Termiz davlat unversiteti tabiiy fanlar fakulteti


MOLEKULYAR MARKERLAR VA ULARNING GENLARNI KARTALASHTRISHDAGI AHAMIYATI



Yüklə 227,25 Kb.
səhifə25/35
tarix21.05.2023
ölçüsü227,25 Kb.
#118999
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
12-19

MOLEKULYAR MARKERLAR VA ULARNING GENLARNI KARTALASHTRISHDAGI AHAMIYATI
Molekulyar genetika - molekulyar biologiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biri, irsiy axborot strukturasi va funksiyasini, uning yuzaga chiqishi mexanizmlarini oʻrganadigan fan. M.g.ning rivojlanishi 1928-yilda F. Griffit tomonidan bakteriyalarda transformatsiya hodisasini kashf etilishidan boshlanadi. O. Eyveri va shogirdlari (1944) transformatsiya asosida hujayraga yot DNK (dezoksiribo-nuklein kislota) kirib irsiy axborotni oʻzgartirishiini aniqlashdi. Keyinchalik transduksiya (bakteriofaglar orqali bir hujayradan ikkinchisiga DNK qismlarining koʻchirib oʻtkazilishi) hodisasining kashf etilishi irsiy moddaning moddiy asosi nuklein kislotasi ekanligini uzil-kesil tasdikladi. Bidl va Tey-tum (1948) tomonidan "bir gen — bir ferment" gipotezasining yaratilishi genetikani biokimyo bilan bogʻlikligini koʻrsatdi. Bu kashfiyotlar nuklein kislotalarni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqotlarning keng rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Uilkins va R. Franklin (1950—52) DNK molekulasining rentgenogrammasini olishdi. E. Chargaff (1947—50) DNKdagi azotli asoslarning komplementarligi prinsipini aniqlashdi. Bu tadqiqotlar D. Uotson va F. Krik (1953) tomonidan DNK molekulasi qoʻsh spiral modelining yaratilishi uchun asos boʻldi. Bu modelga asosan DNK 2 polinukleotid zanjiridan iborat. Zanjirda DNK molekulalari komplementar azot asoslarining vodorod bogʻlari orqali oʻzaro birikadi. DNK modelining yaratilishi tufayli DNKning matritsa prin-sipi asosida reduplikatsiyasi, genetik kodning va irsiy axborotning koʻchirilishi (transkripsiya)ning, mutatsiya mexanizmlari va DNK mutatsiyalarining qayta tiklanishi (reparatsiya) mexanizmlarini oldindan bashorat qilish mumkin boʻldi. Bu kashfiyotlar gen nazariyasining yaratilishi uchun asos boʻldi. Keyinchalik irsiy axborot yuzaga chiqishining yangi mexanizmlari va genlar faoliyatining idora qilinishi koʻrsatib berildi; genlarning ekzonintron tuzilishi, splaysing, protsessing jarayonlari, mobil genlar, psevdogenlar, onkogenlar, rekombinatsiyalanuvchi genlar kashf etildi. M.g. genetik injeneri-yaning nazariy asosi qisoblanadi.
M.g.ga oid tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo (Y. X. Toʻraqulov, J. X. Hamidov), Genetika (A. A. Abdukarimov, J. A. Musayev)i.t. institutlarida olib boriladi.

Yüklə 227,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin