Texnik mexanika



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə11/22
tarix12.03.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#53660
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Texnik mexanika

Qiya tishli silindrsimon g’ildirakli uzatmalarni kontak kuchlanish buyicha hisoblash. Qiya tishli silindrsimon g’ildiraklar ishlaganda, ilashishda bir vaqtning o’zida bir necha juft tishlar qatnashadi, bu esa har bir tishga to’g’ri keladigan yuklanish qiymatini kamaytirib mustahkamligini oshiradi. Shuningdek, g’ildirak tishlarini burchak ostida joylanishi dinamik kuchlarning qiymatini kamaytiradi.

Kontakt kuchlanishning hisobiy qiymatini anqlashda to’g’ri tishli silindrsimon g’ildiraklar uchun berilgan formuladan foydalanamiz, ya’ni



bu yerda:ZH=1,76cosβ – ilashayotgan g’ildirak tishlarining shaklini hisobga oluvchi koeffisiyent, ≈1.71; Zξ= - yon koplanish koeffisiyenti, ≈0.8.

Zn=275MPa1/2-uzatma g’ildiraklarning mexanik xarakteristikalarini xisobga oluvchi koeffisiyent (po’lat materiallar uchun), demak,

σN=376

kNa, kHβ, k-koeffisiyent qiymatlari yuqorida berilgan.

Uzatmani loyixalash uchun yuqoridagi formulani o’qlararo masofaga nisbatan yechib, qo’yidagi ifoda oladi:

Egilishdagi kuchlanish xosil bo’ladigan yuza


1.11-rasm


Egilishdagi kuchlanish qiymatini aniqlash


Tishli g’ildiraklarni egilishdan kuchlanish bo’yicha hisoblash. Asosan ochiq tishli uzatmalar, shuningdek tish yuzasining qattiqligi HRC<60 bo’lgan yopiq tishli uzatma g’ildirak tishlari egilishidagi kuchlanish bo’yicha mustaxkamligi tekshiriladi, bunda qo’yidagi shart bajarilishi kerak:

σf<[σf]

bu yerda σf-egilishdagi kuchlanishni xisobiy qiymati. MPa; [σf]-egilishdagi kuchlanishni ruxsat etilgan qiymati, MPa.

Tishli g’ildiraklarni egilishdan mustaxkamlikka hisoblashda qo’yidagi soddalashtirishlarni qabul qilingan.

1. Tishga ta’sir etuvchi kuch uning uchiga qo’yilgan bo’lib, faqat bitta tish vositasida uzatiladi deb, hisoblanadi.

2. Ishqalanish kuchi katta bo’lmaganligi sababli hisobga olinmaydi.

Z. Tish konsolli balka deb qaraladi.

Ma’lumki, g’ildirakning ilashishda bo’lgan tishlariga ta’sir etuvchi asosiy kuch, ularning sirtiga tik bo’lib ilashish chizig’i bo’yicha yo’nalgan Fn kuchdir. Hisobni osonlashtirish uchun bu kuch ilashish qutbiga ko’chirilib, tashkil etuvchi aylana kuch Ft’ bilan radial kuch Fr’ ga ajraladi. Bu kuchlarni tish asosida hosil bo’lgan kuchlanish quyidagicha hisoblanadi.

1.11-rasm

σfegc=Ft’l/W-Fr’/A

bu yerda σeg=Ft'/A -eguvchi momentdan tish asosida hosil bo’lgan kuchlanish; σc=Fr’/A markazdan qochma kuch ta’sirida xosil bo’lgan ko’chlanish; W=bS2/6-tish asosining qarshilik momenti; A=bs- tish asosining yuzasi; b,s,l ning o’lchamlari rasmda ko’rsatilgan.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, kuchlanishning absalyut qiymati tolalar siqilgan tomonda katta bo’lsa ham, tishlar aksariyat tolalar cho’zilgan tomondan sinadi. Shuning uchun yuqoridagi tenglikda σs oldiga (-) ishorasi kuyilgan.

Formulalarda 1 va s ning absalyut qiymatlarini aniqlash qiyin bo’lganligi tufayli hisoblaщda ulardan foydalanish noqulay. Shuning uchun har xil moduli tishlarning o’xshashligidan foydalanib, ular o’lchamsiz koeffisiyentlar ya’ni 1’, s’ bilan almashtiriladi:

1’=1/m, s'=s/m



Bu koeffisiyent qiymatlarini yuqoridagi formulaga qo’yib qo’yidagi ifoda olinadi:



bu yerda: Kf = Kfa - Kfυ - Kfβ - yuklanish koeffisiyenti; Kn-kuchlanishning to’planishini hisobga oluvchi nazariy koeffisiyent.

Bu ifodada [61’/(s’)2]=Yf tish shakli koeffisiyenti. Demak, egilishidagi kuchlanishning hisobiy qiymati:

σF=



bu yerda: [σF]-eguvchi kuchlanishning joiz qiymata. UF- tish shaklining qiymata siljish koeffisiyentti x bilan tishlar soni Z ga bog’liq bo’lib, jadvaldan olinadi.


Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin