3.3. Ammofos va nitroammofos bo'tqalarida kristallanadigan mikroelementlar fosfatlarini fizik-kimyoviy tadqiq qilish Olingan birikmalar – mis (II)-gidrofosfat va mis ammoniy fosfatni aniqlash uchun zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida tadqiqotlar o'tkazildi. pH=1,8 muhitda ajratilgan birikmaning DTA egri chizig'i 140 va 400 0C haroratdagi endoeffektlari kuzatiladi. .[74; 2005g. №4. S. 92-96.].
pH=1,8 muhitida ammofos bo'tqasida hosil bo'ladigan CuHPO4 birikmasining derivatogrammasi
pH=6,58 muhitida ammofos
bo'tqasida hosil bo'ladigan CuNH4HPO4 birikmasining derivatogrammasi
140 0C haroratda kristallizatsiya suvi chiqib ketadi. Haroratning yanada ortishi bilan mis pirofosfat hosil bo'lishi kuzatiladi, bu suvsiz tuzdan konstitutsiyaviy suvning yo'qolishi orqali sodir bo'ladi:[75; 1987 g. S. 119-129].
pH=6,58 muhitda ammofos bo'tqasidan ajratib olingan mis ammoniy fosfatning derivatogrammasida 170 va 3400C haroratlarda endotermik effektlar kuzatiladi (3.9-rasm). 1700C haroratdagi massa yo'qotilishi asosan ajralgan suv bilan bog'liqdir.[76; 2009g. S. 37-39].
Suv va ammiakni to'liq chiqib ketishi 5000C da tugaydi. Bunday holda, vaznning umumiy yo'qotilishi 22,3% ni tashkil qiladi, bu tarkibdagi suv va ammiakning hisoblangan tarkibiga to'g'ri keladi. 5000C da olingan birikmaning kimyoviy tahlili mis va fosfor borligini va azotning to'liq yo'qolishini ko'rsatadi.
Olingan ma'lumotlarga asoslanib, CuNH4PO4·H2O ning suvsizlanishi paytida yuz beradigan jarayon quyidagi sxema bilan ifodalanishi mumkin:[77; 2010g. № 19-20. S. 26-29].
Tekshirish uchun birikmaning namunalari izotermik sharoitda turli xil haroratda 60 minut davomida ushlab turilib, so'ng vazn yo'qotish va kimyoviy tarkib aniqlandi. . [78;2009 g. № 4. S. 28-30.].
CuHPO4•H2O va CuNH4PO4•H2O IQ-spektrlari (3.10- va 3.11-rasmlar) va birikmalarining elektron spektrlari (3.12-rasm) o'rganildi. .[79; 2017 g. 24 b.].
CuHPO4·H2O (1) va uni: 2-200oC; 3-300 0C; 4-5000C; 5-7500C; 6-900 0C haroratlarda qizdirish mahsulotlari IQ-spektrlari
CuNH4PO4·H2O (1) va uni: 2-200oC; 3-300 0C; 4-5000C; 5-7500C; 6-900 0C haroratlarda qizdirish mahsulotlari IQ-spektrlari
Shuni ta'kidlash kerakki, eritma muhiti rN = 6,5-7,5 gacha neytrallanganda ammiak molekulasi mis ammoniy fosfatning tarkibiga kirib, mis (II)-monoakvaamingidrofosfat hosil qiladi [Cu(NH3)(H2O)HPO4] (adabiyotlarda, ushbu birikmaning formulasi СuNH4РО4∙H2О ko'rinishida cho’zilgan). [80;. 2017 g. 24 b.].
Agar reaktsiya ushbu sxema bo'yicha davom borsa, u holda [CuHPO4·H2O] elektron spektridan [Cu(NH3)(H2O)HPO4] birikmasining spektriga o'tishda 4F asosiy holatdan 4P darajaga o'tish bilan bog'liq bo'lgan Cu(II) yutish maydonining gipsoxrom siljishi sodir bo'lishi kerak. Bu spektrokimyoviy qatorda ammiak suv molekulasining chap tomonida joylashganligi va maydon kuchlanganligi suvga qaraganda katta ekanligi bilan bog'liqdir. Yuqoridagi reaktsiyaning rivojlanishini tasdiqlash uchun 400 dan 750 nm gacha ko'rinish sohasidagi nurlanish spektrlari o'rganildi. 3.12-rasmdan ko'rinib turibdiki, misning (II) monoakvagidrofosfat birikmasi uchun maksimal ko'rsatkich 698 nm, misning (II) monoakvaamingidrofosfati uchun esa – 624 nm tashkil qiladi. [81;№4-2006. S.13].
Shunday qilib, ikkinchi birikma uchun maksimumning 74 nm ga gipsoxrom siljishi kuzatiladi, bu N−Сu bog'lanishining paydo bo'lishi bilan ammiak molekulasining mis (II) monoakvagidrofosfat tarkibiga kirishi va mis (II) monoakvaamingidrofosfat hosil bo'lishini ko'rsatadi.[82; Toshkent-2017y. 24 b].