Tеxnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta'siri nazariyalari


Miqyos ta`siri nazariyasi



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix05.10.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#152523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jahon iqtisodiyoti 2 mus ish

Miqyos ta`siri nazariyasi
. 80-yillarning boshlarida P. Kryugman, K. Lankaster va 
ayrim boshqa iqtisodchilar klassik nazariyaga muqobil ravishda, miqyos ta`siriga 
asoslangan xalqaro savdo nazariyasini taklif etdilar. “Mikroiqtisodiyot” kursidan yaxshi 
ma`lum bo`lgan miqyos ta`siri tushunchasining mohiyati shundan iboratki, aniq bir 
yaratilgan texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishda mahsulot chiqarish xajmi 
o`sgan sari uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar qisqaradi, ya`ni ommaviy ishlab chiqarish 
natijasida iqtisodi qilish holati yuzaga keladi.


Mazkur nazariya mualliflarining nuqtai nazariga ko`ra ko`pgina mamlakatlar 
(xususan sanoati rivojlangan) asosiy ishlab chiqarish omillari bilan bir biriga yaqin 
bo`lgan nisbatda ta`minlanganlar. Ushbu sharoitda ular uchun miqyos ta`siriga ega 
tarmoqlarga ixtisoslashgan holda o`zaro savdo aloqalarini yo`lga qo`yish manfaatli 
hisoblanadi.
Bunday ixtisoslashish ishlab chiqarish xajmining oshishiga, mahsulotni eng kam 
xarajatlar bilan ishlab chiqarishga va natijada uning narxi past bo`lishiga imkon beradi. 
Ommaviy ishlab chiqarish ta`siri amalga oshishi uchun etarli darajada keng bozor talab 
etiladi.
Xalqaro savdo esa bunda xal qiluvchi rolni o`ynaydi. CHunki u mahsulot sotiluvchi 
bozorlarni kengayishiga imkon yaratadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, xalqaro savdo 
yagona integratsiyalashgan bozorni vujudga keltiradi va bu esa o`z navbatida aloxida 
olingan mamlkat bozoridan ko`ra iste`molchilarga ko`proq miqdordagi mahsulotni 
arzonroq narxda taklif qilish imkoniyatini tug’diradi. Biroq shular bilan bir qatorda 
miqyos ta`sirining amalga oshirilishi sof raqobat muhitining buzulishiga olib kelishi 
mumkin.
 
3. M. Porter nazariyasi. “Texnologik uzilish” nazariyasi 
 
1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o`zining “Mamlakatlarning raqobat 
ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi. Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo 
muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan. Bu yondashuvning 
shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu 
jarayonda mamlakatning o`rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday 
yaratishi va uni qanday ishlab turishini tushunish talab etiladi” degan tezisdir. Tashqi 
bozordagi muvaffaqiyat to`g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo`ladi.

Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin