijtimoiy institutlar
bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ko’zda tutiladi.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish ham xufiyona
iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatishning bir yo’nalishi hisoblanadi.
Xufiyona faoliyatga davlat tomonidan ta’sir etishning mana shu
yo’nalishlarini samarali amalga oshirish mamlakatda bunday iqtisodiyotning
miqyoslarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Qisqacha xulosalar
84
Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в системе рыночного хозяйства . «ДЕЛО»,
«ЭКОНОМИКА». М., 2005, с.45
100
Korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko’rsatish ifodasi
bo’lib, uning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning
huquq va erkinliklari buzilishiga olib keladi, jamiyatning ma’naviy- ahloqiy
asoslarini yemiradi.
Nazorat savollari
1. Respublika Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
keltirilgan korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidlarni
aytib bering.
2. O’zbekistonda
korrupsiyaga
qarshi
kurashda
qanday
tamoyillarga
asoslanildi?
Asosiy adabiyotlar
3. 1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997
4. 2. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. – SPb.
Piter 2007.
5. 3. Grigorev L., M.Ovchinnikov. Korruptsiya kak prepyatstvie modernizatsii
(institutsionalnыy podxod) // Voprosы ekonomiki. №2, 2008, s.44 – 59
6. 4. Gureev S. CHto izvestno o korruptsii v Rossii i mojno li s ney borotsya?
//Voprosы ekonomiki. №1, 2007, s.11 – 18
7. 5. Popov YU.N., Tarasov M.E. Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo
xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33
18-mavzu. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning qonuniy
va me’yoriy asoslari
2003-yilning 31-dekabrida Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan BMTning korrupsiyaga qarshi Xalqaro
konvensiyasi ma’qullandi. 2008-yilning 7-iyulida O’zbekiston Respublikasining
“Birlashgan millatlar tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O’zbekiston
Respublikasining
qo’shilishi to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur
konvensiyaning maqsadlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
birinchidan, korrupsiyani oldini olishda va unga qarshi kurashishning yanada
samraliroq va amaliyroq choralarini kuchaytirish va qabul qilishda hamjihatlik;
ikkinchidan, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bilan birgalikda
aktivlarni qaytarish choralarini ko’rishda xalqaro hamkorlik va texnik yordamlarni
qo’llab-quvvatlash, yengillashtirish va rag’batlantirish;
uchinchidan, ommaviy ishlar va ommaviy mulkni boshharishda halollik,
beg’arazlik va mas’uliyatni rag’batlantirish.
101
Bundan tashqari, respublikada boshqa bir qator hujjatlar ham qabul qilindiki,
hozirda ularda belgilangan qoidalarga amal qilib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi
270-sonli qarorida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi Nizomga
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari
belgilandi:
- respublika ichki ishlar organlari ishining strategik yo’nalishlarini belgilash;
-
ichki
ishlar
organlari
faoliyatiga
umumiy
rahbarlik
qilish,
uni
muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy-metodik yordam berish va ular faoliyatining
samaradorligini ta’minlash;
- ichki ishlar organlari, ichki ishlar vazirligi korxonalari, muassasalari va
tashkilotlari tizimining faoliyatida qonuniylikni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
- ichki qo’shinlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash;
- jamoat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka
qarshi kurash ishlarini tashkil etish;
- fan va texnika yutuqlarini, ijobiy tajribani, boshharuvning progressiv shakllari
va ish usullarini joriy etish;
- ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini ishlab chiqish;
- ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlashning yuqori saviyada bo’lishini
ta’minlash;
- ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy kafolatlashni ta’minlash;
- uyushgan jinoyatchilik va poraxo’rlikka (korrupsiya) qarshi kurash ishlarini
ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 746-XII sonli Prokuratura
to’g’risidagi qonunining 46-moddasida Prokuratura organlari ichki xavfsizligini
ta’minlovchi inspeksiya tuzilishi ta’kidlangan.
Prokuratura organlari ichki xavfsizligini ta’minlovchi inspeksiya prokuratura
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeini suiiste’mol qilish,
korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo’ya xatti-harakatlar
to’g’risidagi ma’lumotlar bo’yicha xizmat tekshiruvini o’tkazadi.
Prokuratura organlari ichki xavfsizligini ta’minlovchi inspeksiya o’z faoliyatini
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi
“Xususiy mulk va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning
boshqa turlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori
e’lon qilindi. Unga muvofiq bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida uyushgan
jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish, reket va
poraxo’rlik hollariga barham berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar
boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmalarida
korrupsiya, reket va terrorchilikka qarshi kurash boshqarmalari tashkil etish
belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-martdagi “1997-
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari, iqtisodiy isloxotlarning borishini
102
baholash va 1998 yilda iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi
qarorida 1998 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvor
yo’nalishlaridan biri etib korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish belgilangan.
Mazkur qarorning 12–bandida O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar
vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi, Davlat soliq qo’mitasi hamda
Oliy sudi korrupsiyaga, uyushgan jinoyatchilikka va boshqa salbiy hodisalarga qarshi
kurashishni kuchaytirish to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi yuzasidan
ta’sirchan va qattiq chora-tadbirlar ko’rish, ushbu ishni respublika huquqni muhofaza
qilish barcha organlarining ustuvor vazifalari deb hisoblash, shuningdek, huquqni
muhofaza qilish organlari xodimlarini attestatsiyadan o’tkazishni amaliyotga joriy
etish vazifasi belgilangan. Ushbu maqsadlarda prokuratura, militsiya, adliya, bojxona
va soliq qo’mitalari tizimlarida kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish va ko’rsatib
o’tilgan organlar xodimlari safining tozaligiga rioya etish bo’yicha maxsus
inspeksiyalar tashkil qilish ko’zda tutilgan edi. Bundan tashhari, O’zbekiston
Respublikasi Prokuraturasiga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan
birgalikda korrupsiyaga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashni
kuchaytirish chora-tadbirlari Dasturlarini ishlab chiqish topshirilgan edi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-
sonli qarorida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom
tasdiqlandi. Ushbu Nizomning 8.9-bandiga muvofiq, o’z xavfsizligini, rejimni
ta’minlash va davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya hollarining oldini olish
uchun:
- soliq organlari mansabdor shaxslari tomonidan harazli maqsadlarda soliq
to’lovchilarga nisbatan g’ayriqonuniy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hollarni
aniqlaydi va ularga barham beradi;
- soliq organlarida korrupsiya hollarini aniqlashga, ularning oldini olish va
ularga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va
ularni amalga oshirishda qatnashadi;
- soliq organlarida korrupsiya hollari to’g’risidagi axborotni umumlashtiradi va
tahlil qiladi, profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- soliq organlari tizimida korrupsiya rivojlanishiga olib keluvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi;
- soliq organlari xodimlari xizmat vazifalarini bajarayotganda ularni noqonuniy
tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab
chiqadi va amalga oshiradi;
- davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq haqidagi qonunlarga rioya
etilishini nazorat qiladi;
- qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchi to’g’risidagi ma’lumotlarning sir
saqlanishiga rioya etish ishlarini tashkil etishlari ko’rsatiladi.
2006-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq
sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid
jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
tashkil etildi. Ushbu departament to’g’risidagi Nizomda Departamentning asosiy
103
vazifalari etib quyidagilar belgilangan: davlat soliq siyosati amalga oshirilishini
ta’minlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq to’lovchilarning qamrab
olinishi va hisobini to’liqligini ta’minlash, soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlash,
qochish mumkin bo’lgan kanallari va mexanizmlarini, "xufiyona" iqtisodiyotning
shakllanishi yo’llarini, korrupsiya holatlarini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish.
Respublikada korrupsiyani oldini olish borasida ko’rilgan samarali chora –
tadbirlar natijasida juda ko’p qonunbuzarliklarning oldi olindi va davlat hamda
jamiyat manfaatlari himoya qilindi.
O’zbekiston Milliy axborot agentligining ma’lumotlariga ko’ra, 2003-yilda
O’zbekistonda soliq va valyuta qonunchiligini buzish faktlari yuzasidan 12 mingdan
ziyod ma’muriy ish qo’zg’atilgan. Tezkor tadbirlar o’tkazish natijasida 200 dan ortiq
soxta firmalar faoliyati ochib tashlandi, ular 100 mlrd. so’mdan ziyod tovar
aylanishini yashirganliklari aniqlandi. Mamlakatga noqonuniy yo’l bilan tovar
keltirish va uni ichki bozorda sotish bilan bog’liq 4 mingdan ko’proq qonunbuzarlik
holatlari aniqlandi. Qonunbuzarlarga qarashli 4,14 mlrd. so’mlik tovar-moddiy
boyliklar musodara etildi. Bundan tashqari, mingga yaqin davlat ro’yxatidan
o’tmagan yashirin sexlar faoliyati tugatildi.
SHunday qilib, O’zbekistonda mustaqillik yillarida korrupsiyaga va xufiyona
iqtisodiyotga qarshi kurash uchun asos bo’lib xizmat qiladigan qonuniy va me’yoriy
baza yaratildi va qonuniy hujjatlarning barchasi xalqaro me’yorlarga moslashtirildi.
Bu o’z navbatida o’tish davrida korrupsiya va xufiyona iqtisodiyotning miqyoslarini
oldini olish imkonini berdi. Bu esa mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
barqarorlikni qaror topishi va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun mustahkam
zamin yaratdi.
Qisqacha xulosalar
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash
borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikada qisqa davr ichida
korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurash uchun qonuniy va me’yoriy asoslar
yaratildi. Qonun va me’yoriy hujjatlar xalqaro me’yorlardan kelib chiqib ishlandi.
Nazorat savollari
1. Respublikada korrupsiyaga qarshi kurash borasida qanday hujjatlar qabul
qilindi?
2. Korrupsiyaga qarshi kurashda soliq organlarining roli va o’rni qanday?
3. Soliq organlaridan tashqari yana qanday tashkilot korrupsiyaga qarshi
kurash olib boradi?
Asosiy adabiyotlar
104
1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997
2. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. –
SPb. Piter 2007.
3. Grigorev L., M.Ovchinnikov. Korruptsiya kak prepyatstvie modernizatsii
(institutsionalnыy podxod) // Voprosы ekonomiki. №2, 2008, s.44 – 59
4. Gureev S. CHto izvestno o korruptsii v Rossii i mojno li s ney borotsya?
//Voprosы ekonomiki. №1, 2007, s.11 – 18
5. Popov YU.N., Tarasov M.E. Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo
xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33
|