Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish


- §. MOSLASHUVCHAN AVTOMATLASHTIRILGAN



Yüklə 3,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/75
tarix22.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146772
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG

21.8- §. MOSLASHUVCHAN AVTOMATLASHTIRILGAN
ISHLAB CHIQARISH
Kimyo va oziq-ovqat sanoati texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimlarini va a n ’anaviy avtomatlashtirish tizimlarini ishlab 
chiqish va joriy qilish ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan bir 
qator vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga imkon berdi. Biroq bunday 
tizim larning imkoniyatlari cheklangan. Avtom atlashtirishning a n ’anaviy 
tizim larini qo ‘llash m ayda seriyali ishlab chiqarishda, chiqarilayotgan 
buyumlarning nomenklaturasi ko‘p b o ‘lganda, ayniqsa, murakkablashadi. 
K o‘p jism onan og‘ir ortish-tushirish ishlari, transport va shu kabi kimyo 
va oziq-ovqat sanoatlarida salmog‘i juda katta bo‘lgan boshqa amallar amalda 
avtomatlashtirilmagan. Shu bilan birga sexlar va korxonalarning yangi yoki 
sezilarli darajada yangilangan m ahsulotni ishlab chiqarishga o ‘tkazish 
m asalasini hal qilish borgan sari dolzarb b o ‘lib borm oqda. Sanoat 
korxonalarini avtomatlashtirishda bu „tor joylar“ sohasiga ilmiy-texnik 
yangiliklarni joriy etish sur’atlarini keskin pasaytiradi.
B unday holatdan qutulish — hisoblash texnikasini va, ayniqsa, 
m ikro- va mini EH M larni, atrof muhitga va ishlab chiqarish obyektlariga 
m oslanish elem en tlari b o ‘lgan avtom atik m ani p u lato rlar va sanoat


robotlarining keng joriy etilishini, ko‘p seriyali, ko‘p nom enklaturali, 
tez-tez qayta tuziladigan ishlab chiqarish uchun m o‘ljallangan dastur bilan 
boshqariluvchi avtomatik ishlab chiqarish tizimlarini va moslashuvchi (tez- 
tez o ‘zgartiriladigan) ishlab chiqarish tizimlari yoki moslashuvchi avtom at- 
lashtirilgan ishlab chiqarishlar (M A IC H ) ni yaratishni muvaffaqiyatli 
rivojlantirishga imkon beradi. M AICHda kompleks avtomatlashtirish va 
ishlab chiqarishning uzluksizligi va uyg‘unligi, mahsulotni ishlab chiqa- 
rishning yuqori sur’atlari bilan qo‘shib olib boriladi.
M AICHning asosini sonli dastur bilan boshqariluvchi m ashinalar va 
apparatlar, sanoat robotlari va m anipulatorlar, mikro va mini EHM 
asosidagi boshqaruvchi qurilmalar tashkil etadi.
M AICH boshqarishning yuqori darajada moslashuvida qayta sozlanishi 
bilan xarakterlanadi. Bu optimal rejalashtirishni ishlab chiqish texnologik 
tayyorgarlik ko‘rishni, aniq vaziyatni hisobga olib dispetcherlik qurilmalarini 
kompleks boshqarishni kiritish imkonini beradi.
M A IC H tarkibiga (21.15-rasm ) lokal avtom atlashtirish tizim lari 
(LAS), texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizim lari 
(TJABT), robotlashtirilgan komplekslar (RK), avtomatlashtirilgan ortish- 
tushirish va transport tizimlari (AOT va TS), xomashyo va yarim tayyor 
mahsulotlarning avtomatlashtirilgan ombori (TMAO), avtomatlashtirilgan 
loyihalash tizimi(ALT), ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avto­
matlashtirilgan kompleksi (ICHTTAK), xomashyo va chala mahsulotlar 
bilan ta ’minlashning avtomatlashtirilganlik kompleksi (X va CHM TAK), 
asbob bilan ta ’minlashning avtomatlashtirilgan kompleksi (AT AK), tashki- 
liy-iqtisodiy, rejalash va dispetcherlik boshqaruvi markazi (TIR va DBM) 
kiritilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayoni

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin