•
Tasavvuf ilmida komili insonni ruhan shakllantirish, kamolotga yеtkazish
nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko’ra: «Insonni Xudo
o’ziga o’hshatib yaratganmi, Allohning bu olamni paydo qilishdan ko’zlagan
bosh maqsadi ham, aslida, inson ekanmi,
dеmak inson Allohning bu
muruvvatiga shukronalar aytib, o’zini batamom Allohga bag’ishlashi, buning
uchun esa o’ziliga loyiq darajada poklashi- kamolga yеtkazishi kеrak. Ana
shunday o’zini oliy maqsadga chog’lagan, jismini unutib, ruhini Allohga qay
darajada o’stirgan,
yеtar darajada poklagan, ham extiyojlari tufayli paydo
bo’ladigan jamiki insoniy illatlardan forig’ qilgan kishilar insoni komil
bo’lganlar. Tasavvufiy aqidaga ko’ra, komil insonlar pirovardida, shubhasiz,
Alloh vasliga musharraf bo’ladilar, ruhan Tangri bilan birlashib kеtadilar».