Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik elektromexanika yo’nalishi 23as guruhi talabasi Rashidov Bekzodning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu: Yahudiylik ta’limoti, an’ana



Yüklə 180,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix07.01.2024
ölçüsü180,89 Kb.
#204651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik

Mavzu: Yahudiylik ta’limoti, an’ana
va marosimlari

Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan “O‘n (10) amr”ga
rioya qilishga asoslanadi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso 
payg‘ambarga Tur tog‘ida ikki marta tushirilgan bo‘lib, “Tavrot”ning “Chiqish” 
va “Ikkinchi qonun” kitoblaridan o‘rin olgan. Bu xususda “Chiqish” kitobining
32–bobida: “So‘ngra Xudovand Musoga so‘zlashuvdan forig‘ bo‘lganidan
keyin, Sino tog‘ida ikkita shahodat lavhasini berdi. Xudovandning qo‘llari bilan
yozilgan ikkita tosh lavha...” deyilgan. Yahudiylarga ko‘ra, Muso o‘z qavmini
qo‘llari bilan yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bundan g‘azablanib, uni
uloqtirib tashlab sindirganidan keyin Xudo qo‘yidagi O‘n amrni qayta tushirgan:



– Dunyoni yaratgan, yakka–yu yagona Yahvedan boshqa iloh yo‘qligiga imon
keltirish; – Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik; – Xudoning nomini bo‘lar
bo‘lmasga tilga olavermaslik; – Shanba kunini muqaddas bilib, u kunda dam 
olish; – Ota–onani hurmat qilish; – Qotillik qilmaslik; – Zino qilmaslik; –
O‘g‘rilik qilmaslik; – O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik
bermaslik; – O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonlariga, umuman unga
tegishli bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirmaslik. Shanba kunini muqaddas, deb 
bilish yahudiylar nazdidagi eng muhim e’tiqodlardan biridir. Bu borada “Ibtido” 
kitobida: “Shanba kunini muqaddas deb bilishing uchun eslagin. Olti kun ishlab, 
ishingni qilib olasan. Ammo yettinchi kun, Xudovandning dam olish kunidir. 
Sen va o‘g‘ling ham hech qanday ish qilmaysan. Qizing, quling, joriyang, 
uyingdagi mehmoning ham. Chunki olti kunda Xudovand osmon, yer, dengiz
va ulardagi barcha narsalarni yaratdi. Yettinchi kun esa dam oldi. Shuning uchun
ham, Tangri sabt (shanba) kunini muborak qildi va ulug‘ladi”.



Yüklə 180,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin