Tеxnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta'siri nazariyalari


Raqobat ustunligi strategiyasi



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix05.10.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#152523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jahon iqtisodiyoti 2 mus ish

 
Raqobat ustunligi strategiyasi
. M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy birligi 
- bu tarmoqdir, ya`ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi va o`zaro 
raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun raqobat 
strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta`sir etadi:
1. Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya`ni raqobatning o`ziga 
xosliklari. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta`sir qiladi:
-yangi raqobatchilarning paydo bo`lishi;
-o`rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo`lishi;
-etkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;
-xaridorlarning savdolashish qobiliyati;
-mavjud bo`lgan raqobatchilarning o`zaro raqobati.
Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki, u bahoga, harajatga, 
kapital quyilmalarga va boshqalarga ta`sir qiladi.
2. Firmaning tarmoqda tutgan o`rni. Firmaning tarmoqdagi o`rni, avvalo, raqobat 
ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo`lsa, u o`z 
raqiblarini ortda qoldiradi: 
-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab chiqara 
olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
-Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya`ni firmaning iste`molchi ehtiyojini qondira olish 
qobiliyati. 


 Firmaning tarmoqda tutgan o`rniga ta`sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu 
firmaning o`z tarmog’i doirasida mo`ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma 
maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o`zi uchun necha turdagi tovarlarni 
chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat 
ko`rsatishini, qaysi joylarida o`z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda 
raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari
. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida 
yuqorida ta`kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga ham 
taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba`zi bir o`ziga xos xususiyatlarga 
ham ega. 
M. Porter mavjud raqobatning o`ziga xosligiga ko`ra ikki turdagi tarmoqlarni 
ajratadi: 
1)Quyi milliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun aloxida mamlakatlarda 
raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo`llash 
mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.
2) Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar duni bo`yicha yagona raqobat maydoniga 
ega bo`ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas, balki 
global raqobat usutunligini yaratish kerak bo`ladi.
M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan 
foydalanishning ikki usulini ajratadi:
1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya`ni o`ziga xos xususiyatlaridan 
foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko`rinishlarini 
joylashtirish.
Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
-omillarning minimal qiymati;
-ITTKIni o`tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi;
-maxsus ko`nikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o`z ichiga
-ma`lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Raqobat ustunligining determinantlari
. Har bir tarmoq doimo yangilanib va 
zamonaviylashtirib ko`riladi. Bu jarainni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat 
muhim o`rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya 
strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo`lgan ishchi kuchi mavjud 
mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to`rt xususiyatni 
ko`rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta`sir qiladigan mahalliy firmalar 
raqobatlashadi.
 
YA`ni, xulosa qilib, M. Porterga o`z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari 
va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo`ladi: 
1.Asosiy omillar: 
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo`lishi; 
-mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo`lgan talabning xususiyatlari, uning 
sifat va miqdor xarakteristikalari;


-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo`ldosh va uni ta`minlab turuvchi, jahon bozorida 
raqobatbardosh bo`lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri 
2.Qo`shimcha omillar: 
-tasodifiy hodisalar; 
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha hukumat 
faoliyati. 
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo`llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay 
biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, 
bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa
xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati 
uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga 
xizmat qiladi. 

Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin