•
Fayoztepa “vixara” (sanskritcha – kulba, boshpana, buddaviy rohiblarning
yomg‘ir mavsumi vaqtida yashaydigan kulba, hovli va bog‘dan iborat bo‘lgan
joyi) uslubidagi ibodatxona bo‘lib, uning markazida diniy marosimlar
o‘tkazilgan. Ibodatxona bilan yonma–yon joylashgan stupadan oltin suvi
yurgizilgan, sopol va marmardan yasalgan haykallar topilgan.
Bu yerdan
marmartoshdan nafis ishlov berib yasalgan muqaddas “Boddxa” daraxti
ostida o‘tirgan Budda va uning ikki tomonida turgan ikki rohib haykali ham
topilgan.
•
Qoratepa xarobasidan shimoliy Baqtriyadagi eng katta va mahobatli stupa
topilganini alohida qayd etish lozim. Bizgacha stupaning asosi hamda
zinapoyaning ikki tomonida joylashgan kichik stupalar, o‘sha davrga tegishli
yozuv namunalari saqlanib qolgan.