3.4. Mikroelementli ammofos va nitroammofos ishlab chiqarish texnologiyasi
Tadqiqot natijalari ikkilamchi xomashyo – KAEP ining elektrofil`trlari changi, rux bug'lanmasi va GIAP, PHK-4 va rux atsetat turkumidagi ishlatilgan sanoat katalizatorlaridan foydalangan holda ammofos ishlab chiqarish texnologik sxemasini ishlab chiqishga imkon berdi.[88; 1995 g. № 2-3. S. 24-26.]..
Tarkibida mikroelementlar bo'lgan xomash?dan mis va ruxni ajratib olish uchun “Olmaliq KMK” AJda sul`fat kislota ishlab chiqarishning yuvindi (chiqindi)sul`fat kislotasidan (8-10% H2SO4) foydalanish imkoniyati aniqlandi. Mikroelementlarni yuvindi.[89;i2007. S. 25-26.]. sul`fat kislotaga ajratib olish sxemasi 3.29-rasmda keltirilgan. Mikroelementli xomash? bunkerdan (2-tasvir) me'?rlagich (3-tasvir) orqali hamda sul`fat kislota chiqindi (8-10% H2SO4) sig'imdan (4-tasvir) meyorlagich (5-tasvir) orqali reaktor(1-tasvir)ga kelib tushadi. 25-30 daqiqa davomida aralashtirilgandan so'ng, aralashma reaktordan (1-tasvir) tasmali fil`trga (6-tasvir) kelib tushadi. [90; 2000 g. № 12. S. 53-58.].
Mikroelementlarni sulfat kislotasi yordamida ajratib olish sxemasi: 1- reaktor; 2-bunker; 3- me'?rlagich; 4- sig'im; 5 – tuynukli me'?rlagich; 6 - tasmali fil`tr; 7 - sig'im; 8 - nasos.
Mikroelementli fil`trat oraliq sig'imga (7-tasvir) uzatiladi, u yerdan nasos yordamida (8-tasvir) kontsentrlangan sulfat kislotani suyultirilish va mikroelementli fosfat xomashyosini parchalash uchun me’yorlanadi. ., [91;1997g. 280 s]. Tarkibida mikroelementlar bo'lgan ammofos ishlab chiqarishning biz tomonimizdan ishlab chiqilgan boshqa bir texnologik sxemaga binoan ishlatib bo'lingan sanoat katalizatorlari transporter orqali (1-tasvir) maydalagichga (2-tasvir) yetkaziladi, u yerda ular 1 mm va undan kichik bo'laklargacha maydalanadi [92;1997-1999 g. Gaysin I.A i dr]. va pnevmatik transportning qabul qiluvchi idishida (3-tasvir) yig'iladi (3.30-rasm).[93; Uzb.xim.jurn. tom-3, 2013 g. S. 23-30.]
Maydalangan katalizatorlar pnevmatik transport orqali qabul qiluvchi sig'imga (6-tasvir) uzatiladi, [94;Uzb.xim.jurn. tom-1, 2018 g. S. 80-87]. u yerdan sarflagich (7-tasvir) orqali reaktorga (5-tasvir) uzatiladi. EFK idishdan (8-tasvir), oqimli me'yorlagich (9-tasvir) orqali uzatiladi. . [95;Minsk., 2011g. 293 s].
Dostları ilə paylaş: |