Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik elektromexanika yo’nalishi 23as guruhi talabasi Rashidov Bekzodning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu: Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi



Yüklə 180,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix07.01.2024
ölçüsü180,89 Kb.
#204651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik

Mavzu: Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, 
predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.

Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy
asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida
insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan
umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, 
ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa
berildi.



O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq
belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki
hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, 
Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini
hisobga olib
, 1991 yil
14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul
qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida
sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Diniy
ongning ibtidosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va
adolatsizlik»
kabi axloqiy
kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, 
din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda
dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa
funksiyalar mustahkamlandi.


Mavzu: Dinlarni tadqiq etish metologiyasi, 
tipologiyasi, qiyosiy, tarkibiy-funksional, genetic 
tahlil, qiyosiy dinshunoslikning metodlari

Diniy mafkuraning vujudga kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro'y bergan aqliy
meo'natning jismoniy mehnatdan ajralishi va buning natijasida vujudga kelgan
dastlabki qohinlar, keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog'liq. Ular o'z g'oyaviy
faoliyatlarida diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ'ib qilish bilan
shug'ullanadilar. Diniy psixologiya – ruhiy holat bo'lib diniy mafkuradan ancha oldin
vujudga kelgan. U oddiy dindorlarning his-tuyg'ulari bilan boghliq odatlari, 
kayfiyatlaridan tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik holatni g'oyalar bilan
mustahkamlasa, bunisi diniy mafkurani his-tuyg'ular, odatlar vositasida
chuqurlashtiradi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos
bo'lmagan ibtidoiy dinlarning qoldiqlari bunga misol bo'la oladi. Bularga pol ochirish, 
kinna soldirish, issiq-sovuq qildirish, va h.k.lar kiradi.



Dinning ta'rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, amaliy
ahamiyati shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bulmagan xarakatlarni bir-
biridan farqlash, ularga alohidaalohida yondashish imkonini beradi. Jamiyat moddiy
hayot sharoitlarining ta'siri ostida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy shodisadir. U 
ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma'lum bir sabablarga binoan vujudga
kelgan. Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o'rtasidagi va uchinchidan, tashqi
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo'linadi. Bu aloqalarning ob'yekti va sub'yekti
diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan kishilar birligining muayyan shakli va
diniy uyushmaning boshlang'ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1)diniy e'tiqod. Maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi
faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyo'usi; 4) jamoa a'zolari orasidagi uzaro
taqsimlangan mavqei va vazifalarning birligi. Diniy jamoalarning to'zilishi an'analar va
urf-odatlar,
huquq yoki umumiy dasturlar
, qoida, fatvolar bilan belgilanadi.



Yüklə 180,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin