Tеxnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta'siri nazariyalari


 Xalqaro savdoning xususiyatlari



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix05.10.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#152523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jahon iqtisodiyoti 2 mus ish

2. Xalqaro savdoning xususiyatlari 
Xalqaro savdo bir qator o`ziga xos 
xususiyatlarga
ega:
1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o`rtasida mamlakat 
ichidagiga qaraganda ancha past bo`ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan 


viloyatga, hududdan hududga erkin o`tishi mumkin. Mamlakatlar o`rtasidagi til va 
madaniy to`siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining 
mamlakatlar 
o`rtasidagi 
migratsiyasiga 
qattiq 
cheklashlar 
qo`yadi. 
Soliq 
qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va 
boshqa qator muassasaviy to`siqlar real kapitalning milliy chegara orqali migratsiyasini 
cheklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o`rtasida 
xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo`lib, bu ichki savdoga 
nisbatan qo`llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo`yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli 
mamlakatlar o`rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq. 
Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, materiallar, 
oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo`lsa, bugungi kunga kelib 
sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sezilarli darajada 
o`sdi. Intellektual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy 
savdo aylanmasining 10 foiziga qadar etdi.
SHuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. 
An`anaviy ko`rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo 
ko`rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham 
keng qo`llanmoqda:
1) barter – tovarlarni to`g’ridan-to`g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. 
Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini birbiriga taqqoslash uchun 
pulning qiymat o`lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir 
qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat 
tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko`ra, texnologik asbob-
uskunalar etkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar 
ko`rinishidagi) bo`yicha to`lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor 
mahsulotlarni etkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish 
quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini 
qo`shimcha xomashyo etkazib berish orqali to`lash; 
7) kliring operatsiyalari, ya`ni o`zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali 
naqd pulsiz hisoblashuv. Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro 
operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, 
kompensatsion bitimlar – 9 foiz, kliring operatsiyalari 8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo`yadi. Bu 
vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu 
siyosatning 
protektsionizm
(tashqi ta`sirdan himoyalash) va 
fritrederlik
(savdoga to`liq 
erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin