Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi.
Ko‘plab yozma manbalarning ma’lumot berishicha, o‘z davrining yirik harbiy va davlat boshlig‘i bo‘lgan Amir Temur siyosiy, huquqiy asoslarga ega bo‘lgan ulkan davlat barpo etgan edi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davrida Sohibqiron Amir Temur avvalo, adolatli va qonunchilikka tayangan davlatchilik asoslarini barpo etish bilan birga davlat yaxlitligi va kuch-qudratini mustahkamlashning asosiy omili bo‘lgan kuchli mudofaa tizimi yaratdi hamda temuriylarga meros qilib qoldirdi. Amir Temur o‘z saltanatining boshqaruv tizimini yaratishda o‘sha davrning yirik va ko‘zga ko‘ringan harbiylari, amirlar va beklar, fozillar, olimu-ulamolar, o‘z pirlarining o‘gitlari hamda maslahatlariga tayangan edi. Misol uchun, “Tuzuklar”da keltirilishicha Amir Temurga piri Abu Bakr Zayniddin Toyobodiy shunday o‘git beradi: “Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko‘p xalal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvoffiq ish tutishing kerak.” SHuningdek, “Tuzuklar”da yana shunday ma’lumot beriladi: “O‘zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarni sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni ko‘nglini topib do‘stga aylantirish, do‘st -dushman orasidagi muomala, murosayu-madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni qo‘lladim. Pirim Abu Bakr Toyobodiy menga yozmishlarkim: Abdulmansur (zafarmand) Temur saltanat yumushlarida to‘rt ishni qo‘llasin, ya’ni, 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. CHunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bo‘lgan johil odamga qiyoslash mumkin: uning so‘zlari pushaymonlik va nadomat keltirgay. SHunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, po‘shaymon bo‘lmagaysan.”5
Amir Temur va temuriylar davrida fuqarolarda davlat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarni hurmat qilish, ularga ma’suliyatli yondashish tushunchalari shakllangan. Bu esa davlat tomonidan ilgari surilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirishdagi kafolatlardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Amir Temur davlati markazlashgan davlat bo‘lib, butun hokimiyat davlat boshlig‘ining ixtiyorida bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Amir Temur davlatining boshqaruv asoslari shakllanishi rivojida kengashlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarni hal qilishda katta va kichik kengashlar chaqirilib turilgan. Katta kengashlar tinchlik vaqtlarida Samarqanddagi hukmdor saroyida chaqirilgan. Unda oliy hukmdorning qarindosh urug‘lari, yuqori martaba va mavqega ega bo‘lgan ruhoniylar tabaqasining vakillari, bosh amirlar, beklarbegi, ulus, tuman hokimlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar, bahodir unvoniga ega bo‘lgan harbiylar kabilar ishtirok etganlar. Ushbu kengashda mamlakat hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.Kichik kengashda Amir Temur, uning o‘g‘illari, qarindoshlari, qo‘shin boshliqlari ishtirok etganlar. Unda uzoq mamlakatlarga harbiy yurishlar bilan bog‘liq masalalar hal qilingan.Amir Temur davrida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan. “Tuzuklar”da mukammal davlat boshqaruvini tashkil etish quyidagicha ifodalanadi:
- davlat daxlsizligini va mustahkamligini har tomonlama muhokama qilish;
- oliy hukmdor hokimiyatining cheklanmaganligi hamda mustaqil siyosat yurgizishi;
- vazirlarga yuklatilgan majburiyatlar va ular bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar;
- markazga tobe bo‘lgan mulk(ulus)lar amirlari hamda tuman hokimlarining vazifalari;
- oliy davlat kengashi;
- davlat xavfsizligi va mustahkamligi, joylardagi jamoat tartibi hamda mamlakat tinchligi, osoyishtaligini saqlash;
- muntazam qo‘shin tashkil etib, qo‘shin qo‘mondonlarini tayinlash,
lavozimlarga ko‘tarish, rag‘batlantirish va ularga maosh to‘lash;
- aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash;
- harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko‘rsatganlarni(noiblar, amirlar, sipohiylar va boshq.) rag‘batlantirish;
- Harbiy yurishlar va janglar paytida qo‘shinning joylashuvi va ularni ajratib turuvchi belgilar.Zamonaviy adabiyotlarda keltirilishicha, Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning quyidagi sakkizta asosiga amal qildi:
- davlat o‘z vazifasini bajarmog‘i uchun, eng avvalo, siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lishi;
- davlat va jamiyatning yaxlitligi buzilmasligi;
- davlat va jamiyat muayyan bir qonunlar, trtiblar va mafkura asosida boshqarilmog‘i;
- boshqaruvning turli tabaqalari, yo‘nalishlari, sohalarini muvofiqlashtirib turuvchi ma’lum bir tizim shakllangan bo‘lishi;
- jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ahvoli davlat e’tiborida bo‘lishi;
- fan va madaniyatning ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urishiga davlat ahamiyatiga molik qat’iy siyosat sifatida qarash;
- har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra, davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi;
- davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur,mustahkam iymon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparavchilik ila anglamog‘i.
Shu bilan birga Amir Temur yuqoridagi sakkizta asosni yana bir to‘qqizinchi asos bilan boyitdi.U ham bo‘lsa, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. Amir Temur fikricha bunday tabaqalar o‘n ikkita bo‘lib, ularda jamiyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rin olgan. Bu tabaqalar quyidagilar edi:
1Yuqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davri davlatchiligini ma’muriyboshqaruv tizimidagi tartiblr bilan aloqador holda uning harbiy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lganligidan ham dalolat beradi.Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan davlat boshqaruv asoslari qonunlar ustuvor bo‘lgan va fuqarolarning himoyasi, tinchligi va barqarorligi ta’minlangan jamiyat asoslarining yuzaga kelishiga katta imkoniyatlar yaratgan. Qonun ustuvorligiga, adolat tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy amal qilingan. Amir Temur va temuriylarning boshqaruvida maslahatu mashvaratga tayanish davlatning bexato siyosat yuritishga olib boruvchi omillardan biri hisoblangan.Amir Temurning kuchli markazlashgan davlat barpo etishi natijasida Movarounnahrda o‘zaro urush va nizolarga barham berilib, uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o‘rnatildi. Fan, madaniyat, hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon yaratildi. Amir Temur vafot etgach bu an’analar buzilgan bo‘lsa-da, SHohruh va Ulug‘bek Sohibqiron davridagi tartib-qoidalani tiklash borasida say’i-harakatlar olib bordilar.Bizga manbalardan ma’lumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lib, uning farmolari so‘zsiz ijro etilgan. Ammo, o‘rta asrlar davlatchilik an’analariga ko‘ra, nasl -nasabi xon avlodiga mansub bo‘lmagan shaxs taxtni boshqara olmas edi.
SHuning uchun ham, o‘z davrida Amir Qozog‘on tomonidan belgilangan an’anaga ko‘ra, Amir Temur avval CHingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmishni (1370-1388 yy.) keyin esa uning o‘g‘li Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o‘z huzurida “xon” qilib ko‘taradi. Ularning nomidan yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo‘lsa-da, Sohibqiron ularni davlat ishlariga umuman aralashtirmagan. Sohibqiron “amir”unvonida bo‘lib, 1370yilda Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylanganidan so‘ng “Qo‘ragon” (“Xon kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, ya’ni, xon avlodiga kuyov, qarindosh bo‘lishi ham uning siyosiy mavqeini rasman bo‘lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan. Amir Temur o‘zi barpo etgan ulkan saltanatni o‘g‘illari, nabiralari va nufuzli amirlariga suyurg‘ol tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrni esa poytaxt Samarqand bilan o‘zida qoldirdi.Suyurg‘ol tariqasida berilgan uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida devonxonasi bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga jo‘natish va oliy hukmdorning harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida markazda va joylarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati, boshqaruvdagi ikki muhim, hamda asosiy idora- dargoh va devonlar (vazirliklar) mavud edi.
Dargoh-eng oliy davlat idorasi bo‘lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida eslatganimizdek, Suyurg‘atmishni “xon” deb e’lon qilgan bo‘lsada, hokimiyat batamom Sohibqiron ihtiyorida bo‘lgan. “Soxta xon” e’lon qilinishi holati o‘sha davr vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan edi. “Tuzuklar”da keltirilishicha, dargohda vaqti -vaqti bilan xos majlislar o‘tkazilib turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan.
Bunday tadbirlarni tor doirada o‘tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik masalalarni chetga ayon bo‘lishidan saqlanish edi. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. O‘sha davrda oliy devonning ahamiyati va mavqei shu qadar baland bo‘lganki, ayrim manbalar (Ali Yazdiy) uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflagan.
Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.:
- arzbegi – dargohdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib, uning xizmati dargohga arz-dod, shikoyat bilan kelganlarni hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatlarini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib turish edi. Undan tashqari, tushgan arzlar, shikoyatlar va takliflarni oliy hukmdorga etkazib turish ham arzbegining vazifasi bo‘lgan;
- adolat amiri – bu mansabdagi shaxs turli o‘lka, viloyat va shaharlarda “sipoh va raiyyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida” oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot etkazib turgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, joylardagi ahvoldan boxabar bo‘lib turishning ikki yo‘lidan foydalanilgan:biri pastdan yuqoriga, ya’ni, arzchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dargohga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lganlar, ikkinchisi esa, maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog‘i, oliy hukmdor dargohi orqali tekshirib borilgan. Mavjud holatlar aniqlanib, shunga yarasha chora-tadbirlar ko‘rilgan;
- aminlar – tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatiga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar hisoblanib, ularning vazifasiga bundan tashqari tobe erlar to‘lovlarining yig‘ib kelish ham kirgan;
- tavochi – muhim lavozimlardan biri bo‘lib, oliy farmonga ko‘ra, joylargaborib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘illangan. Tavochilar avvalboshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minotiko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan joyga muayyan yo‘l bilan o‘zvaqtida etib borishi kabi g‘oyatda ma’suliyatni tadbirlarga javobgar bo‘lganlar. Ularning boshlig‘i bosh tavochi deb atalib, ular tumanot (o‘n minglik), hazorajot(minglik), sadajot (yuzlik), etakchilaridan, viloyat hokimlaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat, ta’minlanganlikda etkazish berish to‘g‘risida tilxat olganlar.SHuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar (rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va tashkilotchilari), xazinador, xonsolar (dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsuso‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va mana shu xizmatniboshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar kabilar mavjud bo‘lgan.Mamlakatdagi ijroya tizimi markazdagi vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan.Amir Temur somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginlardavrlaridagi ijroya hokimiyatining vazirliklar tizimini o‘z davriga moslab, yangiasoslarda qaytadan yo‘lga qo‘ydi.
Davlat boshqaruvida quyidagi vazirliklar mavjud edi:
1. Mamlakat va raiyyat vaziri – bosh vazir hisoblanib u mamlakatning muhim ishlari, kundalik muammolar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar va ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazinaning ahvoli kabilarga mas’ul bo‘lgan hamda mazkur masalalar bo‘yicha hukmdorga tegishli ma’lumot va hisoblar berib turgan.
2. Harbiy ishlar vaziri – harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan er-suvlar boshqaruvi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo‘lib xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash,iste’foga iqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘lga n
3. Mulkchilik va soliq ishlari vaziri – turli sabablarga ko‘ra egasiz va qarovsiz qolgan mol-mulklarni nazoratga olish va qo‘riqlash,savdogarlardan zakot va boj undirib olish, mamlakat chorvalari, o‘tloq-yaylovlarni boshqarish, er solig‘i, chorva solig‘i, zakotlarni o‘z vaqtida yig‘ilishi va o‘z vaqtida davlat xazinasiga tushishini nazorat qilish, mulkchilikdagi merosxo‘rlik tartiblarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajargan.
4. Moliya vaziri – butun saltanat idoralarinig kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib borish vazifasini bajargan.
5. Davlat korxonalari vaziri – uning ihtiyorida bir qancha ustaxonalar bo‘lib, ular doimiy ravishda harbiylar uchun sovut, dubulg‘a, kamon, o‘q-yoylar tayyorlaganlar. SHuningdek, bu vazir bevosita Amir Temurning buyrug‘i bilan yirik inshootlar (saroylar, machitlar, madrasalar, timlar va boshq.) qurilishiga rahbarlikqilgan.
6. Devonbegi (devon boshlig‘i) – davlat mablag‘lari devonbegi ixtiyorida bo‘lgan hamda u davlat xazinasidagi mablag‘larning vazirlar tomonidan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq saqlanishini nazorat qilgan.
7. Adliya vaziri (devoni mazolim) – bu vazir to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolar va dunyoviy ishlar bilan shug‘illangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishdafaoliyat ko‘rsatgan. Shariat tartiblari bilan islom qozisi shug‘ullangan.
8. Harbiy sud vaziri – bu vazir alohida faoliyat ko‘rsatib, sipohiylar (harbiylar) ishlarini ko‘rib chiqib, muhokama qilgan.
9. Vaqf ishlari vaziri – bu vazirlikka sadr us-sudur (sadrlar boshlig‘i, sadrlar sadri) boshchilik qilgan bo‘lib, u vaqf mulklari bilan bog‘liq masalalarga mutasaddi bo‘lgan.
10. Habar va aloqa vaziri – bu vazir zimmasiga mamlakatning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan voqealardan hukmdorni ogoh qilib turish, markazdan joylarga buyruq, farmon va ko‘rsatmalarni jo‘natish, markazga turli hujjat, hisobot kabilarni etkazishi, tashqi siyosiy-diplomatik munosabatlarni amalga oshirish hamda davlat yuklarini o‘z manzillariga etkazish yuklatilgan. Vazirlikning o‘zi devoni rasoil, devoni insho deb atalgan. Mamlakatda ichki va tashqi favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot mingan choparlar bo‘lgan. Butun saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida yomxonalar tashkil etilgan bo‘lib, har bir yomda ellik boshdan ikki yuz boshgacha ot-ulov saqlangan. Tadqiqotlardan ma’lumki, Amir Temur va temuriylar davlatni ulus, viloyat va tumanlarga bo‘lib boshqarganlar. Temur davrida saltanat to‘rt ulusga bo‘linib, ularga o‘g‘il va nabiralarni hukmdor etib tayinlagan. SHuningdek, viloyat va tumanlarni ham asosan temuriy shahzodalar va harbiylar boshqarganlar. Ali Yazdiy ma’lumotlariga ko‘ra, Amir Temur janglarda, davlat ishlarida toblangan sadoqatli tadbirkor, oqil va bilimdon shaxslarni o‘g‘illari va nabiralari yoniga maslahatchi qilib tayinlagan hamda ularga yirik viloyat va hududlarni ishonib topshirgan. Amir Temur mahalliy hokimliklarni o‘ziga itoat etuvchi davlat maslahatchilari orqali ham muvofiqlashtirib turgan hamda mahalliy va markaziy hokimiyat aloqadorligini shu mansab orqali ushlab turishga harakat qilgan.Mansablarga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarda Amir Temur va temuriylar davri mansab va unvanlari haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjudki, ular quyidagilardir: amin, arzbegi, bakovul, bakovulboshi, bovarchi, baxshiylar, bitikchi, vazir, daftardor, devonbegi, dorug‘a,dodxoh, jarchi, juybon, zobit, ixtisobchi, zinbardor, inoq, ichkilar,iqto, yasag‘lik, ko‘kaldosh, kulu, kalontar, kutvol, ko‘ragon, mavkab, mahdi ulyo (mahdi oliya), majlisnavis, miroxo‘r, mirob, muxtasib, oqo (og‘o), otaliq, parvonachi, pos (posbon), sadr, sadri a’zam, sohibi devon, tavochi, tarxon, uyo‘g‘lon, farrosh, xazinador (xozin), xattot, chuhra, shayxulislom, chuhraboshi, shiqovul, shixna, shuqurchi, yurtchi, yasovul, qozilar, qo‘rboshi, qushchi (qushbegi), qorovul, qopuchi, hojiblar.Amir Temur manbalarda o‘z zamonasining mashhur sarkardasi va yirik lashkarboshi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy iste’dodi hamda sarkardalik mahorati qo‘shinlarning tuzilishida, harbiy strategiya hamda taktikalarda namoyon bo‘lgan.Qo‘shinning yuragini va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etgan. O‘sha davr voqealarining shohidi bo‘lganlarning guvohlik berishicha, barloslar harbiy qo‘nimsizlikka nihoyatda chidamli, kamondan o‘q o‘zishga usta, o‘z hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo‘lganlar.juda Sohibqiron qo‘shini o‘nlik birikmalar asosida tuzilgan bo‘lib, lashkar tuman (o‘n minglik), hazora (minglik), xushun (yuzlik) va ayl (o‘nlik) qismlarga bo‘lingan. O‘n minglik lashkarni boshqarish uchun mirixazora, yuzliklar uchunxo‘shunboshi o‘nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablar joriy etilgan.
“Qo‘shindagi bo‘linma boshliqlari – amirlar Sohibqironga tobe bo‘lgan qirq aymoq (urug‘)dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloyir, tulkichi, duldoy, mug‘ul, suldo‘z, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan.XV asr muallifi Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumot berishicha, harbiy safarda har bir jangchi o‘zi bilan bir yilga etadigan oziq -ovqat, kamoni bilan o‘ttiz o‘qli sadoq (o‘qdon), sovut, nayza va qalqon olgan.“7Har ikki suvoriyda bitta zahira chopqir ot, o‘rdagohdagi har bir o‘nlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, o‘roq, bolta, bigiz, ikkita belkurak, yuzta igna, arqon, bitta oshlangan pishiq teri bo‘lishi shart edi. Harbiy safarbarlik paytida har bir viloyat oldindan belgilab qo‘yilgan asosiy (asl) hamda zahira (izofa) qismlarni to‘plab bergan. Viloyatlar toshotar (sangandoz), devor buzuvchi (manjaniq), o‘t otuvchi (ra’dandoz va naftandoz) kabi moslamalarni ishlatishni biladigan jangchilarni tayyorlab bergan. Viloyatlardagi askariy qismlarni to‘plash hamda markazga yoki tayinlangan manzilga jo‘natish bilan tavochi lavozimidagi amaldor shug‘ullangan.Qo‘shindagi har bir harbiy – hoh amir, hoh oddiy sipohiy bo‘lsin belgilangan nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi hamda adolatli bo‘lishi lozim hisoblangan. Harbiy safarlar paytida har bir qo‘shin qismlarining eng oldida dovyurak va botir askarlardan tanlab olingan xabarchi (xabargir) deb yuritilgan ayg‘oqchikuzatuvchilar bo‘linmasi yurgan. Ularning orqasidan soqchilar bo‘linmasi –yasovul borgan. Undan keyin qo‘shinning avangard qismi manglay harakatda bo‘lgan. Manglaydan keyin qo‘mondonning o‘rdagohi, uning yon tomonlarida izofa (zahira) qismlar joylashgan. Qo‘shinning asosiy jangovar qismi – markaz hamda o‘ng qanot (barong‘or) va chap qanot (javong‘or)lardan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida qo‘riqchi manglay – avangard, yon tomonlarida ham qo‘riqchi askariy bo‘linmalar - kanbullar joylashtirilgan. SHu zaylda qo‘shin etti qism - qo‘llardan iborat bo‘lib, ulardan uchtasi – markaz, barang‘or va javong‘orlar mustaqil; to‘rttasi – ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar bo‘lgan.Sohibqiron birinchi marta jang usulida qo‘shinni etti qismga bo‘lishni joriy etgan edi. SHarofiddin Ali YAzdiy bu haqda shunday ma’lumot beradi: “... hazrat cherik (qo‘shin)ni etti qo‘l tartib ettikim, hech podshoh andoq qilmaydur erdi va eshitmaydur erdi. Va bu etti adadida xosiyat ko‘b turur va ko‘b sir yanda bor erdi...” Amir Temur davlatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab kishilar mamlakatning bosh ma’muriy binosini, o‘rduni chegaralarni, davlatni qo‘riqlaganlar. Favqulodda holatlarda, mamlakat uchun katta xavf tug‘ilganda armiyani safarbar etish, zudlik bilan qo‘shin to‘plash qoidalari ham ishlab chiqilgan. SHuningdek, temuriylar davrida ham, ayniqsa, SHohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, amirzoda Umar, Husayn Boyqaro davrlarida ham davlat himoyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ammo, hokimiyat uchun bo‘lib turgan o‘zaro kurashlar bu jarayonning zaiflashuviga olib kelgan edi. Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning qat’iy va mustahkam harbiy tizimni shakllantirishdan asosiy maqsadi, eng avvalo, mamlakatni ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilish, tobe hududlardagi tartibsizliklarni oldini olish, adolat, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, mazlumlarni zolimlardan himoya etish, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalariga amal qi lish hamda keng tarqatish, qonun ustivorligiga erishish, mamlakatlarni taraqqiyot yo‘liga solish, islom dini va baynalminal kelishuvchilikni ta’minlash, zo‘ravon davlatlar va guruhlarning g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik edi. Amir Temur harbiy yurishlaridan ko‘zlagan maqsadi haqida “Tuzuklar”da shunday bayon qilinadi: “Biron mamlakatda jabr-zulm va fisqu-fasod ko‘payib ketar ekan, asl podshohlar adolat o‘rnatish, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim.”Shuningdek, “Tuzuklar”da keltirilishicha, Amir Temur qo‘shiniga asli toza, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi va ketini o‘ylab ish tutadigan, jang sir-asrorlarini biladigan uch yuz o‘n uch amirlar rahbarlik qilib, ularning kichigi kattarog‘iga bo‘ysungan. Bu amirlardan yuz nafari o‘nboshi, yuz nafari yuzboshi va yuz nafari mingboshi bo‘lgan. Jang paytida amir ul-umaro amirlarga, amirlar mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar o‘nboshilarga boshchilik qilgan hamda buyruqlar so‘zsiz bajarilgan. “Tuzuklar”ga ko‘ra, har bir harbiy mansabdorning aniq vazifasi belgilangan. Birorta oddiy navkar qilich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida qimmatbaho toshlar qadalgan o‘tog‘a, kamar, turna bellik qilich va bir ot berilgan hamda o‘nboshilik martabasiga ko‘tarilgan. Agar birorta amir biron mamlakatni fath etsa, yoki g‘anim lashkarini engsa, u uch narsa: faholi xitob (faxriy yorliq), tug‘, nog‘ora bilan taqdirlangan. O‘zining nog‘orasiga, tu g‘iga ega bo‘lgan amir majlislarda hurmat-izzatga ega bo‘lib, xos kishilardan hisoblangan.
“TEMUR TUZUKLARI”.AMIR TEMUR SHAXSI VA UNING BUYUKLIGI.
Rus olimi D.Logofet Temur davridagi tuzumga quyidagicha baho berib: “Yevropada Konstitutsiya haqida tushunchaga ham ega bo‘lishmagan bir davr- da ana shu Temur davlatida Konstitutsion qonunlar majmuasi mavjud bo‘lgan va amal qilgan”, deb yozgan edi. Olim Temur davlatidagi “Konstitutsion qo- nunlar majmuasi” deganda “Temur tuzuklari”ni nazarda tutgan edi.Sohibqiron Amir Temur tomonidan yozib qoldirilgan “Temur tuzuk- lari”ning bir qo‘lyozma nusxasi Yaman hokimi Ja’far podshoh tomonidan mil- liy kutubxonada saqlangan. Bu asarning fors tiliga tarjimasini Mir Abu Tolib Hasaniy at-Turbatiy amalga oshirgan. Tuzuklaming ana shu nusxasi XIX asr- ning oxirlarida rus tiliga tarjima qilingan va bugungi kungacha yetib kelgan. Asar butun dunyoga mashhur bo‘lib, ko‘p tillarga tarjima qilingan. Uning forscha tarjimasi ingliz mayori, professor Uayt tomonidan 1783-yilda Oks- fordda chop etilgan. Ushbu nashrning forscha matni hech o ‘zgarishsiz Kalkutta va Bombey shaharlarida, 1963-yilda Eronda nashr etilgan. Asar 1787-yilda fransuz sharqshunosi L. Lyangle tomonidan fransuz tiliga ham tarjima qilinib nashr etilgan. “Temur tuzuklari” ikki bo‘lim va 56 banddan iboratdir. Kitobda bo‘limlar maqola nomi bilan atalgan.“Tuzuklar”ning birinchi bo‘limida Temurning davlatni barpo etish va mus- tahkamlash, qo‘shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklari bayon etilgan. Ikkinchi bo‘limida esa, Amir Temur tomonidan o ‘tkazilgan 13 kengash tafsilotlari va ularda Sohibqironning amalga oshirgan tadbirlari bayon etilgan. Shuningdek, bu bo‘limda Amir Temur nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o ‘ziga xos vasiyat va pand-u nasihatlari ham berilgan.“ .. .Davlat agar din-u oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, - deb yozadi Amir Temur, - unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xshaydi, uni ko‘rgankimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kas-u nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o ‘xshaydi.Shuning uchun ham o‘z saltanatim binosini dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim”.Amir Temur yana davom etib: “Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlami mamlakatdan quvib chiqardim, - deb yozadi.Oliyjanob axloqiy fazilatlarni Amir Temur hazratlari ulug‘labgina qolmagan, balki bu fazilatlarning bajarilishini davlat hududida yashayotganfuqarolardan, hatto o‘z oila a’zolari tomonidan ham so‘zsiz bajarilishini talab qilgan.“Temur tuzuklari”da ishlab chiqilgan ayrim tamoyillarga e’tibor qaratamiz:
Birinchidan,“men o‘z saltanatim binosini dini islom va tuzuk asosida mustahkamladim”.
Ikkinchidan, hayotda davlat ishlarini boshqarishda odillik, adolat va haqi- qatning ustuvorligini ta’minlash uchun kurashdim. Oddiy xalq manfaatlarini himoya qilish, jabrdiydalarga madadkor bo‘lish, ig‘vogar va tuhmatchilarga ishonmaslikka amal qildim... Adolat va insof bilan tangrining bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim... Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohlarga in’omlar ulashdim. Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim... Buzuqi va og‘zi shaloq g‘iybatchi odamlarni majlisimga yo‘latmadim, so‘zlariga amal qilmadim. Biror kimsaga tuhmat-u g ‘iybat qilsalar, quloq solmadim.
Uchinchidan, davlatni boshqarish, idora qilish ishlarini halol, nasl-nasabli, asil, vijdonli, aql-farosatli, xushmuomalali, sabr-toqatli kishilarga topshirdim. Amir Temur “Davlat arboblari bag‘ri keng, og‘ir, vazmin, odamlarga nisbatan kek saqlamaydigan, kechirimli va g ‘oyatda xushaxloqlilik fazilatlariga ega bo‘lishi kerak”, - deb hisoblar va bu fazilatlami juda-juda qadrlar edi: “Hech kimdan o ‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim”, degandi u.
To‘rtinchidan, yuksak insoniy, axloqiy fazilatlarni ulug‘lash, noinsoniy, noaxloqiy va tubanlik ko‘rinishlariga qarshi shafqatsiz kurash. Amir Temur yozadiki, “...hozirgi damgacha o‘tgan sultonlaming qonunlarini va turish-tur- mushlarini donolardan so‘rab-surishtirdim. Har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlarini, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim”.
“Temur tuzuklari”dagi pand-u nasihatlar Temuriy shahzodalarga bag‘ishlab yozilgan bo‘lsa-da, bu tuzuklardagi davlat tutish ishlaridan sharq hukmdorlari, jumladan: Shoh Jahon, Buxoro amiri Abdullahadxon va Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davlat ishlarini boshqarishda keng foydalanganlar.Sovetlar davrida Amir Temur va temuriylar davri qisqa qilib tarixda saqlangan bo‘lsa-da, bu davrning buyuk sardori Amir Temur bosqinchi, jallod, kallakesar shaxs sifatida tarixda gavdalantirildi.Bu davr tarixi ham boshqa davrlar tarixi singari bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, butunlay boshqacha qiyofaga kiritildi va o‘zbek xalqi tarixi soxtalashtirildi.Hatto, shu darajaga borib yetildiki, tarixdagi boshqa hukmdorlar qilgan xunrezliklarning ayrimlari Amir Temur nomi bilan bog‘landi.Ular bu buyuk shaxsning xalq, yurt va nihoyat jahon xalqlariga qilgan ulkan xizmatlarini berkitishgacha borib yetishdi.Chunki ular bu xalq bir paytlari o‘z yurtining dunyo miqyosida alohida o ‘ringa ega bo‘lganligini, shu yurt, shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda jahon ahlini lol qoldirganini, xorij davlat hukmdorlarining ko‘pchiligi o ‘zlariga qaratilgan xavfdan xalos bo‘lish uchun bu sarkardadan yordam so‘raganlarini va eng muhimi, bu xalq o ‘z o ‘tmishining buyuk ekanligini bilishlarini hech ham xohlamas edilar.Ular o‘tmishda buyuk qudratli davlat tuzib, dunyoni titratgan, dunyo sivi- lizatsiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, jahonda bir emas, ikki marta uyg‘onish sodir etgan xalq hech qachon kimlarningdir zug‘umi, zulmi ostida yashashni istamasliklarini bilar edilar.Shu bois ham ular Amir Temurni jallod, kallakesar, bosqinchi sifatida gavdalantirib, tarix sahifalarini o‘zgartirgan edilar.O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi boy va qiziqarli tarixni haqqoniy va xolisona qayta tiklash imkoniyatini ham berdi. Biz nafaqat Amir Temur va temuriylar davri tarixini qayta tikladik, balki Amir Temur nomini oqlab, poklab, istiqlolning faxri, g ‘ururi sifatida qabul qildik.
O‘zbekiston birinchi Prezidentining: “...davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g ‘ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib qolg‘usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”, - deb g ‘urur bilan aytgan so‘zlari ham buyuk Sohibqironning bugungi istiqlol uchun qanchalik qimmatliligini ko‘rsatadi.Istiqlolning dastlabki yillari AmirTemur tavalludining 660 yilligini nishonlashdan boshlanganligini, 1996-yilni “Amir Temuryili” deb e’lon qilinganligi, bu to‘y nafaqat respublikada, hatto jahon miqyosida, YUNESKOning Parijdagi qarorgohida o ‘tkazilishi ham Amir Temurning buyuk shaxs bo‘lganligini anglatadi. Bu zotning buyuk shaxs bo‘lganligini nafaqat o ‘zbek xalqi, balki jahon ahli ham to‘liq bilishi lozim edi. Shu bois ham Amir Temur yubileyi Parijda o ‘tkazilib, Prezident I.A.Karimov: “YUNESKOning Parijdagi qaror- gohida Amir Temur bobomizning to‘ylarini o ‘tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu insonning, eng avvalo, buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo‘lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini olam ahliga bildirish edi”, - deb bejiz ta’kidlamagan edi.Amir Temumi o ‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Ibn Arabshoh uni shunday tasvirlaydi: “Temur baland qadli, uzun bo‘yli, tik qomatli, go‘yo u qadimiy pahlavonlar avlodidan bo‘lib, keng peshonali, katta boshli, g‘oyatda kuchli va salobatli, ajoyib bo‘lalik, rangi oq-u qizil yuzli, lekin dog‘siz ,qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo‘g‘on, qaddi-qomati kamolga yetgan, yo‘g‘on ovozli edi. U o‘limdan qo‘rqmas, hazil-mazax va yolg‘onni yoqtirmas edi”.Amir Temur jahon tarixida o ‘chmas iz qoldirgan buyuk inson. Temur shaxsi mashhurligining boisi, negizi nimada? Ko‘p tarixiy dalillar guvohlik beradiki, u xudojo‘y, odil va orif oilada dunyoga kelib, yoshligidanoq yaxshi tarbiya ko‘rgan. U tirishqoq, o ‘tkir zehnli, e’tiqodi mustahkam, mehnatdan qoch- maydigan bo‘lib sgan. Hayot so‘qmoqlarini barvaqt anglagan, voqealami chuqur tahlil qila biigan va tegishli xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Sohibqiron davlat ishlarini maslahat-u mashvarat bilan olib borgan. Shu bilan birga u mustaqil fikrga ega bo‘lgan mulohazakor siymo edi. U saltanat ishlari xususida fikr yuritar ekan, qudrat kuchda emas, adolatdadir, degan xulosaning teran ma’nosini anglagan. Katta iste’dod va salohiyat sohibi Temur jamiyat taraqqiyoti mazmunini, uning obyektiv qonunlarini va bu qonunlami harakatga keltirish mexanizmini yaxshi anglagan buyuk davlat arbobi va mohir siyosatchi blgan shaxs. Bunga ishonchli asos uning tuzuklaridir. Temur odamlar kayfiyatini, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqroq ko‘ra bilgan qobiliyatli siymo. Xullas, Sohibqiron o ‘z faoliyatida iymon-e’tiqodga, aniq qonun-qoidalarga tayanib qattiqqo‘llik bilan saltanatni idora qilishga intilgan siyosiy arbob.Tarixni xalq yaratadi. Albatta, bu fikrda chuqur mazmun bor. Shu bilan birga, ma’lumki, jamiyatda katta burilishlar, jiddiy o ‘zgarishlar odatda yirik siymolar faoliyati, ularning zo‘r tashkilotchilik qobiliyatiga bog‘liq. Bu shaxsning xalq ommasini o ‘z g‘oyalari atrofida birlashtirishi, ulami buyuk maqsadlar sari safarbar qila bilishi katta o‘rin egallaydi. Amir Temur shunday rahnamolik xislatlariga ega bo‘lgan dono hukmdor edi. Shu boisdan ham unga katta zafarlar yor bo‘ldi.Amir Temur butun umri davomida islomga qattiq e’tiqod qo‘ydi. Bunday e’tiqodga ega inson hech qachon birovlarga shafqatsizlik qilmaydi. Ularing pand-nasihatlari ham insonlami ezgulikka chorlaydi.Amir Temur o‘zining “Tarjimai hol” asarida yozishicha, hayoti davomida quyidagi 12 nasihatga to‘la rioya qilgan va ularni dastumlamal deb bilgan.
Buni o ‘limi oldidan farzandlariga qilgan quyidagi nasihati ham tasdiqlaydi.
“O‘g ‘illarim, millatning rohati va saodatini saqlamoq uchun qoldirayotgan nasihat va tuzuklami yaxshi o ‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Aks holda o‘zaro nizolar vujudga kelgay, raiyat boshiga tashvish va nadomatlar ortib,mamlakat obodonligi barham topgay...”8
Yuqorida zikr etilgan 12 nasihat matni quyidagilardan iborat:
1. Bunday sifatlarning eng aw ali deb, men beg‘arazlikni hisobladim. Ham- maga ham men bir xil jiddiy va odil qarardim, hech kimni bir-biridan farq qil- masdim, boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymas edim.
2. Men har doim din aqidalariga qat’iy rioya qilardim va tangri taoloningamri bilan ulug‘langan shaxslarga hurmat bilan qarardim.
3. Men kambag‘allarga ko‘p ehson qildim: har bir mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar yaxshi hal qilishga butun jahdimni sarfladim.
4. Butun harakatimni umumiy foydaga qaratdim. Bunda birovga besabab ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘kragidan itar- madim. Qur’ondagi parvardigoming amri bandalar uchun vojibdir, degan ma’nodagi barcha oyatlarni o‘zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo‘yi bar- cha yumushlarimda ularga amal qildim.
5. Diniy masalalar bilan bog‘liq ishlarni men kundalik va dunyoviy ishlardan doimo yuqori qo‘yib keldim.
6. Men barcha so‘zlarimda haqiqatgo‘ylikka amal qildim: bu dunyo va u dunyo haqida eshitganlarimdagi haqiqatni yolg‘ondan ajrata bildim... har bir ishda adolat saqlashga va to‘g ‘ri yo‘l tutishga umr bo‘yi harakat qildim.
7. Men hech qachon bajara olmaydigan va’dani bermaganman. Bergan va’damni to‘liq bajarayotib, hech bir kimsaga nohaqlik bilan ziyon yetkazmadim.
8. Men o ‘zimni Ollohning yerdagi eng birinchi itoatkor bandasi, deb bildim va uning yoki payg‘ambarning amrisiz biror ishga qo‘l urmadim. Parvardigorning amrisizyerdayashayotgan xalqlarning birortasiga ziyon yetkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriyat qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo‘lishga intilmadim va shuningdek, hech qachon ko‘proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Men hech qachon birovga hasad bilan qaramadim.
9. Men dinga har doim birdek qaradim. Tangrining amrini va payg‘ambar hadislarida aytganlarini to‘la ado etishga intildim. Men barcha qilmishlarimda shariat yo‘sinlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o‘zimni tiydim. Payg‘ambami va uning maslakdoshlarini o ‘zimning yagona va eng yaxshi do‘stlarim deb bildim.
10. Men islom bayrog‘ini baralla ko‘tardim va iymon tarqatishni o‘z buyukligimning qudrati deb bildim. Men iymon bilan qudrat bir onadan tug‘ilgan deb eshitganman. Shuning uchun mustahkam iymonga tayangan qudrat buyuk bo’ladur.
11.Men doimo sayyidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e’zozlardim. Bu kishilar, har doim mening majlisimda ishtirok etardilar. Ularning din masalalari yuzasidan aytganlarini men diqqat bilan tinglab olardim va aniq bajarardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi.
Men o‘zimning ikromiyatim va rahmdilligim tufayli kishilarning eng past tabaqalarining ham, hatto gadoylarning ham rahmatiga sazovor bo‘ldim. Men butun jahdim bilan bu tabaqadagi kishilarning ahvolini osonlashtirishga harakat qildim.Eshitganmanki, podshohlarning shuhrati ularning o ‘z fuqarolariga rahm- dilligidadir. Eshitganmanki, xudo biror kimsani ulugMash bilan rahmat ato etgan boiadi. Tangrining bunday rahmatiga erishgan kishi esa odil va rahmdil bo’lishi kerak. Men saltanat taxtiga o ‘tirishim bilan shu qoidalarga doimo amal qildim va bu sihatlarni o‘zlashtirib oldim, - deb ta’kidlangan edi ushbu nasihatlarda.
Buyuk Sohibqironning boshqa hukmdorlardan farqli jihati shunda ediki, u harbiy yurishlarida ham vayronagarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilgan, hatto o‘z qo‘l ostiga o‘tgan hududlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Urushlar tufayli ishdan chiqqan xalq xo‘jaligini tiklashni, vayronagarchilikka chek qo‘yishni, xalq chekkan aziyatlarni davolashni, garchand u g‘olib kelgan bo‘lsada, o‘zining muqaddas burchi deb tushungan va unga to‘laligicha amal qilgan. Hazrat Sohibqironning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o ‘n g ‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”, - degan so‘zlari bejiz aytilmagan, albatta.Amir Temur Xurosonga yurish chog‘ida (1381-yil) Murg‘ob vodiysida to‘xtab, qo‘shinlarga ushbu daryodan ariqlar chiqarishni buyuradi. Qazilgan 16 ta ariq shu atrofdagi xalqlarga obi-hayot olib keladi. Rumga yurish oldidan (1401) Qorabog‘da qishlab turgan chog‘ida esa, bir oyga yaqin muddat ichida Aras (Araks) daryosidan suv oladigan ariq qazdiradi. Barlos nomli bu ariq 80 km uzunlikda b o iib , unda kemalar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilgan.1403-yilda mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron etilgan Boylakon shahrini ham qayta tiklaydi. Hatto urush tufayli vayronaga aylangan, sharqning, islom dunyosining markazlaridan biri Bag‘dod shahrini qayta tiklab, bir yil ichida shahar avvalgi qiyofasiga keltirilgan edi. 0 ‘z harbiy faoliyatida zo‘ravonlik qilish, boshqa mamlakatlarni bosib olish, odamlarga berahmlik bilan ular boshida qamchi o ‘ynatish maqsadini qo‘ygan emas. Uning harbiy siyosati davlatni boshqarishning boshqa sohalari singari asosan adolatga va bunyod- korlikka qaratilgan edi.Ba’zi mamlakatlarda adolat poymol etilgan, hukmdoming xalqqa jabr-zulmi kuchaygan hollar ham Amir Temurni shu mamlakat hukmdorlariga qarshi yurish boshlashiga majbur etgan. Bunday qilish, o‘sha mamlakatlarda adolat o‘rnatib, xalq manfaatiga yo‘l ochishlik uning amal qilgan g ‘oyasi hisoblangan. Bu xususda “Tuzuklar”da quyidagilami o‘qiymiz: “Biror mamlakatda jabr-zulm va fisq-u fasod kuchayib ketarkan, asl podshohlar adolat o‘rnatish, fisq-u fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatning sharofati bilan mamlakatni zolimning qo‘lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi”.Amir Temur o ‘z rejalarini amalga oshirish uchun urushlarsiz,qon to‘kishlarsiz harakat tarafdori edi. Besabab biror yurtga qilich ko‘tarib bormagan, imkon qadar munosabatlarni diplomatik yo‘llar bilan hal etishga harakat qilgan. Munosabatlarni tinch yo‘l bilan, diplomatiya usuli bilan hal etishni istamagan raqibga qarshi urush qilishga majbur bo‘lgan. Bu xususda hazrat Sohibqiron hayotidagi harbiy yurishlarining sabablarini quyidagi ayrim misollar orqali ham bilib olish mumkin.Amir Temur Misr hukmdori az-Zohir Sayfiddin Barquq (1390-1399) bilan diplomatik aloqalar o ‘matish borasida bir necha bor yozishmalar qilgan. Mana shunday bir sharoitda Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf (1389 - 1420) Amir Temur tomonidan Arzirun (Turkiyaning shimoli-sharqida joylashgan) shahri yaqinidagi Avnik qal’asiga hukmdor qilib qo‘yilgan Otlamish qovchinni jang- da asir olib, uni Misr sultoni saroyiga jo ‘natib yuboradi. Temur Barquqga uni qaytarish borasida 20 dan ortiq xat yuboradi. Xatlarga qo‘rslik bilan javoblar qaytaribgina qolmay, balki Temuming elchilari jazoga tortiladi. Buning usti- ga Barquq Temur dushmani To‘xtamish bilan ittifoq ham tuzadi. Bu xabarlar Temurni bu davlatga qarshi umsh ochishiga majbur etadi.Amir Temuming Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1 3 8 9 -1 4 0 2 ) bilan to‘qnashuvi ham ana shunday sabablar tufayli sodir bo‘ldi. Iroqi arab hokimi va Ozarbayjon hukmdori Qora Yusuf Amir Temurdan yengilgach, qochib borib, Usmoniylar saroyidan panoh topdilar. Amir Temur va Boyazid o‘rtasida elchilar qatnab, maktublar almashindi. Maktublarda Amir Temur Iroqi arab va Ozarbayjon hukmdorlarini qaroqchilik va yo‘lto‘sarlikda ayblab, ulami tutib berish yoki mamlakatdan badarg‘a etishni Boyaziddan talab qilgan. Boyazid esa bu talabni kamsituv sifatida qabul qilib, Temurga o ‘ta qo‘rs ohangda javob yo’llagan. Bundan tashqari, To‘xtamish bilan ham ittifoq tuzgan. Bu holatlar ikki o‘rtada urushni keltirib chiqargan va 1402-yilda Anqara jangi bilan yakunlangan.Sohibqironning Hindistonga yurishi ham Hind hukmdorlarining mamlakat aholisiga va musulmonlarga nisbatan g‘ayriqonuniy siyosatiga, ulaming talonchiligi va Temur davlatiga xavfini yo‘qotish sababli edi. Bu haqda Sohibqironning Sherozda hukmdor bo‘lib turgan nabirasi Pirmuhammadga yozgan xatidan ham bilish mumkin. Bu xatda ushbu sabab haqida shunday yoziladi:”...Bizning ulug‘ xotiramizga yetkazilgan xabarlarga qaraganda marhum sulton Feruzshoh ...vafot etgach, zarharit ko‘llari Dehli va Islom diyoriga taalluqli boshqa joylami uning farzandlariga bermasdan, g ‘oratgarlik va talon- tarojni o‘zlariga shior qilib, tojirlaming kelishib-ketishi eshiklarini berkitib, qaroqchilikni chunon avj oldiribdilarki, xarobgarchilik qilish imkoni bo‘lgan biror daqiqani bekor o‘tkazmas ekanlar”.Amir Temurning buyuk davlat arbobi ekanligi yana shunda ko‘rinadiki, u o‘z saltanatiga qo‘shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo‘yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqqan edi. Bunday rahbarlar Sohibqiron talabiga ko‘ra quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim bo‘lgan:
1.Oliyjanob tabiatli va ruhiy holatining ko‘tarinkiligi.
2. Nozik aql va ziyraklik.
3. Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinlarga murojaat qila bilish.
4. Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelmoq.
Bu qoida va talablar hokimiyatni idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o ‘rinni egallagan.Amir Temuming davlat yuritish ishlarini o‘ta pishiqligini uning “Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirdim”, deb aytgan ibratomuz so‘zlaridan ham bilib olish mumkin.Amir Temur o ‘z hayoti va faoliyati davomida shunday buyuk xizmatlar qildiki, uni dunyo xalqlari bugungacha yodda saqlaydilar. Uning O‘rta Osiyo tarixi va jahon tarixidagi o ‘rni va roli beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |