Termiz davlat universitetining Ichki tartib-qoidalari


-bob. Mehnat va oʻquv intizomini buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 154 Kb.
səhifə7/9
tarix14.06.2023
ölçüsü154 Kb.
#130274
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-hafta

7-bob. Mehnat va oʻquv intizomini buzganlik uchun javobgarlik
69. Oliy taʼlim muassasasi xodimga mehnat intizomini birinchi marta buzgani uchun yoki huquqbuzarlikni ehtiyotsizlikdan sodir etgan taqdirda quyidagi taʼsir choralarini qoʻllashi mumkin: ogohlantirish; bir martalik mukofotdan mahrum qilish (agar mukofotlashga oid lokal hujjatlarda nazarda tutilgan boʻlsa);
ragʻbatlantirishdan mahrum qilish.
70. Mehnat intizomini buzganligi uchun oliy taʼlim muassasasi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli: hayfsan;
oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima;
mazkur Qoidalarning 27-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima (xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish mehnatga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi); 3) mehnat shartnomasini bekor qilish.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi.
71. Intizomiy jazo va taʼsir chorasini qoʻllash oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Aynan bitta mehnat intizomini buzganlik uchun ham intizomiy, ham taʼsir chorasi qoʻllanilishi mumkin emas.
72. Intizomiy jazo chorasi sifatida jarima ilgari mazkur xodimga sodir etilgan nojoʻya xatti-harakati uchun hayfsan berilgani yoki berilmaganidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
73. Intizomiy jazo qoʻllanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinadi. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning sodir qilgan nojoʻya xatti-harakati uchun jazo qoʻllashga toʻsiq boʻla olmaydi. Xodim mehnat intizomini buzganlik xususida tushuntirish xati berishdan bosh tortganligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Intizomiy jazoni qoʻllashda sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning qay darajada ogʻirligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
74. Intizomiy jazo choralari bevosita nojoʻya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab uzogʻi bilan bir oy ichida qoʻllaniladi. Bir oylik muddatga xodimning kasal yoki taʼtilda boʻlgan vaqti qoʻshilmaydi.
75. Nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy oʻtganidan, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa sodir etilgan kundan boshlab ikki yil oʻtganidan keyin jazoni qoʻllab boʻlmaydi. Jinoiy ish boʻyicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
76. Intizomiy jazo berilganligi toʻgʻrisidagi buyruq xodimga maʼlum qilinib, tilxat olinadi. Xodim tilxat berishdan bosh tortgan holda tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
77. Har bir nojoʻya xatti-harakat uchun xodimga nisbatan faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi mumkin.
78. Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida intizomiy jazoga tortilmasa, jazo eʼlon qilinganidan keyin bir yil oʻtgach, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Bunday hollarda intizomiy jazoni olib tashlash toʻgʻrisida buyruq chiqarilmaydi.
79. Intizomiy jazo rektor tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan yoki xodimning bevosita rahbari iltimosiga koʻra bir yil oʻtmasdan oldin ham olib tashlanishi mumkin. Xodimdan intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
80. Intizomiy jazo ustidan xodim mehnatga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
81. Xodim tomonidan oliy taʼlim muassasasi va uning mol-mulkiga bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri zarar yetkazilganda intizomiy jazo qoʻllanilganligidan qatʼi nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.
82. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi.
83. Mazkur Qoidalar, oliy taʼlim muassasasi Odob-axloq kodeksi, oliy taʼlim muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), oliy taʼlim muassasasi xodim, talaba, oʻquvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish toʻgʻrisidagi nizom, oliy taʼlim muassasasi Ustavi, oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari, lavozim yoʻriqnomasi, tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlar va boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilangan talablarni buzganligi uchun: a) talabalarga: oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish;
hayfsan; uzrsiz sabablarga koʻra darslarni 12 soatdan 30 soatgacha qoldirgan talaba, qoida tariqasida, fakultet dekani tomonidan unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi toʻgʻrisida rasman ogohlantirish; uzrli sabablarsiz 30 soat va undan koʻp dars qoldirgan talabaga nisbatan, qoida tariqasida, hayfsan intizomiy jazo chorasi; b) doktorantga: hayfsan; doktoranturadan chetlashtirish taʼsir chorasi qoʻllaniladi. Intizomiy jazo choralari nojoʻya xatti-harakat aniqlangandan keyin bir oy ichida, sodir etilgan kundan boshlab olti oy ichida talaba (doktorant)ning kasal yoki taʼtilda boʻlgan vaqtini hisobga olmagan holda qoʻllaniladi, shuningdek, kasal, taʼtil, akademik taʼtil yoki homiladorlik va tugʻish taʼtilida boʻlgan davrda oliy taʼlim muassasasi (doktorantura)dan chetlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar talaba yoki doktorant shu muddat ichida intizomiy jazoga tortilmasa, jazo eʼlon qilinganidan keyin bir yil oʻtgach, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Bunday hollarda intizomiy jazoni olib tashlash toʻgʻrisida buyruq chiqarilmaydi. Talaba yoki doktorantga qoʻllanilgan intizomiy jazo uning namunaviy xulq-atvori, oʻqishidagi yuqori koʻrsatkichlari, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki oliy taʼlim muassasasi ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun tegishli fakultet dekani, Magistratura boʻlimi boshligʻi yoki Ilmiy boshqarma boshligʻi bildirgisiga asosan rektorning buyrugʻi bilan bir yil oʻtmasdan oldin ham olib tashlanishi mumkin.
84. Oliy taʼlim muassasasi talabalari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida oliy taʼlim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) oʻz xohishiga binoan;
b) oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
g) oʻquv intizomi va oliy taʼlim muassasasining Odob-axloq kodeksi hamda ushbu Qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; ye) oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
i) vafot etganligi sababli.
85. Oliy taʼlim muassasasi tashabbusi bilan talabalarni oʻqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 84-bandining “g” kichik bandiga koʻra chetlashtirilayotgan paytda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
86. Intizomiy jazoga tortilgan talaba oʻziga qoʻllanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
87. Talabaga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo yuzasidan maʼlumot uning shaxsiy hujjatlar toʻplamida saqlanadi.
88. Talaba oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirilganda unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma beriladi va uning nusxasi shaxsiy yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
89. Harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida talabaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akademik taʼtil berilishi mumkin.



Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin