Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari


-bob. Ish vaqti, dam olish vaqti hamda ulardan foydalanish



Yüklə 154 Kb.
səhifə4/9
tarix14.06.2023
ölçüsü154 Kb.
#130274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-hafta

3-bob. Ish vaqti, dam olish vaqti hamda ulardan foydalanish
30. Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq oʻz mehnat vazifalarini bajarishi lozim boʻlgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
31. Oliy taʼlim muassasasi xodimlari uchun har kungi ish vaqtining boshlanishi va tamom boʻlishi hamda dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus vaqti quyidagicha belgilanadi:
har kuni – soat 8.00 dan 16.00 gacha;
shanba kuni – soat 8.00 dan 14.00 gacha;
kundalik tushlik tanaffus – 12.00 dan 13.00 gacha.
Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning ish vaqti jamlab hisoblanadigan ish vaqti rejimida belgilanadi. Umumiy dam olish kuni – yakshanba.
32. Zarurat tugʻilganda ish kuni rejimi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
33. Professor-oʻqituvchilar uchun ish vaqtining qisqartirilgan vaqti
va ish kuni haftasiga 36 soatlik qilib belgilanadi hamda oʻquv mashgʻulotlari jadvaliga koʻra tartibga solinadi.
34. Professor-oʻqituvchilar faoliyatini ish kuni davomida barcha turdagi oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar rejasi asosida amalga oshiradi.
35. Professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv mashgʻulotlari jadvali, ish rejasi va navbatchilik jadvalining bajarilishi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor – oliy taʼlim muassasasi qoshidagi akademik litsey direktori, tegishliligi boʻyicha fakultet dekani va uning oʻrinbosari hamda kafedra mudiri tomonidan nazorat qilib boriladi.
36. Quyidagi xodimlarga ham ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi:
16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan xodimlar – haftasiga 36 soat;
I va II guruh nogironlari – haftasiga 36 soat.
37. Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chogʻida ham, keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi, masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish jadvali yoki uyda ishlash rejimiga oʻtkazish belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga toʻlmagan (16 yoshga toʻlmagan nogiron) bolasi bor ayolning, jumladan, homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob aʼzosini parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxsning iltimosiga koʻra, tibbiy xulosaga muvofiq, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ularga toʻliqsiz ish vaqti belgilaydi.
38. Ish vaqtidan tashqari xodimlarni ishga jalb etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Yillik taʼtillarning muddati, ular uchun haq toʻlash va ularni hisoblab chiqarish, shuningdek, taʼtil olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
40. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi mumkin, uning muddati tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak.
41. Har yilgi asosiy taʼtil quyidagicha beriladi:
birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan keyin (qonunda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno); ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun taʼtillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida (qonunda koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno). Taʼtildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan oʻzgartirilishi mumkin.
42. Xodimning yozma arizasiga binoan taʼtil qismlarga boʻlinishi mumkin. Bunda taʼtilning bir qismi oʻn ikki ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.
43. Taʼtildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yilida beriladi yoki taʼtilni boshqa muddatga koʻchirish qoidalariga rioya etilgan holda keyingi yilga koʻchiriladi.
44. Xodimlarning xohishiga koʻra yillik taʼtilning eng kam muddatidan (oʻn besh ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi mumkin.
Taʼtil berish vaqti haqida xodim taʼtil boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilinishi kerak. Taʼtil uchun haq toʻlash taʼtil boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi lozim.
45. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, jumladan, uning muddati tamom boʻlishi munosabati bilan ham, xodimning xohishiga koʻra, xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq yillik taʼtillarni berib, undan keyin mehnat shartnomasini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda taʼtil tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan taʼtil davrida xodim mehnat shartnomasi va uning tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasini basharti mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirishning qonun yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddati tugagan boʻlsa, qaytarib olishga haqli emas.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin