Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda diniy axborot
iste’moli madaniyatini tarbiyalashning
zaruriyati
•
Internet
ning
“liminal makon”i
ma’naviy yoki diniy
tajriba
ga (absorbtsiya,
asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.
Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga monand 10 daqiqali
ma’naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. Zamonaviy sufiylar
internet orqali bunday aloqalar vositasida murshid va murid o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar yaxshilanayotganini e’tirof etadilar.
Internet-radio
kabi yangi
texnologik imkoniyatlar yordamida tinglovchilarni “psixonavigatsion
sayohatga” chorlaydilar.
•
Kompyuter-media
vositalari diniy
amaliyot
ga chuqur singib ketishi natijasida
kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ’ib qilish manbai
va vositasiga aylangan. Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma’lum bir yoshlar
va ayollarni kiber-ma’naviyat rasmiy ibodatxonalardan ko’ra ko’proq o’ziga jalb etadi.
Amaliy so’rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab olishini
ko’rsatgan. Ammo ba’zilar internet jonli, ta’sirchan ma’ruza bilan bellasha olmasligini
ta’kidlaydi. Shuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan o’zgarayotgan
dunyoda
“to’g’ri yo’l”
da bo’lishning amaliyoti qanday bo’lishiga oid savol va
mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim “maydon”ga aylandi.
•
Muloqotga kirishishning yana bir ko’rinishi bo’lgan
missionerlik
, ma’lum diniy
ta’limning o’sishi va ta’siri doirasining kengligi bois alohida ko’rib o’tish zarur.
Bugungi kunda din va e’tiqod erkinligi huquqi eng bahsli masaladir. Masalaning
muammoli jihati shundaki, yangi murojaat qilganlarni dinga targ’ib qilinishi agressiv
ruhda amalga oshirilayotganidadir.
|