2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi
SHu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro
savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari
suradi.
Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida
dastlabki
nazariyalardan biri A.Smitning
mutlaq ustunlik
nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra
har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan
holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni
eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.
SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga
ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha
qismini sotadi hamda
boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq
ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada
har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi.
A.Smit modelini ko`rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba`zi
shartlarni keltirish talab etiladi:
1) Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
2) Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
3)Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
4)Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to`lanadi).
5) Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta`sir ko`rsatadi.
6) Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko`chib yurmaydi.
7) Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
8) Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko`chib yurishi mumkin.
9) Har ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo`ladi.
Endi mutloq ustunlik modelini ko`rib chiqamiz.
1-jadval
S tovar
T tovar
A mamlakat
3 soat
6 soat
V mamlakat
12 soat
4 soat
1-jadvalda aniq bir davlatda aniq bir tovar birligi ishlab chiqarish uchun kerak
bo`ladigan vaqt haqidagi ma`lumotlar keltiriladi.
A mamlakatda bir birlik S tovar ishlab chiqarishda V mamlakatga nisbatan kam
vaqt sarflanadi, bu degani A mamlakat bir birlik S tovarni ishlab chiqarishda mutlaq
ustunlikka ega. V mamlakat esa, o`z navbatida T tovarni ishlab chiqarishda mutlaq
ustunlikka ega. Agar A mamlakat T tovarni ishlab chiqarishni qisqartirsa va S tovarni
ishlab chiqarishni oshirsa va V mamlakat aksincha S
tovarni ishlab chiqarishni
qisqartirsa va T tovarni ishlab chiqarishni oshirsa, mutlaq ustunlik tamoyiliga asosan
xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo yuzaga keladi.
Agar A mamlakatda T tovarni ishlab chiqarish 1 donaga qisqarsa, bu S tovarni
qo`shimcha 2 dona ishlab chiqarish uchun foydalansa bo`ladigan 6 soatni iqtisod
qilishga imkon beradi. Bunday holat V mamlakatda ham sodir bo`ladi. Bu holatda S
tovarni ishlab chiqarishning 1
donaga qisqartirilishi, T tovarni qo`shimcha 3 dona
ishlab chiqarish uchun ishlatsa bo`ladigan 12 soatni iqtisod qilishga imkon beradi.
Umuman, jahonda S tovarni ishlab chiqarish 1 donaga, T tovarni ishlab chiqarish esa
2 donaga oshadi. SHunisi ahamiyatliki, bu qo`shimcha resurslardan foydalanmasdan
turib, faqat xalqaro mehnat taqsimoti yordamida amalga oshadi.
Aytaylik, O`zbekistonda eng arzon ishlab chiQariladigan tovar paxtadan
tayyorlangan ko`ylaklardir. Ukrainada esa shakar. Ukrainada
xarakatlar birligi
yordamida 50 kg shakar yoki 25 ta ko`ylak yoxud mazkur mikdor doirasida shakar va
kuylaklarning xar qanday kombinatsiyasini ishlab chiqarish mumkin. O`zbekistonda
xarajatlar birligi yordamida 40 kg shakar iki 100 dona ko`ylak yoxud mazkur miqdor
doirasida har qanday kombinatsiyadagi maxsulotni ishlab chiqarsa bo`ladi.
SHuningdek, boshqa mamlakatlar ham o`zi ixtisoslashgan sohaga ko`proq
e`tiborni qaratishsagina dunyo bo`yicha ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi va
xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo`l
bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo, qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha
dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma
tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo`lsa
importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob
berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga kirib qoladi.
SHunday qilib,
mutlaq ustunlik
- bu xalqaro savdoning afzalligini
tushuntiruvchi, har bir mamlakatda shunday tovar borki, bunda bir birlik xarajat bilan
boshqa davlatlarga nisbatan ko`proq tovar ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan
tamoyildir.
Dostları ilə paylaş: