o`rtasidagi o`zaro foydali savdoni yo`lga qo`yish, balki mamlakatlar rivojlanishi
o`rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi
SHuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik
nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan qimmat turadigan
mamlakatlarda ilg’or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish
baribir daromadli bo`ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik
gazlamalarni
dastlab
fakat
ilmiy-gexnikaviy
salohiyati
yuqori
bo`lgan
mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So`ngra, bu texnologiyani
o`zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi
kuchi arzon bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko`cha boshladi. Buning
natijasida G’arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o`zi ega bo`lgan nisbiy ustunlikni qullay
boshladi.
Mahsulotning xayotiylik davri nazariyasi
. 60-yillarning o`rtalarida amerikalik
iqtisodchi
R.Vernon
mahsulotning hayotiylik davri nazariyasini olg’a surdi. Ushbu
nazariyasida R. Vernon tayyor mahsulotlar jahon savdosining rivojlanishini ularning
xayotiy bosqichlari asosida, ya`ni mahsulot bozorda xayotga ega va sotuvchining o`z
maqsadlariga erishishini ta`minlashi vaqt davri asosida tushuntirishga harakat qildi.
Mahsulotning xayotiylik davri to`rtta bosqichni o`z ichiga oladi, ya`ni tadbiq etish,
o`sish, yetuklik va pasayish.
Birinchi bosqichda
mamlakat ichida yuzaga kelgan ehtiyojni hisobga olgan holda
yangi mahsulotni ishlab chiqarish yuz beradi. SHuning uchun ushbu bosqichda yangi
mahsulotni ishlab chiqarish kam seriyali xarakterga ega bo`ladi, yuqori malakali
mutaxassislarni
talab
etadi
hamda
yanglik
kashf
etilgan
mamlakatda
kontsentratsiyalanadi. Ishlab chiqaruvchi esa deyarli monopol mavqega ega bo`ladi va
mahsulotning kichik qismigina tashqi bozorga chiqariladi.
Yetuklik davrida
ko`p seriyali ishlab chiqarish oldingi o`ringa chiqadi. Raqobat
kurashida esa narx omili birlamchi axamiyat kasb eta boshlaydi. Ushbu bosqichda
bozorlarning kengayib borishi va texnologiyaning tarqalishi natijasida yanglik kashf
etilgan mamlakat raqobat ustunligiga ega bo`lmay qoladi. Ishlab chiqarish ishchi kuchi
arzon bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko`cha boshlaydi. Standartlashtirilgan
ishlab chiqarish jarayonlarida arzon ishchi kuchidan samarali foydalanish mumkin.
Mahsulot xayotiylik davri
pasayish
bosqichiga o`tishi munosabati bilan unga
bo`lgan talab qisqaradi. Bu holat ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda
to`planadi. Mahsulot yaratilgan mamlakat esa sof importirga aylanadi.
Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ko`pchilik tarmoqlar evolyutsiyasini
ifodalab beradi, ammo ushbu nazariya xalqaro savdo rivoji tendentsiyalarining universal
ta`rifi hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: