Mavzu: Din, dinshunoslik, din falsafasi,
teologiya, teosofiya, xudojo’ylik, diniy e’tiqod,
aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati
•
Din arabcha so’z ekani barchaga ma’lum. Lekin din tushunchasini
to’liq anglab olish uchun, uning ham lug’aviy, ham istilohiy ma’nolarini
alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Arab
tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so’zi “
ناد
”
(
“
dâna”) fe’lidan
yasalgan bo’lib, “kimgadir bo’ysunmoq, bo’yin egmoq, itoat etmoq,
kimdandir qarzdor bo’lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha
mukofotlamoq”; “diynun” so’zi esa, “din, imon, ajr–mukofot, qilingan
ishga yarasha berilgan haq” kabi ma’nolarni bildiradi.
•
O’zbek tili lug’at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk,
hukm, hisob, jazo, tadbir, bo’ysunish,
itoat qilish
, ibodat, parhez, yo’l tutish,
odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o’tiladi. Islomdan avval
turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”,
“darm”, “nom” va “den” kabi so’zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”,
“darm” din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali
tilida dhamma); “nom” din ishonch, qonun ma’nosida sug’d tilidan kirib
kelganligi aytiladi. O’zbek tilidagi “din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha
tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida
“daena”, qadimgi fors pahlaviy tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so’zi
ishlatilib, «yo’l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan.
Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so’zi «din» tushunchasini ifodalash
uchun umumiy termin bo’lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan.
Dostları ilə paylaş: |