Mikroelementli ammofos ishlab chiqarish texnologik sxemasi. 30-40 daqiqa davomida aralashtirilgandan so'ng, reaktordagi aralashma tasmali filtrga uzatiladi (10-tasvir). [96;1956g. 120 s]. Mikroelementli fil`trat oraliq idishda (11-tasvir) yig'iladi, bu yerdan markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan nasos (12-tasvir) orqali u, me'yorlagich yordamida (13-tasvir) TAB (TAB – tezkor ammoniylashtiruvchi bug'latgich) jihozi aylanma zanjiriga kiradi [97. 1996g. 37s].
(14-tasvir) , bu yerda aralashma gaz holatidagi ammiak bilan neytrallanadi. Natijada mis (II)-monoakvaamingidrofosfat, mis (II)-monoakvagidrofosfat yoki rux (II)-monoamingidrofosfatni o'z ichiga olgan murakkab ko'p komponentli sistema hosil qiladi. TAB jihozi bug'latish sohasidan ammofos bo'tqasi (pH=3,8-4,5) o'z oqim kuchi bilan kollektorga oqib keladi:[98;,1958g. 17s ](15-tasvir), undan markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan nasos (16-tasvir) orqali tuynukli me'?rlagich (17-tasvir) yordamida bug'latishga beriladi.[99; 1979g.№42 ]Ammofos suspenziyasining bug'lanishi bug'latgich qurilmasida amalga oshiriladi (18-tasvir). Bug'latilgan (30-35% namligi bo'lgan) bo'tqa o'z oqim kuchi bilan kollektorga oqadi (19-tasvir), u yerdan botirma nasos orqali (20-tasvir) BDQ jihozi pnevmatik shtutserlariga (21-tasvir) uzatiladi. Ushbu jihozda mahsulot quritiladi va donadorlanadi. Namlik miqdori 1% dan ko'p bo'lmagan darajada quritilgan donador ammofos elakka uzatiladi. BDQ jihozidan chiqadigan ammofos kukuni, ammiak va fosforli birikmalardan iborat bo'lgan chiqindi gazlari siklonda quruq tozalashdan o'tgandan so'ng (22-tasvir) turbulent skrubberda namli tozalashga yuboriladi (23-tasvir). Kukun retur sifatida BDQ jihoziga qaytariladi. : [100;1951g. 10 s.]
Olingan o'g'itlarning texnik xususiyatlari quyida keltirilgan: O'zlashtirilgan P2O5ning massa ulushi ,% 42 ± 1
Suvda eruvchan P2O5ning massa ulushi, % 35 ± 1
Azotning massa ulushi, % 10 ± 1
Suvning massa ulushi, % 0,6-0,8
Misning massa ulushi, % 0,3-0,5
Ruxning massa ulushi, % 0,7-1
Donachalarning massa ulushi: 1 mm dan kichik, % 4-5
1 dan 4 mm gacha, % 93 - 94
Donachalarning statik mustahkamligi, MPa 5-6
Sochiluvchanlik, % 100
Ammofos namunalarini saqlash mikroelementlarning suvda eruvchan shakllari kontsentratsiyasining qo'shimcha pasayishiga olib keladi. Ammofosning gigroskopik nuqtasi mikroelementli ammofos uchun 59,5% dan 60,6-62,0% gacha ko'tariladi. Donachalarning mustahkamligi 6,5-6,8 MPa ni tashkil etadi.