Termiz muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə9/9
tarix07.01.2024
ölçüsü73,8 Kb.
#209496
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ipi 22.01.23

XULOSA VA TAKLIFLAR
Hemis axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari ushbu platforma orqali talabalarning kunlik darslarga kelib ketishi va ularning joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlaridan olgan baholarini joylashtirib ketish bilan qatorda talabalarga qulaylik yaratish uchun ushbu platformaga maruza va amaliyot darslarida mavjud resurslarni ham joylashtirsa bo‘ladi.
O‘zlashtirishi nisbatan past bo‘lgan talabalar bilan ishlashni o‘rganish davomida “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasiga biriktirilgan guruhlarning darslrni o‘zlashtirish darajasini tahlil qildim. Bunga ko‘ra tarbiyasi og‘ir va darslarni past o‘zlashtirayotgan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi va ularni otaliqqa olish tog‘risida o‘tkazilgan davra suhbati olib borildi. Tarbiyasi og’ir va darslarni past o’zlashtirayotgan talabalar bilan yaqindan suhbatlashildi. Ularning muammolari atroflicha o‘rganilib amaliy yordam berishga kirishildi. Tarbiyasi og‘ir va darslarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalar bilan ishlash, ularning tartib intizomi va darslarga bo‘lgan qiziqishini ortirish, darslarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini yaxshilash ucuhun bir qancha amaliy ishlar olib borildi.
O‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi. Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlaiga bog‘liq bo‘ladi. “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasining professor- o‘qituvchilaridan bir qancha yangi pedogogik mahoratlarni o‘ragndim. Bunga ko‘ra bular:
obektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;
kommunikativlik — insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, xushmuomalalik;
perseptiv qobiliyatlar — kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik tuyg’u;
shaxs dinamikasi — irodaga ta 'sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
hissiy barqarorlik - o'zini boshqara olish;

kreativlik — ijodiy ish qobiliyati.


Bugungi kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo‘ldagi say harakatlari bilan o‘lchanadi. Bugungi kunda ta’lim mazmuniga bo‘lgan e’tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart–sharoitlarga yetib bormoqda. Xorijiy davlatlaridagi birqancha oliy ta’lim universitet va institutlarning ta’lim tizimini o‘rgandim.
Darslarda kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinishini bilib oldim. Chunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldim.
Yüklə 73,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin