va diniy marosimlari
•
Zardushtiylikda marosimlar qat’iy belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Har kim
amal qilishi lozim bo‘lgan shart amallar bo‘lib, ularga ko‘ra, barcha
marosimlarni diniy malakaga ega erkak kishigina amalga oshirishi mumkin,
ishtirokchilar pok holda, Sadre (oq rangli maxsus zardushtiylik ko‘ylagi),
Kushti (maxsus kamar) va bosh kiyimda bo‘lishi, ayollar esa sochlarini ro‘mol
bilan berkitishi, ishtirokchilar tik turgan holda olovga yuzlanib, ibodatlar
avesta yoki pahlaviy tilida olib borilishi ta’minlanadi. Marosimda dinsiz yoki
boshqa din vakilining ishtiroki xosiyatsiz hisoblanadi.
•
Zardushtiylar kunlik Gohi – kunning goh, deb nomlanuvchi vaqtlarida besh
mahal – Xavan goh (tongdan peshingacha), Rapitvin goh (peshindan so‘ng),
Uzarin goh (kun botishdan oldin), Aivisrutrim goh (kun botgandan so‘ng),
Ushaxin goh (yarim kechadan tongacha) ibodatni amalga oshirganlar.
•
Zardushtiylik marosimlari zamirida har qanday nopoklikka qarshi kurash
ta’limoti yotadi. Bunda poklanish muqaddas olov yordamida amalga oshadi.
Zardushtiylar ibodatxonasida (otashkade) uzluksiz ravishda muqaddas
olovning yonib turishi ta’minlanadi. Ba’zi ibodatxonalarda bir necha yuz
yillardan beri muqaddas olovlar o‘chmasdan kelmoqda. Muqaddas olovlarni
o‘chib qolmasligini Mobad (diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab
qolish mas’uliyatini olgan, ruhoniylar oilasi)lar ta’minlaydi. Mobadlar olovni
har qanday holatda ham asrashi zarur bo‘lgan. Yangi olovni yoqish faqatgina
istisno vaziyatlarda amalga oshiriladi.
Mavzu: Zardushtiylikda tabiatning
ulug’lanishi
•
Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli
ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi
hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga
sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand,
oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din»
deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning
irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi
«Axura» qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo
bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir.
•
Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu
(yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib
ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi.
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta
yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart.
Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda
dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn
marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari»
– daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini
tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib
minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan
nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
|