Qisqacha xulosalar
Xalqaro savdo ikki muhim ob`ektiv sabab-tabiiy
va xom ashyo resurslarining
mamlakatlar o`rtasida bir tekis taqsimlanmaganligi
hamda mamlakatlarda ishlab
chiqarish kuchlarining bir xil rivojlanmaganligiga ko`ra paydo bo`lgan.
Xalqaro savdoga
mahsulotlarni ayirboshlash, xizmatlarni
ayirboshlash va yangi
ilmiy-texnik ma`lumotlarni ayirboshlash kiritiladi. Bu
ayrboshlashlarning barcha
ko`rinishi tashqi savdo operatsiyalari - eksport va import
operatsiyalari yordamida
amalga oshiriladi.
Xalqaro savdo nazariyasining klassik ko`rinishlari A. Smitning «Mutloq ustunlik»
va D. Rikardoning «Nisbiy ustunlik» nazariyalaridir.
D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi mutlaq ustunlikka ega bo`lmagan
mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda ko`rishi mumkinligini asoslab beradi.
Xeksher-Olinning neoklassik kontsepsiyasi «Nisbiy ustunlik» nazariyasini omillar
bilan ta`minlanganlik nuqtai nazaridan izohlab berdi.
Erkin savdo yo`lidagi to`siqlarni bartaraf qilish resurslarni samarali taqsimlanishga
yo`l ochib, provardida barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy
yutuq olib kelishi savdo
nazariyalarida isbotlab berilgan.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Xalqaro savdoni rivojlantirishning ob`ektiv va sub`ektiv sabablari nimalardan
iborat?
2.
Xalqaro savdoning shakllari va ular hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib
bering.
3.
A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimada ko`rinadi?
4.
«Nisbiy ustunlik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.
5.
Savdo sharoitlari tushunchanchasini izohlab bering.
6.
Savdo sharoitining yaxshilanishi qanday oqibatlarga olib keladi?
7.
Xeksher-Olinning neoklassik kontseptsiyasini izohlab bering.
8.
“Leont’ev taajubi” qaysi sababli yuzaga keldi va qanday echim topti?