YUqoridagi misoldan ko`rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. YA`ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun
90
mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini
sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab
chiqarishga nisbatan vino
ishlab chiqarish savdosini yo`lga qo`yish ko`proq foyda olib kelishini ta`kidlaydi.
CHunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel’ vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda.
Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi.
YA`ni, Portugaliya bir barrel’ vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o`z
navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish
imkoniyatiga ega bo`ladi.
O`zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa
8/9
donaga ega bo`lar
edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib
olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo`ladi.
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. YA`ni movut ishlab
chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o`rtasidagi farq
vino ishlab chiqarishdagiga
nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro
savdodan Angliya ham yutadi. YA`ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish
hisobiga
Dostları ilə paylaş: