Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik elektromexanika yo’nalishi 23as guruhi talabasi Rashidov Bekzodning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu: Diniy tashkilotlarning zamonaviy



Yüklə 180,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/26
tarix07.01.2024
ölçüsü180,89 Kb.
#204651
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Termiz Muhandislik Texnologiya Instituti Sirtqi bo’lim Konchilik

Mavzu: Diniy tashkilotlarning zamonaviy
dunyoviy me’yorlarga moslashuvining ahamiyati

Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, 
ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy
omillardan biri bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o‘ziga
xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq
me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor
qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga
ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda
hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; 
to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda
avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga
katta ta’sir ko‘rsatgan.



Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv
jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni
bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida
alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan
intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z
navbatida inson ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini
tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan
e’tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan
qiziqishning kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan
muammolar, insonning ularni hal qilish yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, 
dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlagan holda bugungi kunning
og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topishga intilishi bilan bog‘liq
ekanini ham alohida qayd etish lozim.



Yüklə 180,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin