Texnalogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 95,9 Kb.
səhifə1/9
tarix16.12.2023
ölçüsü95,9 Kb.
#182093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mexanika asoslari.




TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
QO`QON FILIALI “TEXNALOGIK JARAYONLAR VA
ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH VA
BOSHQARISH” 7-23-GURUH TALABASI
RAFIQOVA MADINABONUNING
FIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI.


Mavzu: MEXANIKA ASOSLARI.
Reja:
1.Mexanika bo`limiga kirish (kinematika).
2.Tabiatdagi kuchlarni hosil bo`lishi (dinamika).
3.Muvozanat holatidagi jismlar (statika).
Fizika so`zi grekcha “fyuzis” so`zidan kelib chiqqan bo`lib,u tabiat degan ma’noni anglatadi.Bu so`zni fanga birinchi marta qadimgi Yunon mutafakkiri Aristotel kiritgan.
Mexanika fizika fanining bir qismi bo`lib,u materiya harakatining eng oddiy ko`rinishlari-jismlar (yoki biron jism ayrim qismlari)ning bir-biriga nisbatan ko`chishlari o`rganadi.
Mexanika 3 qismdan iborat.
1.Kinematika.
2.Dinamika.
3.Statika.
Jism harakatini maskur harakatga ta’sir ko`rsatuvchi sabablar bilan bog`lamagan holda o`rganuvchi qismi kinematika deb ataladi.
Jism harakati va unga ta’sir etuvchi kuchlar orasidagi munosabatlarni dinamika o`rganadi.
Kuchlar ta’siridagi jismlar muvozanatini statika o`rganadi.
Umuman,mexanika qonunlari jismning ixtiyoriy paytdagi vaziyatini aniqlashdi imkonini beradi.Kinematikada nuqta va mutloq qattiq jismning mexanik harakati faqat geometric nuqtai nazardan, ya’ni ularning massalari va ta’sir etuvchi kuchlarga bog`lanmasdan tekshiriladi.
Kinematika yunoncha “kinema’’ so`zidan olingan bo`lib, harakat degan ma’noni anglatadi.Bu bobda nuqta va qattiq jism (mexanik tizim)larning kinematik holatlari o`rganilinadi.
Kinematikadagi asosiy tushunchalar.
Mexanik harakat deb-vaqt o`tishi bilan bir jismning boshqa jismga nisbatan vaziyatining o`zgarishiga aytiladi.
Ma’lum sharoitda o`lchamlarini e’tiborga olmasa ham bo`ladigan jismga moddiy nuqta deyiladi.
Jismning harakati davomida qoldirgan uzluksiz izi trayektoriya deyiladi.
Bir jismga nisbatan ikkinchi jismning harakati o`rganilayotgan bo`lsa, birinchi jism sanoq jismi, ikkinchi jism o`rganilayotgan jism deyiladi.
Sanoq jism va unga bog`langan koordinatalar sistemasi, hamda vaqtni o`lchaydigan asbob birgalikda sanoq sistemani hosil qiladi.
Jismning boshlang`ich vaziyati bilan oxirgi vaziyatini tutushtiruvchi eng qisqa yo`nalishli kesma uzunligi ko`chish deyiladi.

Yüklə 95,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin