Termiz muhandislik texnologiya instituti



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə25/27
tarix08.09.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#142014
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Hayitaliyeva 2023 9999-iyun

III Bob bo’yicha xulosa
XULOSA VA TAKLIFLAR

Mikroelementli o‘g‘itlarni olish jaraѐnida, ularning texnologik jaraѐnga kiritilgan joyiga qarab, mikroelementlarning turli xil tuzlarining mineral o‘g‘itlarning tarkibiy qismlari bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin, buning natijasida turli xil birikmalar hosil bo‘lishi mumkin.


Termodinamik hisob-kitoblar mikroelementlarni o‘g‘itlarning tarkibiy qismlari va hosil bo‘lgan birikmalar bilan reaksiyasini oldindan aniqlash imkoniyatini beradi.
Ilmiy nashrlarda va ma’lumotnomalarda mikroelementlarning fosfatli tuzlarining termodinamik tavsiflari haqidagi ma’lumotlar to‘la emasligi sababli, qiѐsiy hisoblash usullaridan foydalangan holda, kalsiy fosfatlarning hosil bo‘lishining standart issiqligi va entropiyasining tajribada topilgan qiymatlarini asos qilib olgan holda mis, rux, kobalt, nikel va marganes fosfatlarning termodinamik xususiyatlari hisoblab chiqilgan.
Mis, rux, kobalt, nikel va marganes birikmalari hosil bo‘lishining standart issiqlik darajasi M.X. Karapetyans va ―farqlar doimiyligi‖ usuli ѐrdamida aniqlandi.
Mikroelementlar fosfatlarining standart entropiyasini hisoblash uchun biz Bertlo prinsipiga asoslanib N.N. Drozin usulini, unga ko‘ra kimѐviy yaqinlik o‘lchovi reaksiya issiqligi hisoblanadi, shuningdek M.X.Karapetyans va Kellining ionli qo‘shimchalar (inkrimentlar) sistemasidan foydalandik. Turli xil usullar bilan olingan termodinamik konstantalar bir-biriga mos keladi. Mikroelementlar fosfatlarining issiqlik sig‘imi N.A.Landiy usuli bilan aniqlandi, bu moddalarning yuqori haroratli issiqlik sig‘imlarini ularning standart entropiyasi qiymati bilan hisoblash imkonini beradi.
Mikroelementlar entalpiya, entropiyalari va fosfatlarning issiqlik sig‘imlari qiymatlarini aniqlab, mis, rux, kobalt, nikel va marganesning sulfat tuzlari bilan fosfat kislotasi, digidro- va ammoniy gidrofosfatlar, kalsiy digidrofosfatlar bilan ta’sirlashuv borish mumkinligi aniqlandi.
Hisob-kitoblar natijalari shuni ko‘rsatdiki, 25ºC haroratda mikroelementlarning sulfatlari fosfat kislotasi va kalsiy digidrofosfat bilan o‘zaro ta’sirlashib, mis, rux, kobalt, nikel va marganesning gidrofosfatlarini hosil qiladi. Kalsiy gidrofosfat bilan o‘zaro ta’sirlashuvda mikroelementlarning digidrofosfatlari hosil bo‘lishi mumkin, ammo gidrofosfatlarning hosil bo‘lish ehtimoli yuqoriroqdir, chunki mikroelementlari gidrofosfatlari hosil bo‘lishining ΔG qiymati digidrofosfatlar hosil bo‘lishining ΔG qiymatidan kichikroqdir.
Fosfat kislota va nitrofosfat eritmalaridagi mikroelementlarning sulfatli tuzlari va oksidlarining holatlarini o‘rganish orqali, ularni gaz holatidagi ammiak bilan neytrallashtirish darajasiga qarab, fosfat va nitrofosfat eritmalarini gaz holatidagi ammiak bilan neytrallanganda, fosfat kislotalar eritmalari uchun pH=1,2 - 1,7 gacha va nitrofosfat eritmalari uchun esa pH=1,2 gacha fazalar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lmaganligi aniqlandi. Fosfatli eritmalar uchun pH=1,7-2,0 va nitrofosfat eritmalari uchun pH= 1,2-4,1 bo‘lganda, CuHPO4·H2O tarkibli qattiq faza hosil bo‘lishi kuzatildi. Fosfatli eritmalar uchun uchun pH=2,0-5,8 va nitrofosfat eritmasi uchun pH=4,1-7,0 oralig‘ida hosil bo‘lgan qattiq fazalar CuHPO4·H2O va CuNH4PO4·H2O aralashmali tarkibga to‘g‘ri keladi. pH=6,3-7,1 darajasida fosfat eritmalarida mis CuNH4PO4·H2O shaklida bo‘ladi.
Rux sulfat pH=3,6-6,0 muhitda fosfat kislotali eritmalarda va pH=2,5-7,0 muhitda nitrofosfatli eritmalarida ZnNH4PO4·H2O birikmasini hosil qiladi. Kobalt sulfat uchun pH=2,24-3,51 va 3,51-3,62 oralig‘ida fosfat va nitrofosfat kislotali eritmalarda CoHPO4·2H2O hosil qilish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Mikroelementlarning sulfatli tuzlarining nitrat va ammoniy sulfat bilan o‘zaro ta’sirini hamda ularning suvli muhitdagi aralashmasini o‘rganish MeSO4·(NH4)2SO4·6H2O umumiy formulaga ega bo‘lgan birikmalar hosil bo‘lganligini ko‘rsatdi.
MeSO4 – NH4H2PO4 –H2O sistemasida 25ºC da mis va rux sulfatlari o‘zaro ta’sirlashganda ikkita tuz MeHPO4·H2O va MeNH4PO4·H2O aralashmasi hosil bo‘ladi, kobalt, nikel va marganesning sulfat tuzlari esa MeSO4·(NH4)2SO4·6H2O umumiy formulaga ega bo‘lgan birikmalar hosil qiladi. 80ºC haroratda MeSO4 – (NH4)2HPO4 – H2O sistemasida mikroelementlarining sulfatlari MeNH4PO4·H2O hosil bo‘lishi bilan o‘zaro ta’sir qiladi.
25ºC haroratda CuNH4PO4·H2O, MnNH4PO4·H2O, ZnNH4PO4·H2O, shuningdek CoNH4PO4·6H2O va NiNH4PO4·6H2O hosil bo‘ladi.
ZnSO4 – NH4NO3 – NH4H2PO4 – H2O sistemasida mis sulfatli sistemadan 4H2O farqli o‘laroq, qattiq fazaning tarkibi rux fosfat tetragidratiga Zn3(PO4)3∙to‘g‘ri keladi.
Rux fosfatning tetragidrati bu sistemaga ammoniy sulfat kiritilganda ham hosil bo‘ladi.
Zn(CH3COO)2 – NH4NO3 – H2O sistemasini -20,4ºC dan + 70ºC gacha bo‘lgan haroratlar oralig‘ida politermik usul bilan vizual ravishda o‘rganib chiqib, kristallanish maydoni politermik diagrammaning ko‘p qismini egallaydigan Zn(CH3COO)2·NH4NO3 tarkibiga mos keladigan yangi qattiq faza hosil bo‘lganligi aniqlandi.
Mikroelementlarning sulfatli tuzlarining ammofos va nitrofosfat bo‘tqalarining tarkibiy qismlari bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil

bo‘lgan yangi birikmalar rentgen fazali, termogravimetrik, IQ-spektroskopik va elektron spektrlarni qo‘llash, tahlil qilish va qayd etish usullari ѐrdamida o‘rganildi.




Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin