Texnogen risk va texnik tzimlar ishonchliligi



Yüklə 154 Kb.
səhifə3/13
tarix29.04.2023
ölçüsü154 Kb.
#104781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Axmedov Ravshanbek

Kvantifikatsiya - murakkab tushunchalarning sifatini aniqlashda sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. Xavflarni baholashning eng keng tarqalgan usuli- tavakkaldir.
Identifikatsiya- deganda hayot faoliyatini ta'minlashga yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni yaratishga zarur va yetarli bo’lgan sonli, vaqtinchalik, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish va aniqlash jarayonini tushunamiz.
Xavf ko’ngilsiz voqeaga har xil sabablar bilan aylanishi mumkin.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi.
Bir necha misollar keltiramiz: - Zahar (xavf) - xato (sabab) - zaharlanish (ko’ngilsiz oqibat). Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish (ko’ngilsiz oqibat). -Ichkilik (xavf) - ko’p ichish (sabab) -o’lim (ko’ngilsiz oqibat). Xavflar quyidagicha sinflanadi:

  1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik va boshqalarga bo’linadi.

  2. Maxsus standartlar bo’yicha: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.

  3. Salbiy oqibatlarning vaqt bo’yicha kelib chiqishiga ko’ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig'iluvchi) bo’ladi.

  4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong'in va o’lim xavflari.

  5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, texnik, ekologik.

  6. Yakkalashi bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar.

  7. Kelib chiqish sohasiga ko’ra: turmushda, sportda, yo’l transportida, ishlab chiqarishda, yuzaga keladigan xavflarga bo’linadi.

  8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosil qilingan (oddiylarning ta'sirida xosil qilingan) bo’ladi.

  9. Insonga ta'sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
    Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga keltiradi. Bular: o’tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo’zg'almas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan, tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.

Xavflarning baxtsiz hodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjuddir.
Har qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos boladi.
Faoliyatning birorta turi yo’qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. CTZ navbatida quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik xarakterga egadir. Berilgan aksioma faqat metodologik va evristik ahamiyatga egadir.

Yüklə 154 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin