Mavzu: Zardushtiylikning diniy ierarxiyasi
•
E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi –
Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. XI asrdan to
mil. XII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini
maqomida bo’lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht
vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik
manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm
zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng
buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi.
•
Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov –
«Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi»,
deyiladi. «Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga
to’g’ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va
najot» sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng
birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja»,
keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va
muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi
(Baqtriya) zikr etiladi.
Mavzu: Buddaviylik dinining paydo
bo’lish ta’rixi, asosiy ta’limotlari,
oqimlari va manbalari
•
Buddizmning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda
hisoblangan. U tarixiy shaxs bo`lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli
rivoyatlar mavjud. Uning nomi xind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan
degan maononi bildiradi. Rivoyatlarga qaraganda, keng maonoda ko`p marta
ilohiy tug’ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshqalarga ham
diniy najot yo`lini ko`rsata oladigan odamdir.
Aslida barkamollikka erishgan inson diniy emas, dunyoviy najot (ozodlik,
erkinlik, mustaqillik, ma`naviyat) yo`lini bosib o`tishi va boshqalarga bu
yo`lni ko`rsatishi mumkin xolos.
•
Tor ma`noda ega Budda buddizm asoschisi hisoblangan Gautamadir. U go`yo
“nurlangan”, ya`ni “haqiqiy bilimga erishgan”dan so`ng unga SHakoya-Muni Budda
nomi berilgan. Rivoyatlarga ko`ra u Gang daryosining o`rta oqimida joylashgan kichik
bir davlat shaxsining o`g’li bo`lgan ekan. Bu shaxsning xotini ilohiy homiladorlikdan
Gautamani tug’gan. U voyaga etgach, har qanday mavjudoddek azob-uqubatdan
iborat degan xulosaga kelgan. U 7 yil tarki dunyolikda yashagandan keyin “haqiqatga
erishgan” va buni shahar qishloqlar bo`ylab targ’ib qila boshlagan.
Gautama o`z taolimotining asosiy qoidalarini "4 oliy haqiqat" tusida bayon etgan.
Uning shogirdlari Er yuzida birinchi rohiblik (monaxlik) jamoasini tashkil etib, ular
joylashgan xonaqohlar qurdirgan. Keyin Budda xaykallari o`rnatilgan hashamatli
ibodatxonalar bunyod etilgan. eramizning II-III asrlarida to`plangan Buddaning
tarjimai xoli haqiqatdan ham bor bo`lgan targ’ibotchi haqidagi xotiralarga
asoslanganmi yoki yo`qmi ekanligi dinshunoslikda hal qilingan emas. Biroq
buddizmning birdan-bir "yaratuvchisi" emasligi shubhasiz.
|