P2 - ventildan keyingi bosim ;
k - ventilning o‘tkazish koeffitsienti .
Ochiq idish uchun P1 = Pb + gH.
P2 = Pb (Pb - barometrik bosim ).
Yuqoridagilarni hisobga olib , chiqish sarfi tenglamasini quyidagi ko‘rinishga keladi,
va gidravlik idishda moddaning yig‘ilish jarayonini ifodalovchi matematik model, kuyidagi kurinishga keladi:
Odatda, bu oddiy, birinchi tartibli differensial tenglamani yechishda, Eyler taqribiy hisoblash usulidan foydalanish mumkin. Bu usul bo‘yicha funksiyaning har vaqt ichida olgan o‘sishi hisoblaniladi, ya’ni,
yoki,
,
bunda, ni hisobga olib, bu tenglamani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin
bu tenglama bo‘yicha, funksiyaning har vaqt ichida olgan o‘sishlari hisoblab borilib, gidravlik idishning chiqish parametri - satxning o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganiladi.
Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirish.
Odatda ko‘p texnologik jarayonlari isitish bilan olib boriladi. Buning uchun har xil konstruksiyali isitgichlardan foydalaniladi. Kimyo-texnologiyada ishlatiladigan isitgichlardan biri, bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishdir.
Texnologik jarayonlarni modellashtirishda odatda kimyoviy kibernetikaning tizimli tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirishda ham tizimli tahlil qilish usulini qo‘llab, avval uning «elementar» jarayonlarini aniqlab olish kerak. Ularni chuqur o‘rganib, oqimlarni gidrodinamik tuzilishini hisobga olgan holda, bu «elementar” jarayonlarning matematik ifodalari tuziladi, so‘ngra ularni bir tenglamalar tizimsiga birlashtirib, butun texnologik jarayonning matematik modeli tuziladi. Matematik modeldagi tenglamalarni ko‘rinishiga qarab hisoblash usuli tanlanadi va kompyuterda yechish uchun dastur tayyorlanadi.
Isitgichga (18-rasm. Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idish) modda G1 sarf va T1 temperatura bilan beriladi va G2 sarf va T2 temperatura bilan chiqib ketadi.
CHiqishdagi temperatura T2, butun apparat xajmidagi temperatura bilan bir xil bo‘ladi, chunki, idishdagi oqimlarning gidrodinamik tuzilishini ideal aralashtirish modelidagidek deb qabul qilish mumkin (bunda, modda temperaturasi, idishning har bir nuqtasida bir xil bo‘ladi.)
Bug‘ qobig‘idagi bosim Rp va bug‘ temperaturasi Tp.
Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonlarni modellashtirishda, quyidagi “elementar” jarayonlarni ajratish mumkin:
1. Idishda moddaning yig‘ilash jarayoni.
2. Bug‘ning agregat holatini o‘zgarish (isitgich devorida kondensat xosil bo‘lish) jarayoni.
3. Gidravlik idish devorini isish jarayoni.
4. Idishdagi moddaning isish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: |