Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari


-§. Mehnat shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish



Yüklə 154 Kb.
səhifə3/9
tarix14.06.2023
ölçüsü154 Kb.
#130274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-hafta

2-§. Mehnat shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish
19. Mehnat shartlarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi.
20. Xodim bir necha kasb va lavozimdagi ishlarni mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda belgilangan ish vaqti davomida bajaradi.
21. Bir necha kasb va lavozimda ishlash muayyan yoki nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin. Kelishilgan muddat tugaganidan soʻng bir necha kasb va lavozimda ishlash haqida mazkur xodim bilan belgilangan shartlar bekor qilinadi. Bir necha kasb va lavozimda ishlash va uni bekor qilish mehnat shartnomasida aks ettiriladi va oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Mehnat shartnomasi faqat Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha va unda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
23. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish niyatida ekanligi haqida ikki hafta oldin ariza bilan ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirishi shart. Ogohlantirish muddati ariza roʻyxatga olingan sanadan qatʼi nazar, ariza berilgan kunning ertasidan boshlanadi. Xodim tomonidan berilgan ariza u berilgan kun va keyingi kundan kechiktirmay oliy taʼlim muassasasi rektoriga taqdim etiladi.
Xodimning arizasi uzrli sabablarga koʻra ishni davom ettirishning imkoni yoʻqligi bilan bogʻliq boʻlsa, u berilgan kunda oliy taʼlim muassasasi rektori (rektor boʻlmaganda uning oʻrnini bosuvchi shaxs)ga taqdim etiladi.
Quyidagilar uzrli sabablar jumlasiga kiradi: harbiy xizmatni oʻtash;
oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilinganlik; pensiyaga chiqqanlik;
saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanish yoki yuqori turuvchi idoralar nomenklaturasi (lavozimlar roʻyxati)ga kiruvchi lavozimlarga tayinlanish;
xodim yoki uning parvarishiga muhtoj boʻlgan yaqin qarindoshlari sogʻligining TMEK yoki TMK tomonidan berilgan tibbiy xulosaga muvofiq holati;
ushbu lavozimda ishlashni davom ettirishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi boshqa uzrli sabablar.
24. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida istalgan vaqtda, jumladan, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik davri, taʼtil, xizmat safari davrida ariza berishga haqli. Sanab oʻtilgan ana shu davrlarning barchasi mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddati davriga kiritiladi.
Ogohlantirish muddati davrida mehnat shartnomasining shartlari taraflar tomonidan odatdagi tartibda bajarilishi davom ettiriladi.
25. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek, muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra uning muddati tugashidan oldin bekor qilishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
oliy taʼlim muassasasi faoliyatida mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmi qisqarganda yoxud tegishli tarkibiy boʻlinmalar tugatilganda;
xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolganda; xodim oʻz mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganda (avval mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojoʻya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi);
xodim oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganda;
oʻrindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga koʻra oʻrindoshlik ishi cheklanishi sababli oʻrindoshlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
xodim pensiya yoshiga toʻlganda; qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud boʻlganda.
26. Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan taʼtillarda boʻlgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, muassasa butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
27. Mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan bir marta qoʻpol buzishga quyidagilar kiradi: ijro intizomini buzish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼatining qarorlari, buyruqlari va koʻrsatmalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda taʼminlamaganlik); ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik (ishda uzrli sabablarsiz ish kuni mobaynida uzluksiz yoki ishda boʻlmagan vaqtni jamlab hisoblaganda 3 (uch) soatdan koʻproq vaqt boʻlmaganlik), professor-oʻqituvchilar uchun dars jadvaliga koʻra bir ish kuni mobaynida dars jadvalida belgilangan dars mashgʻulotlarini oʻz vaqtida boshlamaslik yoki ishtirok etmaslik;
ishga alkogolli ichimlik, giyohvandlik (psixotrop) moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida kelish; oliy taʼlim muassasasining mol-mulkiga zarar yetkazish yoki uni turli xil usullar bilan talon-taroj qilish (shu jumladan, oʻgʻirlash);
xodim tomonidan mansab (xizmat) vazifasi (vakolati)ni suiisteʼmol qilishi (lavozimi boʻyicha berilgan vakolatlardan xizmat manfaatlariga zid ravishda foydalanish) va gʻayriaxloqiy koʻrinishdagi, oliy taʼlim muassasasi xodimi degan nomga dogʻ tushiruvchi xatti-harakatlarni sodir etish; xotin-qizlarga tegajogʻliq qilish, shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar sodir etish, tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik qilish, huquqlarini boshqacha tarzda poymol qilish; asossiz yoki gʻayriaxloqiy xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetning ishchanlik obroʻsi va manfaatlariga putur yetkazish yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarni sodir etish; muassasa xodimlarining, jumladan, oʻzining hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan tarzda texnika xavfsizligi, sanitariya qoidalarini qoʻpol ravishda buzish; xodimlar tomonidan vazifalarini bajarishda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarini qoʻpol ravishda buzish, yaʼni xodim: uni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga koʻndirish maqsadida biror-bir shaxs oʻziga murojaat etganligiga doir barcha hollar toʻgʻrisida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga oʻxshash huquqbuzarliklarning oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan har qanday faktlari haqida oʻz rahbarlari, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etmasligi; oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini koʻzlagan holda muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita oʻzi yoki vositachi orqali pul, qimmatli qogʻozlar, moddiy boyliklar, sovgʻalar, ssudalar, mulkiy mohiyatga molik boʻlgan xizmatlar olishi; boʻysunuvidagi xodimning noqonuniy qarorlar qabul qilish yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etishga majbur etishi;
xizmat koʻrsatilishi uchun fuqarolarga belgilangan toʻlovlardan mansabidan foydalangan holda ozod boʻlish orqali mulkiy foyda olishi yoki boshqacha tarzda imtiyozlarga ega boʻlishga qaratilgan harakatga yoʻl qoʻyishi;
boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, jumladan, mansab yoki xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq hamda korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida tegishli tarkibiy boʻlinma rahbariga xabar bermasligi; muassasa tomonidan oʻtkazilayotgan oʻrganish (tekshirish) guruhi rahbari oʻrganish (tekshirish)da qatnashayotgan xodimlar tomonidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq xabar kelib tushgan taqdirda bu haqida yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yetkazmasa hamda salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish choralarini koʻrmasa; xodimning ongli ravishda vazirlik tizimida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirishi yoki oʻz vaqtida toʻliq oshkor qilmasligi natijasida xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligiga olib kelsa yoki oliy taʼlim muassasasining qonuniy manfaatlari buzilsa.
28. Ish beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 27-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining oliy taʼlim muassasasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi roziligini olmasdan bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno. Kasaba uyushmasi qoʻmitasining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish masalasi boʻyicha qabul qilgan qarori haqida ish beruvchiga yozma ravishda xabar berishi kerak, bunday xabar ish beruvchining yozma taqdimnomasi olingan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida maʼlum qilinadi. Ish beruvchi kasaba uyushmasi qoʻmitasining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
29. Mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Shu kuni oliy taʼlim muassasasi xodimga uning mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq nusxasini beradi hamda u bilan hisob-kitob qilinadi.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin