Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish



Yüklə 3,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/75
tarix22.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146772
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG

Texnik topshiriq. 
Ishlardan maqsad — TIA ga muvofiq TJABT ni 
yaratish imkoniyatlarini asoslash va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash; 
TJABT ni yaratish bo ‘yicha ishlarni rejalash; loyiha ishlari uchun zarur 
m ateriallarni tayyorlash. Bularning hammasi ishlab chiqaruvchining ilmiy- 
tadqiqot ishlarini (ITI) o ‘tkazish, avanloyihani ishlab chiqish va texnik 
topshiriqni (TT) ishlab chiqish bilan ta ’minlanadi.
ITI jarayonida BTO, informatsion tizm alar va boshqarishning eng 
qiyin vazifalari boshqaruv m ezoni va cheklanishlarni tanlab ham da 
texnologik jarayonning matematik modellarini va o ‘lchash kanallarini tuzish 
bilan tadqiqotlar olib boriladi.
Avanloyihani ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchi berilgan TJABT ni 
har xil ta ’m inotlar bo ‘yicha yaratish mumkinligini tasdiqlaydi; tizimi eng 
m uhim vazifalari yoki bo ‘g‘inlarining ishonchliligi, ta ’sirchanligi va metro- 
logik ko‘rsatkichlarining dastlabki hisob-kitoblarini tez bajaradi; H T vosita- 
larining samarali yuklanishini va zarur hisoblash quw atlarini baholaydi; 
texnik vositalar kompleksi (TVK) ni asoslab, dastlabki tanlovni o ‘tkazadi.
Ishlar natijasi TJABTni ishlab chiqishga texnik topshiriq hisoblanadi - 
bu keyingi barcha ishlar uchun majburiy dastlabki hujjatdir.
Texnik loyiha. 
Ishdan maqsad — tizim bo ‘yicha asosiy texnik yechim- 
larni (qarorlarni) ishlab chiqish va uning smeta qiymatini aniqlashdir.
Bu bosqichda dastlab tizimni funksional-algoritmik sintez qilish bo ‘yicha 
ishlar olib boriladi, unga pirovard funksional strukturani (tuzilm ani) 
ishlab chiqish; texnika bilan operativ texnologik xodimlar orasida vazifalarni 
taqsimlash; masalalarni qo‘yish va algoritmlarni ishlab chiqish; inson — 
mashina tizimi sifatidagi TJABTning ishlashi algoritmini ishlab chiqish; 
tizimining tashkiliy tuzilmasini va uning TVK tuzilmasini ishlab chiqish 
kiradi. Keyin TJABT ta ’m inotining ham m a turlari b o ‘yicha qarorlar 
oydinlashtiriladi.
Ishlar natijasi texnik loyiha hisoblanib, unga loyihaning funksional 
qismi hujjatlari; keyingi bosqichda tizim ga butunicha ekspluatatsion 
hujjatlarni chiqarish uchun zarur va yetarli loyihaviy qarorlar (yechimlar); 
qurilish loyihasining „Texnologik jarayonlarni avtom atlashtirish“ bo ‘limi 
tarkibiga kiruvchi loyihaviy smeta hujjatlari; yangi texnik vositalarni ishlab 
chiqishga texnik talablari b o ig a n buyurtm alar loyihasi; avtomatlashtirish 
vositalari kompleksini (majmuasini) yetkazib berishga texnik topshiriq; HT 
vositalari kompleksini buyurtm a qilish uchun zarur hujjatlar to ‘plami; 
maxsus m atem atik va informatsion ta ’minotlarning hujjatlari (bu dasturlami 
ishlab chiqishga doir texnik topshiriq ham hisoblanadi) kiradi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin