Tеxnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta'siri nazariyalari


eksport narxlar indeksi ei



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix05.10.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#152523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jahon iqtisodiyoti 2 mus ish

eksport narxlar indeksi ei 
Savdo sharoiti indeksi = ---------------------------------------- 100 = ----- 100 
Import narxlar indeksi Ii 
Indeksning o`sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining 
yaxshilanayotganligini ko`rsatadi. YA`ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish 
uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, 
birinchidan
, tovarlar bahosi o`zgarishi hisobiga, unga 
bo`lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog’liq. Ayrim mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar (masalan, neft’ va neft’ mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda 
bo`layotgan o`zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan
, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning 
bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog’liq bo`ladi.
Uchinchidan
, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar 
iste`molidagi o`zgarishlarga qarab o`zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to`g’risida 
ma`lumotlar bersada, ko`pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan 
biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga 
olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va 
import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to`lov balansini yomonlashtiradi. 
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta`sir qiladigan eng asosiy 
omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq. 
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi 
omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi 
ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko`rinishida, yerning 
bahosi renta miqdorida aniqlangan.
1. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi 
 
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-olimlari 
Eli Xeksher va Bertil’ Olinlarni (30-yillar) ko`rsatish mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni 
tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma`nosi shundan iboratki, milliy ishlab 


chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va shuningdek, u yoki bu 
mahsulotga ichki iste`moldagi o`zgarishlar kabi omillarga bog’liq. 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
1. Mamlakatlar o`zlarida ortiqcha bo`lgan ishlab chiqarish omilini ko`p talab 
qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o`zlarida taqchil bo`lgan ishlab 
chiqarish omillarini ko`p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 
2. Xalqaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli 
mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar kuzatiladi. 
3. Mahsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti 
egallaydi. 
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori 
o`rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo`lsa shu omil bu 
mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko`rinishlarga ega: 
Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya`ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat 
faoliyat ko`rsatmoqda. 
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma`lum miqdorda ortiqcha ishchi 
kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo kapital 
etishmaydi. 
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. 
Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish 
sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish 
hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan ushbu yo`nalishlarga 
ixtisoslashadilar. SHu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug’ullanadigan 
mamlakatlarda ko`proq er resurslari kerak bo`ladi va ular shu yo`nalishga ixtisoslashgan 
bo`ladilar. 
Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda 
«Leont’ev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leont’ev AQSH kapital ortiqcha 
bo`lgan mamlakat bo`lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki 
mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko`rsatib berdi. YA`ni Xeksher-Olin 
kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSH da 
kapitaldan ko`ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. 
AQSH ishlab chiqarilishida aynan shu omillar ko`proq foydalaniladigan tovarlarning 
sof eksportyori bo`lib chiqdi.

Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin