25. Boshlang’ich sinflarda tO‘plam va kombinatorika elementlari, mantiqiy masalalar. Boshlang’ich sinflarda kombinatorika elementlari va mantiqiy masalalar. TO‘plam, mantiq elementlari: mulohaza, rost va yolg’on mulohazalarga doir masalalar.TO‘plam.TO‘plamning qismi. TO‘plam tushunchasi. TO‘plamning qismini topish. TO‘plamni qismlarga ajratish.Venn diagrammasi. TO‘plamlar kesishmasi haqida tushuncha. Venn diagrammasi yordamida bajariladigan topshiriqlar, tO‘plamlar orasidagi bog’lanishlarni kO‘rsatish. Ma’lumotlarni tasvirlash usullari. O‘zgaruvchining qiymatiga kO‘ra sodda jadval, grafik va diagrammalar tuzish. Ma’lumotlarni grafik kO‘rinishida tasvirlash. Doiraviy diagrammalar. Doiraviy diagrammalar yordamida berilgan ma’lumotlarni O‘qish, solishtirish va taqdim etish.Grafik kO‘rinishdagi obyyektlar ustida ishlash. Ma’lumotlarni qayta ishlash.Geometrik shakllar kO‘rinishdagi ma’lumotlar.Reja tuzish. Ish tartibini muhokama qilish. Hayotiy faoliyat uchun zarur bO‘lgan rejalar tuzish.
III. AMALIY MASHG’ULOTLARI BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR Fan bO‘yicha rejalashtirilgan amaliy mashg’ulotlar davomida nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Amaliy mashg’ulotlarda tadbiqlar keng qO‘llanilayotgan asosiy matematik usullarni O‘rgatishga e’tiborni kuchaytirish lozim. Ma’lum sababalarga kO‘ra ma’ruzaga kirmagan va murakkab bO‘lgan tushunchalarni amaliy mashg’ulotlarda kO‘rib O‘tish maqsadga muvofiqdir.
Amaliy mashg’ulotlarni O‘tkazishda quyidagi didaktik taomiyllarga amal qilinadi:
amaliy mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
O‘qituvchining innovasion pedagogik faoliyati bO‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg’otish;
talabada natijani mustaqil ravishda qO‘lga kiritish imkoniyatni ta’minlash;
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
amaliy mashg’ulotlarda nafaqat aniq mavzu bO‘yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: