Tеxnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ta'siri nazariyalari


Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari



Yüklə 389,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix05.10.2023
ölçüsü389,79 Kb.
#152523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jahon iqtisodiyoti 2 mus ish

2.Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
 
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuel’son va V. Stolperlar Xeksher-Olin 
kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo`yicha xalqaro savdo – 
ishlab 
chiqarish 
omillari 
bilan 
ta`minlanganlik 
darajasidan 
notekislik, 
texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning 
harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o`rtasidagi ishlab chiqarish omillari 
narxlari tenglashadi. 
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda 
V.Stolperlar tomonidan to`ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar 


o`rtasidagi o`zaro foydali savdoni yo`lga qo`yish, balki mamlakatlar rivojlanishi 
o`rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi 
SHuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik 
nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan qimmat turadigan 
mamlakatlarda ilg’or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish 
baribir daromadli bo`ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik 
gazlamalarni 
dastlab 
fakat 
ilmiy-gexnikaviy 
salohiyati 
yuqori 
bo`lgan 
mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So`ngra, bu texnologiyani 
o`zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi 
kuchi arzon bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko`cha boshladi. Buning 
natijasida G’arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o`zi ega bo`lgan nisbiy ustunlikni qullay
boshladi. 
Mahsulotning xayotiylik davri nazariyasi
. 60-yillarning o`rtalarida amerikalik 
iqtisodchi 
R.Vernon
mahsulotning hayotiylik davri nazariyasini olg’a surdi. Ushbu 
nazariyasida R. Vernon tayyor mahsulotlar jahon savdosining rivojlanishini ularning 
xayotiy bosqichlari asosida, ya`ni mahsulot bozorda xayotga ega va sotuvchining o`z 
maqsadlariga erishishini ta`minlashi vaqt davri asosida tushuntirishga harakat qildi.
Mahsulotning xayotiylik davri to`rtta bosqichni o`z ichiga oladi, ya`ni tadbiq etish, 
o`sish, yetuklik va pasayish.
Birinchi bosqichda
mamlakat ichida yuzaga kelgan ehtiyojni hisobga olgan holda 
yangi mahsulotni ishlab chiqarish yuz beradi. SHuning uchun ushbu bosqichda yangi 
mahsulotni ishlab chiqarish kam seriyali xarakterga ega bo`ladi, yuqori malakali 
mutaxassislarni 
talab 
etadi 
hamda 
yanglik 
kashf 
etilgan 
mamlakatda 
kontsentratsiyalanadi. Ishlab chiqaruvchi esa deyarli monopol mavqega ega bo`ladi va 
mahsulotning kichik qismigina tashqi bozorga chiqariladi.
Yetuklik davrida
ko`p seriyali ishlab chiqarish oldingi o`ringa chiqadi. Raqobat 
kurashida esa narx omili birlamchi axamiyat kasb eta boshlaydi. Ushbu bosqichda 
bozorlarning kengayib borishi va texnologiyaning tarqalishi natijasida yanglik kashf 
etilgan mamlakat raqobat ustunligiga ega bo`lmay qoladi. Ishlab chiqarish ishchi kuchi 
arzon bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko`cha boshlaydi. Standartlashtirilgan 
ishlab chiqarish jarayonlarida arzon ishchi kuchidan samarali foydalanish mumkin.
Mahsulot xayotiylik davri 
pasayish
bosqichiga o`tishi munosabati bilan unga 
bo`lgan talab qisqaradi. Bu holat ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi. 
Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda 
to`planadi. Mahsulot yaratilgan mamlakat esa sof importirga aylanadi.
Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ko`pchilik tarmoqlar evolyutsiyasini 
ifodalab beradi, ammo ushbu nazariya xalqaro savdo rivoji tendentsiyalarining universal 
ta`rifi hisoblanmaydi. 

Yüklə 389,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin