•
Diniy e’tiqod - insonning bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan
tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zbekiston Respublkikasi Konstitutsiyasining 31-
moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech
qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish yo’l
qo’yilmaydi». Shuningdek, 1991-yil 14-iyunda
qabul qilingan, 1998-yil 1-
mayda o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida
rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday
deyiladi: “O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki
diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga
yo’l qo’yilmaydi”. Shuningdek Qonunning 3-moddasida “Chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda
vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda
belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar”,- deyilgan.