II. KAFEDRAGA BIRIKTIRILGAN GURUHLARNING O‘ZLASHTIRISHI NISBATAN PAST BO‘LGAN TALABALAR BILAN ISHLASHNI O‘RGANISH “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasiga biriktirilgan guruhlarning darslrni o‘zlashtirish darajasini tahlil qildim. Bunga ko‘ra YS-21-A 2-bosqich bakalvr guruhida jami 30 ta talaba mavjud bo‘lib ulardan 11 nafat talaba doimiy ravishda darslarga faol qatnashib kelayotganligi, 15 nafar talaba esa o‘zlashtirishi qoniqarli darajada ekanligi ammo 4 nafar talabaning tarbiyasi og‘ir va darslarni past o‘zlashtirayotganligi ma’lum bo‘ldi. YS-21-B 2-bosqich bakalvr guruhida ham jami 30 ta talaba mavjud bo‘lib ulardan 9 nafat talaba doimiy ravishda darslarga faol qatnashib kelayotganligi, 15 nafar talaba esa o‘zlashtirishi qoniqarli darajada ekanligi ammo 6 nafar talabaning tarbiyasi og‘ir va darslarni past o‘zlashtirayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Tarbiyasi og‘ir va darslarni past o‘zlashtirayotgan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi va ularni otaliqqa olish tog‘risida o‘tkazilgan davra suhbati olib borildi. Tarbiyasi og’ir va darslarni past o’zlashtirayotgan talabalar bilan yaqindan suhbatlashildi. Ularning muammolari atroflicha o‘rganilib amaliy yordam berishga kirishildi. Tarbiyasi og‘ir va darslarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalar bilan ishlash, ularning tartib intizomi va darslarga bo‘lgan qiziqishini ortirish, darslarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini yaxshilash ucuhun bir qancha amaliy ishlar olib boriildi. “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasining professor, o‘qituvchilari N.Q. Safarov , S.Yarashov, Z. Misirov , va O.Abdurahmonovlar talabalar bilan yakka holda suxbat olib bordilar. Talabalarning fanlarni o‘zlashtirilishiga yordam berildi. Bunga ko‘ra ular bilan qo‘shimcha shug’illanildi. Fanlarn yana ham mukammalroq o‘zlashtirishi uchun ularga qo‘shimcha tarzda yangi adabiyotlar, tarqatma materallar va videoroliklar berildi. Olib borilgan suxbatlar natijasi o‘laroq birnechta talabalarning o‘zlasshtirishida sezilarli natijaga erishildi.