Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik elektromexanika yo’nalishi 23as guruhi talabasi Rashidov Bekzodning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 180,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix07.01.2024
ölçüsü180,89 Kb.
#204651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik



Mavzu: Din, dinshunoslik, din falsafasi
teologiya, teosofiya, xudojo’ylik, diniy e’tiqod, 
aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati

Din arabcha so’z ekani barchaga ma’lum. Lekin din tushunchasini
to’liq anglab olish uchun, uning ham lug’aviy, ham istilohiy ma’nolarini
alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Arab 
tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so’zi “
ناد

(

dâna”) fe’lidan
yasalgan bo’lib, “kimgadir bo’ysunmoq, bo’yin egmoq, itoat etmoq, 
kimdandir qarzdor bo’lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha
mukofotlamoq”; “diynun” so’zi esa, “din, imon, ajr–mukofot, qilingan
ishga yarasha berilgan haq” kabi ma’nolarni bildiradi.



O’zbek tili lug’at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, 
hukm, hisob, jazo, tadbir, bo’ysunish,
itoat qilish
, ibodat, parhez, yo’l tutish, 
odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o’tiladi. Islomdan avval
turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”, 
“darm”, “nom” va “den” kabi so’zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”, 
“darm” din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali
tilida dhamma); “nom” din ishonch, qonun ma’nosida sug’d tilidan kirib
kelganligi aytiladi. O’zbek tilidagi “din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha
tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida
“daena”, qadimgi fors pahlaviy tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so’zi
ishlatilib, «yo’l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. 
Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so’zi «din» tushunchasini ifodalash
uchun umumiy termin bo’lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan.



Yüklə 180,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin