Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari


-bob. Binolar ichidagi tartib



Yüklə 154 Kb.
səhifə6/9
tarix14.06.2023
ölçüsü154 Kb.
#130274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-hafta

5-bob. Binolar ichidagi tartib
61. Oʻquv binolarini zarur jihozlar (mebel, oʻquv uskunalari va boshqalar) bilan taʼminlanishi uchun oliy taʼlim muassasasining moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori masʼul hisoblanadi.
62. Bino ichiga kirish xizmat ruxsatnomalari, elektron ruxsatnoma, vaqtinchalik ruxsatnoma va talabalik guvohnomalari hamda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
63. Ish vaqti tugagandan soʻng xona va auditoriyalarning kaliti bino xavfsizligini taʼminlovchi oliy taʼlim muassasasiga biriktirilgan qoʻriqlash xizmati xodimiga maxsus jurnalga imzo qoʻyish orqali topshiriladi.
64. Bino xavfsizligini taʼminlovchi oliy taʼlim muassasasiga biriktirilgan qoʻriqlash xizmati xodimi ish vaqti tugagandan soʻng yongʻin va texnika xavfsizligini taʼminlash maqsadida elektr yoritkichlar oʻchirilganligi, deraza va eshiklar qulflanganligi, xodim va talabalarning oʻz vaqtida binodan chiqib ketganligini tekshirib chiqadi.
6-bob. Ish va oʻqishdagi yutuqlari uchun ragʻbatlantirish
65. Xodimlar quyidagi shakllarda ragʻbatlantiriladi:
davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻgʻrisida boʻysunuvchi vazirlik, idora yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taklif kiritish; mehnat faoliyatida alohida oʻrnak koʻrsatayotganligi uchun faxriy yorliqlar va boshqa turdagi mukofotlarga tavsiya etish;
oliy taʼlim muassasasi faoliyat samaradorligiga munosib hissa qoʻshib belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib kelayotgan xodim va talabalarni oliy taʼlim muassasasi rektorining faxriy yorligʻi hamda turli nominatsiyadagi diplomlari bilan taqdirlash; yubiley sanalari munosabati bilan moddiy ragʻbatlantirish, sovgʻalar berish; kasb bayrami munosabati bilan bir yoʻla beriladigan mukofotlar;
bayram sanalari munosabati bilan beriladigan mukofotlar va boshqa shakllardagi ragʻbatlantirish choralari.
66. Ish haqi, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnatga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar mazkur Qoidalarda belgilangan ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
67. Talabalar oʻqishda yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi, ilmiy-tadqiqot ishlari va oliy taʼlim muassasasi ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi: tashakkurnoma eʼlon qilish; pul mukofoti yoki qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlash; faxriy yorliq, darajali va turli nominatsiyali diplomlar bilan taqdirlash. Shu bilan birga, talabalarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblari, shuningdek, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (ota-onasining vafoti, nogironligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda boʻlgan bir martalik ragʻbatlantirish yoki moddiy yordam toʻlovi berilishi mumkin.
68. Talabalarni ragʻbatlantirish oliy taʼlim muassasasining yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, fakultet dekanlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi taqdimnomasi yoki tavsiyanomasi, Stipendiya komissiyasi qarori asosida oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.


Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin