I. Fanning mazmuni. Fanni O‘qitishdan maqsad – bO‘lg’usi boshlang’ich sinf O‘qituvchilariga milliy O‘quv dasturi talablari asosida matematika va uni O‘qitish metodikasi fanidan muhim bO‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish va ularni amalda qO‘llay olishini ta’minlash.
Fanning vazifasi – talabalarni matematika O‘qitish metodikasi bO‘yicha davlat ta’lim standarti va O‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang’ich ta’limda O‘rgatishning zamonaviy ilg’or metod va usullarini O‘rgatish vazifalarini bajaradi.
Shuningdek O‘qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
2) nazariy bilimlar tizimini O‘rganish jarayonini yoritib berish;
3) ta’limni insonparvarlashtirishni;
4) matematika O‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
5) O‘qitishning innovatsion, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiya yutuqlari;
6) O‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bO‘lgan IV–V sinf matematikasi mazmuni bilan uzviyligi ta’minlanishini nazarda tutadi.