Termiz davlat unversiteti tabiiy fanlar fakulteti


Primer-BLAST dasturida PCR uchun praymerlarni loyhalash



Yüklə 227,25 Kb.
səhifə27/35
tarix21.05.2023
ölçüsü227,25 Kb.
#118999
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
12-19

Primer-BLAST dasturida PCR uchun praymerlarni loyhalash.
Avvalgi maqolamizda aytib o’tganimizdek barcha bioinformatik dasturlar biologiya sohasidagi ma’lumotlar ko’lami bilan ishlashni osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Bugun ana shunday dasturlardan birining qanday ishlashi haqida gaplashamiz.
Bioinformatik dasturlarning ayrimlari online rejimda, boshqa birlari esa offline rejimida ishlaydi. BLAST dasturi online rejimda ishlaydigan dasturlardan hisoblanadi. Ya’ni bu dasturni ishlatish uchun Siz avvalo internetga ulangan bo’lishingiz kerak.

BLAST o’zi nima?


BLAST (Basic Local Alignment Search Tool – asosiylokal tekislanishni izlash vositasi) bu kompyuter dasturlaridan biri bo’lib, u oqsil yoki nuklein kislotalar gomologlarini mavjud bazadan izlab topishga xizmat qiladi. Sodda qilib tushuntirilganda sizda oqsil yoki nuklein kislotalarning ma’lumbir ketma-ketligi bor. Lekin siz bu nuklein kislota qaysi turga tegishli ekanligini bilmaysiz. BLAST sizga mana shu qo’lingizdagi nukleotidlar ketma-ketligi qaysi turga tegishli ekanligini aniqlashga yordam beradi. Albattau bazada mavjud bo’lgan millionlab namunalarga solishtirish asosida sizga kerakli natijani chiqarib beradi. BLAST dasturini 1990-yilda AQSHlik bir guruh tadqiqotchilar ishlab chiqqanlar.

BLAST qanday ishlaydi?


Men bugungi maqolada imkoni boricha sodda tilda BLAST dan qanday foydalanish haqida ma’lumot bermoqchiman. Jarayonni tushunishingiz uchun o’zim olib borayotgan tadqiqotlar misolida tushuntirib ketaman.
Men ayni vaqtda O’zbekiston baliqlarining DNK barkodingi va filogenetikasi ustida shug’ullanmoqdaman. Ushbu ilmiy tadqiqot ishimda men uchun O’zbekiston suv havzalaridan yig’ilgan baliq namunalari kerak bo’ladi. Men mana so’nggi 3 yil davomida O’zbekistondagi turli suv havzalaridan baliq namunalarini yig’ib kelmoqdaman. Ayrim baliq turlarini tashqi ko’rinishidan, morfologik belgilaridan juda osongina ajrata olaman, ayrimlarini maxsus aniqlagich kitoblaridan foydalangan holda aniqlayman. Ba’zi suv havzalaridan baliq namunalarini yig’ishda faqatgina juda mayda baliq chavoqlari yoki aniqlagich bilan ham qaysi tur ekanligini aniqlab bo’lmaydigan turlar uchrab turadi. 2017 yil fevral oyida Toshkent viloyatidagi Chiqchiq suv havzasidan baliq namunalari yig’ayotganimda juda kichkina baliq namunasini olgan edim. Uning kim ekanligini o’sha vaqtda aniqlay olmaganman.
Xitoyda qaytgach laboratoriya sharoitida o’sha baliq namunasining to’qimasidan mitoxondriya DNK ni ajratib olib (bu alohida mavzu), mitoxondriyadagi COI genini PZR mashinasida amplifikatsiya qildim. Elektroforez jarayoni ushbu genni to’g’ri ajratib olganimni ko’rsatdi. Men natijalarni maxsus kompaniyalarga jo’natdim. Ular menga o’sha noma’lum baliq namunasidan olingan COI genidagi nukleotidlar ketma-ketligini o’qib berishdi. Ular jo’natgan natija taxminan quyida ko’rinishda edi.

Bu tasvirda DNK ikkala zanjirining ma’lum bir fragmenti va undagi nukleotidlarning spektrlari tasvirlangan. Nukleotidlar spektri va ularning rangidan ajratib olish haqida avval ham yozgan edim. DNK ning ushu holatini ko’rish uchun “ContigExpress Project” bioinformatsion dasturidan foydalaniladi. Ushbu rasmda DNK ning 5’-3’ (1) va 3’-5’ (2) zanjirlarini ko’rishingiz mumkin. COI geni o’rtacha 700 ta nukleotiddan iborat bo’ladi.
Biz DNK zanjirlarining holatini tekshirib ulardan umumiy holatda quyidagi nukleotidlar ketma-ketligini qo’lgan kiritamiz. Nukleotidlarimizni birinchi yuqoridagi qizil ko’rsatgichda ko’rsatilgan joyga ko’chirib olib qo’yamiz (Ctrl+C va Ctrl+V). Shundan so’ng ikkinchi ko’rsatkich ko’rsatayotgan joy belgilanganligini tekshiramiz. Bu nuqta siz yuklagan nukleotidlarni qaysi ma’lumotlar ba’zasi bilan solishtirish kerakligini aniqlashtirish uchun kerak. U yerda ayni vaqtda Human genomic + transcript – odam genomi va Mouse genomic + transcript – sichqon genomi ma’lumotlar bazasi ko’rsatilmoqda. Biz Others – boshqalar degan bo’limini tanladik. Oxirgi ko’rsatkich Highly similar sequences – ‘juda ham o’xshash ketma-ketlik’ degan tugma tanlanganligini ko’rsatmoqda. Bu bizga biz tekshirayotgan nukleotidlar ketma-ketligiga eng yaqin natijani ko’rsatib berishi uchun kerak. Shulardan keyin pastda chap tomonda turgan BLAST tugmasini bir marotaba bosamiz. Dastur bizga NCBI ma’lumotlar bazasidagi barcha nukleotidlar ketma-ketligi bilan bizning namunamizni solishtirib, biznikiga o’xshash bo’lgan natijalarni ko’rsatib beradi. BLAST bosilganidan so’ng quyidagi oyna ochiladi. Oynaning yuqori qismida BLAST amalga oshirilgan operatsiya haqida qisqacha ma’lumot va bizning nukleotidlar solishtirilishidan qo’lgan kiritilgan dastlabki 100 ta eng o’xshash natijalarning diagramma holatidagi tasviri ko’rsatiladi. Agar tekshirilayotgan nukleotidlar ketma-ketligidagi 200 tadan ortiq nukleotidlar o’zaro o’xshash chiqsa natijalar qizil rangda tasvirlanadi. Yuqoridagi rasmda 1 dan 700 tagacha bo’lgan moviy tasvir bu bizning nukleotidlar, pastdagilari esa biznikiga mos tushgan natijalarning ko’rinishi. Oynaning pastrog’iga tushsak, natijalarning barcha ko’rsargichlarini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Yüklə 227,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin