Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari


-bob. Mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish



Yüklə 154 Kb.
səhifə2/9
tarix14.06.2023
ölçüsü154 Kb.
#130274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-hafta

2-bob. Mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish
1-§. Mehnat shartnomasini tuzish
3. Xodim bilan universitet oʻrtasidagi mehnat munosabatlari ular oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida vujudga keladi.
4. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlar:
doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan manzili koʻrsatilgan pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat; mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilarga tegishli harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma; qonun hujjatlariga muvofiq bajarilishiga faqat maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslargina qoʻyilishi mumkin boʻlgan ishga kirish vaqtida ishga kiruvchining oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtini bitirganlik toʻgʻrisidagi diplomi, mazkur ishni bajarish huquqini beruvchi guvohnoma (chet davlatlar hududida olingan diplom Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tegishli tartibda nostrifikatsiyalangan (ekvivalentligi qayd etilgan)ligi haqida tegishli guvohnomasi); oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan olgan maʼlumotnomani taqdim etadi. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy boʻlmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. Kadrlar hisobini yuritish va ular haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida ishga qabul qilingan xodim tomonidan Kadrlar boʻlimiga quyidagi hujjatlar topshiriladi: soʻrovnoma; tarjimayi hol; maʼlumotnoma (obyektivka); 6 ta fotosurat (elektron varianti ham).
5. Taqdim etilgan mazkur Qoidalarning 4-bandi ikkinchi-oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliqligi tekshirib koʻrilgach, ishga kirayotgan shaxs tomonidan ariza yoziladi va oliy taʼlim muassasasi kanselyariyasida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Arizada ishga kiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi toʻliq, qisqartirishsiz, ishga kirayotgan lavozimi esa shtat jadvalida belgilangan lavozimga mos holda yozilishi shart.
6. Ishga qabul qilinayotgan xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida quyidagilar haqida mehnat shartnomasi tuziladi: xodim ishga qabul qilinayotgan lavozim va ish joyi; mehnat shartnomasi muddati; ishning boshlanish kuni; taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari; ish vaqti hamda mehnat taʼtili berish tartibi;
mehnatga haq toʻlash tartibi; mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlar. Mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati koʻrsatilmagan hollarda ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Muddatli mehnat shartnomasini tuzish mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Ishga qabul qilinayotgan har bir xodim (shu jumladan, oʻrindoshlik asosida kiruvchilar) bilan mehnat shartnomasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuziladi va ular tomonlarning har biriga saqlash uchun topshiriladi. Xodimning talabiga koʻra mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari koʻrsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va oliy taʼlim muassasasi rektorining imzosi bilan tasdiqlanadi. Universitet rektorining imzosi oliy taʼlim muassasasi gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
8. Universitetning Kadrlar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga muvofiq xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat munosabatlari (mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish, mehnat daftarchasini shakllantirish hamda yuritish va boshqalar) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatga olinadi.
9. Qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlar imzolagan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Xodim mehnat shartnomasida koʻrsatilgan kundan boshlab mehnat vazifalarini bajarishga kirishadi. Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan boʻlsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kuni (smena)ning ertasidan kechikmay ishga tushishi lozim.
10. Ish beruvchining ruxsati bilan ishga qabul qilishni tegishlicha rasmiylashtirmasdan turib ishga qoʻyilgan shaxs ishga tushgan birinchi kunidan boshlab mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
11. Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin ish beruvchi mehnat shartnomasining mazmuniga muvofiq ravishda ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi va buyruq bilan imzo qoʻydirgan holda xodimni tanishtiradi.
12. Universitet quyidagi hollarda ishga qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas:
a) ish beruvchining oʻzi tomonidan ishga taklif qilingan shaxslar;
b) nogironlar, oʻquv muassasalarning bitiruvchilari, uch va undan ortiq farzandlari bor yolgʻiz ota (ona), pensiya yoshiga yaqinlashgan shaxslar agar ular joylardagi davlat hokimiyati organi tomonidan muassasaga belgilangan eng kam miqdordagi ish oʻrinlari hisobidan ishga yoʻllanma boʻyicha mahalliy mehnat organlari tomonidan yuborilgan boʻlsa;
v) homilador ayollar va uch yoshgacha bolalari boʻlgan shaxslar;
g) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
13. Xodim ish beruvchidan ishga qabul qilishni rad etish sabablarini yozma ravishda asoslashni talab qilishga haqlidir. Ish beruvchi uch kun ichida unga yozma asos koʻrsatishi shart. Homilador ayollarga va uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga ish beruvchining agar ular shunday talab bilan murojaat etmagan taqdirda ham ishga qabul qilishni rad etish sababi yozma ravishda tushuntiriladi. Ishga qabul qilish gʻayriqonuniy ravishda rad etilganda xodim belgilangan tartibda nazorat qiluvchi organ yoki sudga shikoyat qilishga haqlidir.
14. Ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasida dastlabki sinov toʻgʻrisida shartlashilgan boʻlishi mumkin. Bunday shartlashuv boʻlmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Sinov toʻgʻrisidagi shart ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda aks ettiriladi. Dastlabki sinov bilan ishga qabul qilingan xodimning mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish haqidagi yozuv dastlabki sinov haqidagi shartlar koʻrsatilmagan holda kiritiladi.
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Dastlabki sinovning aniq muddati (uch oy doirasida) mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi asosida belgilanadi. Taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati tugagunga qadar ish beruvchi (sinov natijasi qoniqarsiz boʻlgan taqdirda), shuningdek, xodim (mehnatga oid munosabatlarni davom ettirish istagi boʻlmagan taqdirda) ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli.
Agar taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmasa, mehnat shartnomasining amal qilishi davom etadi va uni bundan keyin bekor qilishga umumiy asoslarda yoʻl qoʻyiladi.
Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va uzrli sabablarga koʻra xodim ishda boʻlmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Dastlabki sinov davrida xodimga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va oliy taʼlim muassasasi xodimlari uchun belgilangan mehnat shartlari toʻliq tatbiq etiladi.
Xodimni boshqa ishga oʻtkazishda sinov muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quyidagilar bilan mehnat shartnomasi tuzish davrida dastlabki sinov muddati qoʻllanilmaydi: homilador ayollar, shuningdek, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar; oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda oliy oʻquv yurtlarining tegishli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar; olti oygacha muddatga ishga qabul qilinayotganlar;
oliy taʼlim muassasasi uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar.
15. Oliy taʼlim muassasasiga ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
16. Ishga qabul qilish jarayonida yoki xodim uning roziligi bilan boshqa ishga oʻtkazilayotganda oliy taʼlim muassasasi: unga yuklatilgan mehnat vazifalari doirasi, huquq va majburiyatlari, mehnat va mehnatga haq toʻlash shartlari;
mazkur Qoidalar, jamoa shartnomasi, lavozim yoʻriqnomasi va xodimning mehnat faoliyatiga oid boshqa hujjatlar; universitetning Odob-axloq kodeksi;
oliy taʼlim muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati) bilan;
oliy taʼlim muassasasi xodim, talaba, oʻquvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish toʻgʻrisidagi nizom;
mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar bilan xodimni tanishtirishi lozim.
17. Oliy taʼlim muassasasida besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga Kadrlar boʻlimi tomonidan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 402, 1998-yil 29-yanvar) qoidalariga muvofiq mehnat daftarchasi yuritiladi, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga asosan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish taʼminlanadi.
18. Ish beruvchi va oliy taʼlim muassasasining mansabdor shaxslari xodimdan uning mehnat majburiyatlariga kirmaydigan ishlarni bajarish, qonunga zid harakatlarni sodir etish, shuningdek, xodimning yoki boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, or-nomusi va shaʼnini kamsitadigan harakatlar sodir etishni talab qilishga haqli emas. Oliy taʼlim muassasalarida xotin-qizlar bilan munosabatlar qonunchilik hujjatlari talablari, milliy anʼanalar va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslanishi lozim.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin