Mavzu: Islom va boshqa diniy aqidalar
sinkretlashuvi natijasida shakllangan diniy
ta’limotlar ta’rixi
•
Inson tanasi uchun jon qanchalik muhim bо‘lsa, uning ma’naviyati, ruhiyatining
teranligi uchun ilm shunchalik ahamiyatli sanaladi.Inson ilm egallash yо‘lidan yursa
yuksaladi, aks holda tubanlikka, johillikka yuz tutadi.Bu foniy dunyoda ilmdan
bebahra qalblar jonsiz jasadga о‘xshaydi. Alloh bu olamni cheksiz ilmu hikmat bilan
yaratgan. Inson aql va tafakkur vositasida bu ilmlardan xabardor bо‘ladi, moddiy va
ma’naviy hayotda yuksaklikka kо‘tariladi. Ilm inson tafakkuriga nur baxsh etadi. U
shu nur orqali haqiqatni topadi. Ilm insonni doimo yuksak martabaga erishtiradi.
Mana shuning uchun ham islom manbalari Qur’oni karim va hadislarda ilm-fanni
egallash, ma’rifatli bо‘lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi.
•
Hadisda beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining о‘zi katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Qur’oni karimda: “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm
ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga kо‘tarur” deyilishi negizida ilmli
zotlar va unga intilganlar jamiyatda yuksak mavqe va hurmatga sazovor bо‘lishlariga
ishoradir.
Qur’oni karimda “ilm” sо‘zi asosida “Alima” bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar
750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalomga ilk nozil bо‘lgan oyat ham “О‘qi...” “О‘qi...” sо‘zidan boshlanadi.
Ushbu oyat shunday: “О‘qi! Sening о‘ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan
ta’lim berdi. Qur’oni karim ham ilm, ham hayot kitobidir. Ilm yо‘lini tutgan inson
eng sharafli yо‘lni tanlagan bо‘ladi.
Payg‘ambarimizning “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan
hadislari negizida islomning ilmga bо‘lgan yuksak e’tiboridan dalolat beradi. Yana bir
hadisda: “Insonlar yo о‘rgatuvchi yoki о‘rganuvchilarga bо‘linadi. Bundan boshqalari
esa arzimasdir, deb ta’kidlansa, boshqa bir hadisda: “Insonlar о‘likdir, faqat ilm
ahligina tirikdir”, deb bu dunyoda faqat ilm sohiblarigina haqiqatga intilganliklari
tufayli tirik ekanliklari aytiladi.
|